Raxmonkulov Rashid Eshmuminovich
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Yigirish korxonalarida paxta tolasini tozalashning takomillashgan usulini ishlab chiqish” 05.06.02 - “To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish” ixtisosligi (texnika fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/T4707
Ilmiy rahbar: Jumaniyazov Kadam Jumaniyazovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti, PhD.03/28.08.2024.T.181.02
Rasmiy opponentlar: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti “Mexanika muhandisligi” kafedra mudiri texnika fanlari doktori, professor Rosulov Ruzimurod Xasanovich;
Termiz davlat universiteti "Milliy libos, kashtachilik, to‘qimachilik" kafedrasi texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori Juraqulov Elyor Nurmamat o‘g‘li;
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ip yigiruv fabrikalarida tolalarni tozalash jarayonini takomillashtirishdan asosiy maqsad tolaning tabiiy tuzilishini maksimal darajada saqlagan holda yuqori samarali, energiya va resurs tejamkor tola tozalash tozalash mashinasini ishlab chiqish hamda sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
paxta tolasini sifat koʻrsatkichlarini saqlab qolishni ta’minlaydigan tozalash mashinasining ishchi barabaning aylanish yoʻnalishiga teskari egilgan yoysimon qoziqlar ishlab chiqilgan;
paxta tolasini tozalash jarayonida takomillashtirilgan egilgan qoziqli ishchi organli tozalash mashinasida tozalaniladigan tolani oʻzaro ta’sirlashish kuchlarining nazariy bogʻliklik tenglamalari ishlab chiqilgan;
tozalanadigan tolaning sifat koʻrsatkichlarini saqlab qolgan xolda takomillashtirilgan yoysimon egilgan qoziqcha sirtidagi tola oqimini tashqi kuchlar ta’siridagi harakati qonuniyatlari aniqlangan;
toladan iflosliklarni ajratishda qiya tishli qoziqcha sirtida normal bosim kuchini yoysimon tishli qiyalik burchagini turli xil qiymatlarida tolalar oqimidan iflosliklarni ajratishdagi va tolalarning mexanik shikastlanishini kamaytirishda va ajratilgan mayda iflosliklarni soʻruvchi havoning turli xil qiymatlarida hamda qiya uchli qoziqchali baraban burchak tezliklarini qiymatlari boʻyicha oʻzgarishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Paxta tolasini tozalash uchun takomillashtirilgan qiya uchli qoziqchali ishchi barabanli tozalash mashinasini konstruksiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalari asosida:
tola tozalash mashinasini takomillashtirilgan qiya uchli ishchi barabanli konstruksiyasi Surxondaryo viloyati Jarqoʻrgʻon tumanidagi “SURXONTEKS” MChJ ip yigiruv fabrikasining asosiy texnologik uskunalari tizimiga tatbiq etilgan (Toʻqimachilik sanoati uyushmasining 2025yil 7-avgust № 04/25-1945 sonli ma'lumotnomasi). Najada Buxoro-102 seleksiyasining I-nav 4-tip paxta tolasini mayda va yirik iflosliklardan tozalash jarayonida amalda qo‘llanilab kelinayotgan tola tozalash mashinasida chiqindi tarkibiga o‘tib ketayotgan yigirishga yaroqli tolalar miqdori 10,6 foizni tashkil qilgan bo‘lsa, takomillashtirilgan qiya uchli qoziqchalar o‘rnatilgan barabanli tozalagichi variantida chiqindi tarkibiga o‘tib ketgan yigiruvga yaroqli tola miqdori 7,7 foizni tashkil etganligi aniqlandi. foizdan 7,7 foizgacha, ya’ni 2,9 foizga kamaytirishga erishildi va tolasining sifat ko‘rsatgichlari yaxshilanib tozalash samaradorligi 6,7 foizga oshirilishiga erishilgan.