Fayzullaeva Kamola Sunnatillo qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «To‘qimachilik matolari sellyulozasini biokimyoviy modifikatsiyalash», 02.00.06 - Yuqori molekulyar birikmalar (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/K930.
Ilmiy rahbar: Rafikov Adham Salimovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.01/2025.27.12.K.04.04.
Rasmiy opponentlar: Maxkamov Muzaffar Abdug‘apporovich, kimyo fanlari doktori, professor; Jo‘raev Murod Maxmarajab o‘g‘li, kimyo fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: to‘qimachilik matosi sellyulozasini fermentlar kompleksi yordamida biokimyoviy modifikatsiyalash sharoitlari va samaradorligini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
paxta sellulozasini biferment kompleksi va past konsentratsiyali ishqoriy eritma aralashmasi bilan biokimyoviy modifikatsiya qilish orqali matolarni pardozlashga tayyorlash jarayonining jadallashtirilishi isbotlangan;
sellulozani biokimyoviy modifikatsiyalash samaradorligini eritmaga ajralib chiqqan qandlarning umumiy miqdori va matoning kapillyarligi orqali tasdiqlanish imkoniyati aniqlangan;
kompleksdagi har bir ferment va reagentning sellyuloza tarkibidagi oxorlovchi kraxmal va boshqa qo‘shimchalar bilan ta’sirlashuv reaksiyalarining sxemalari va optimal sharoitlari aniqlangan;
sellulozani modifikatsiyalash usuli bilan tarkibi, tuzilishi, morfologiyasi, fizik-mexanik va termik xossalari, bo‘yalish xususiyatining bog‘liqliklari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. To‘qimachilik matolari sellulozasini biokimyoviy modifikatsiyalash, fizik-kimyoviy va amaliy xossalarini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
paxta sellyulozasiga biologik fermentlar va natriy gidroksidi eritmalari bilan biokimyoviy ishlov berish usuli “TURON TEX” MChJ korxonasining pardozlash bo‘limida ishlab chiqarish jarayonida joriy etilgan (“O‘ZTO‘QIMAChILIKSANOAT” uyushmasining 2025 yil 19 sentyabrdagi 2/25-2229-sonli ma’lumotnomasi).  Natijada, matolarni bo‘yashga tayyorlash jarayonini jadallashtirish va fizik-mexanik xossalarini yaxshilash, jumladan uzilish kuchini 13-16% ga, kapillyarligini 13-17% ga oshirish imkoniyatini bergan;  
paxta matosini bo‘yashga tayyorlash jarayonini biokimyoviy jadallashtirish usuli “CLASS TEX PRODUCTION” MChJ korxonasida amaliyotga joriy etilgan (“O‘ZTO‘QIMAChILIKSANOAT” uyushmasining 2025 yil 19 sentyabrdagi 2/25-2229-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, an’anaviy tayyorlangan matoga nisbatan biokimyoviy tayyorlagan matoning uzilish kuchi 11-24% ga, havo o‘tkazuvchanligi 20-26% ga oshirish imkoniyatini bergan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish