Tojiboev Bobomurod Mamitjonovichning
Falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i):
“Erni masofadan zondlash tasvirlarini tanib olishda qismiy presedentlik tamoyilidan foydalanib qaror qabul qilish algoritmlari”, 05.01.03 – “Informatikaning nazariy asoslari” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/T5286.
Ilmiy rahbar: Xudayberdiev Mirzaakbar Xakkulmirzaevich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon davlat universiteti.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, Ilmiy kengash raqami: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.09/2025.27.12. T.01.03.
Rasmiy opponentlar: texnika fanlari doktori, professor Primova Xolida Anorboevna - Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Samarqand filiali “Axborot texnologiyalari” kafedrasi professori;
texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, PhD Abdurazzoqov Javohir Rustamovich –Toshkent xalqaro universiteti “Aniq fanlar va raqamli texnologiyalar” kafedrasi dotsenti.
Yetakchi tashkilot: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi erni masofadan zondlash orqali olingan tasvirlarini tanib olishda qismiy presedentlik tamoyiliga asoslangan qaror qabul qilish algoritmlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
tuproq sho‘rlanish darajasini tashxislashda ma’lumotlarga dastlabki ishlov berish va muhim deskriptorlarni qurish usuli erni masofadan zondlash orqali olingan multispektral tasvirlar asosida takomillashtirilgan;
tuproq sho‘rlanish darajasini tasniflashda multispektral tasvirlar intensivligi va spektral indekslarni hisoblash asosida o‘quv tanlanmani shakllantirish algoritmi ishlab chiqilgan;
sho‘rlangan hududlarni tasniflashda konvolyusion neyron tarmoq modeli va qismiy presedentlik tamoyiliga asoslangan gibrid algoritm ishlab chiqilgan;
tuproqning sho‘rlanish darajasini tasniflashda qismiy presedentlik tamoyiliga asoslangan qaror qabul qilishga ko‘maklashuvchi algoritm ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqotda ishlab chiqilgan tuproqning sho‘rlanish darajasini tasniflash, qismiy presedentlik tamoyili asosida qaror qabul qilishga ko‘maklashuvchi algoritm hamda dasturiy majmua asosida:
turli tipli tasvirlarga dastlabki ishlov berishda shovqinlarni bartaraf etishning samarali filtrini tanlash yondashuvi ishlab chiqilgan va Andijon viloyati Izboskan tumanidagi “Yuksak zamin paxtazor rivoji” fermer xo‘jaligining 41,0 gektar maydonida amaliyotga joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzurudagi qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025-yil 11-noyabrdagi 05/06-04-738-son ma’lumotnomasi). Natijada, fermer xo‘jaligi suvchilarining ish faoliyati samaradorligini 13% ga oshirishga erishilgan;
qismiy presedentlik tamoyili asosida chuqur o‘qitish modellarini gibrid yondashuvi taklif etilgan va Andijon viloyati Paxtaobod tumanidagi “Buzahro Muqaddas” fermer xo‘jaligining 83,0 gektar maydonida amaliyotga joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzurudagi qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025-yil 11-noyabrdagi 05/06-04-738-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu fermer xo‘jaligi faoliyatida samaradorlik 10% ga oshirishga erishilgan;
tuproq sho‘rlanishini aniqlash uchun presedentlarga asoslangan qaror qabul qilish yondashuv va algoritmi taklif etilgan va Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanidagi “Eshon bobo oʻgʻli Fayzulla bobo” fermer xo‘jaligining 98,0 gektar maydonida amaliyotga joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzurudagi qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025-yil 11-noyabrdagi 05/06-04-738-son ma’lumotnomasi). Natijada, ekin joylashtirish va riskni baholash, sho‘rlanish indeksi asosida ekinlar bo‘yicha moslik ballari va kutilayotgan hosildorlikka ta’sir riskini hisoblab, qaror qabul qilish imkonini bergan;
erni masofadan zondlash orqali olingan tasvirlardagi shovqinni bartaraf etishning samarali filtirini tanlash yondashuvi va algoritmlar asosida qishloq xo‘jaligini amaliy masalalarini echishga mo‘ljallangan dasturiy majmua ishlab chiqilgan va Toshkent viloyati Bekobod tumanidagi “Bahodir Fayz Omad” fermer xo‘jaligining 50,0 gektar maydonida amaliyotga joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzurudagi qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025-yil 11-noyabrdagi 05/06-04-738-son ma’lumotnomasi). Natijada, sugʻorish rejimini optimallashtirishda dastur har bir zonaga mos sugʻorish tartibini hamda sho‘rlanishga chidamli ekinlarni tanlash boʻyicha tavsiyalar berish imkonini bergan;
erni masofadan zondlash orqali olingan tasvirli ma’lumotlar asosida o‘quv tanlanmalarini shakllantirish algoritmi takomillashtirilgan va Xorazm viloyati Xonqa tumanidagi “Sarapoyon Greenhouse” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga tegishli 120,0 gektar maydonida amaliyotga joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzurudagi qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025-yil 11-noyabrdagi 05/06-04-738-son ma’lumotnomasi). Natijada, qismiy presedentlik tamoyiliga asoslangan algoritmlar yordamida tuproq sho‘rlanishining eng dolzarb zonalarini aniqlash va ularni sho‘rlanish darajasiga qarab tasniflashni amalga oshirishga xizmat qilgan.