Zakirov Rustam Ruxullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Soch follikulalari og‘izchalari mikrofibrozlanishi bo‘lgan bemorlarda androgen alopesiyani davolash va profilaktikasini takomillashtirish», 14.00.11 – Dermatologiya va venerologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Tib1529.
Ilmiy raxbar: Azimova Fotima Vaxidovna tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/28.02.2023.Tib.158.01.
Rasmiy opponentlar: Porsoxonova Delya Fazilovna, tibbiyot fanlari doktori; Faxrutdinova Sevara Srajitdinovna, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat tibbiyot universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi: boshning sochli qismi terisida soch follikulalarining mikrofibrozini bartaraf etish va oldini olish orqali androgen alopesiyani davolashni optimallashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
androgen alopesiya bilan og‘rigan bemorlarning qonida glyukuronid-3-alfa adiol-G-androstendiolning sezilarli darajada yuqori darajasi kuzatilishi (p<0,001) va sochlarning miniatyurizatsiyasi va telogen bosqichidagi sochlar sonining ko‘payishiga olib kelishi isbotlangan;
androgen alopesiya bilan og‘rigan bemorlarning terisida o‘rganilayotgan guruhdagi bemorlarda Bcl-2 ekspressiyasining va TIMP faolligining (p<0,001) sezilarli darajada kamayishi tufayli soch follikulalari apoptozining, mikrofibrozini kuchaytirishi isbotlangan;
tranzitor flora vakillari Propionibacterium acnes (p<0,001), Staphylococcus aureus (p<0,001), Staphylococcus epidermidis (p<0,001), Candida spp (p<0,001) va Malassesia spp (p<0,001) androgen alopesiya bilan og‘rigan bemorlarda sezilarli darajada oshishi, bu esa perifollikulyar yallig‘lanish va soch follikulalarining mikrofibroziga olib kelishi isbotlangan;
androgen alopesiyani davolash Alma Lasers kompaniyasining Harmony XL erbiyli lazeridan foydalangan holda ishlab chiqildi, bu o‘zining yuqori samaradorligini isbotlandi – soch o‘sishini 2 barobarga va soch diametrini 1,8 barobarga oshirdi, boshning sochli qismi terisida soch follikulalarining mikrofibrozi va mikroyallig‘lanishini bartaraf etishi hisobiga patologik jarayonning residivlanish chastotasini 1,7 barobarga kamaytirishi aniklangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Androgen alopesiyasining mikrobiologik, bioximik va gistologik tashxislash natijalariga ko‘ra, kompleks davolashni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: androgen alopesiya bilan og‘rigan bemorlarning qonida glyukuronid-3-alfa adiol-G-androstendiolning sezilarli darajada yuqori darajasi kuzatilishi (p<0,001) va sochlarning miniatyurizatsiyasi va telogen bosqichidagi sochlar sonining ko‘payishiga olib kelishi isbotlanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Buxoro viloyat hududiy filialida 2022 yil 29 apreldagi №42/1-sonli buyruqqa muvofiq va Toshkent shahridagi viloyat teri-tanosil kasalliklari dispanserining 2022 yil 29 apreldagi №47-sonli buyrug‘iga muvofiq amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: androgen alopesiya bilan og‘rigan bemorlarda tavsiya etilgan androgenlarning to‘qimalardagi darajasini o‘rganish soch follikulalari atrofidagi «mikroyallig‘lanish»ni kamaytiradi, androgen alopesiyaga erta tashxis qo‘yish va davolash samaradorligini oshiradi. Iqtisodiy samaradorligi: qonda androstenediol glyukuronid–3-alfa-adiol-G ni o‘rganish boshning sochli qismi terisida androgenlar metabolizmining yuqori darajasini erta aniqlashga yordam beradi. Uni o‘tkazish narxi har bir bemorga yiliga 1500000 so‘m, tahlilining o‘zi 680000 so‘mni tashkil qiladi. Androgen alopesiya diagnostika usulining xarajatlarini kamaytirish orqali ambulator davolash uchun byudjet xarajatlari ham 2,2 barobar kamayadi.
ikkinchi ilmiy yangilik: androgen alopesiya bilan og‘rigan bemorlarning terisida o‘rganilayotgan guruhdagi bemorlarda Bcl-2 ekspressiyasining va TIMP faolligining (p<0,001) sezilarli darajada kamayishi tufayli soch follikulalari apoptozining, mikrofibrozini kuchaytirishi isbotlanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Buxoro viloyat hududiy filialida 2022 yil 29 apreldagi №42/1-sonli buyruqqa muvofiq va Toshkent shahridagi viloyat teri-tanosil kasalliklari dispanserining 2022 yil 29 apreldagi №47-sonli buyrug‘iga muvofiq amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: antiapoptotik oqsilni o‘rganish usuli soch follikulalarining mikrofibrozini oldini oladi va davolash samaradorligini oshiradi. Iqtisodiy samaradorligi: Bcl-2 va matritsali metalloproteinaza ingibitorlari darajasining pasayishi soch follikulalari to‘qimalarining remodullyasiyasini oldini oladi. Yaqinlashtirilgan hisob-kitobga ko‘ra, yangi kompleks davolashning ambulator sharoitdagi yillik iqtisodiy samaradorligi 19300000 so‘m, an’anaviy davolashda esa — 34200000 so‘mni tashkil etgan.
uchinchi ilmiy yangilik: tranzitor flora vakillari Propionibacterium acnes (p<0,001), Staphylococcus aureus (p<0,001), Staphylococcus epidermidis (p<0,001), Candida spp (p<0,001) va Malassesia spp (p<0,001) androgen alopesiya bilan og‘rigan bemorlarda sezilarli darajada oshishi, bu esa perifollikulyar yallig‘lanish va soch follikulalarining mikrofibroziga olib kelishi isbotlanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Buxoro viloyat hududiy filialida 2022 yil 29 apreldagi №42/1-sonli buyruqqa muvofiq va Toshkent shahridagi viloyat teri-tanosil kasalliklari dispanserining 2022 yil 29 apreldagi №47-sonli buyrug‘iga muvofiq amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: mikrob florani o‘rganish soch follikulalari mikrofibrozini oldini oladi va davolash samaradorligini oshiradi. Iqtisodiy samaradorligi: mikrob floraning «mikroyallig‘lanish»dagi hal qiluvchi rolini aniqlash ambulator davolash muddatini 90 kundan 60 kunga qisqartirdi va xarajatlarni 34200000 so‘mdan 22800000 so‘mgacha kamaytirdi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: androgen alopesiyani davolash Alma Lasers kompaniyasining Harmony XL erbiyli lazeridan foydalangan holda ishlab chiqildi, bu o‘zining yuqori samaradorligini isbotlandi – soch o‘sishini 2 barobarga va soch diametrini 1,8 barobarga oshirdi, boshning sochli qismi terisida soch follikulalarining mikrofibrozi va mikroyallig‘lanishini bartaraf etishi hisobiga patologik jarayonning residivlanish chastotasini 1,7 barobarga kamaytirishi aniklanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Buxoro viloyati hududiy filialining 2022 yil 29 apreldagi №42/1-sonli buyrug‘iga muvofiq va Toshkent shahridagi viloyat teri-tanosil kasalliklari dispanserining 2022 yil 29 apreldagi №47-sonli buyrug‘iga muvofiq amaliy sog‘liqni saqlashda klinik amaliyotga joriy qilingan. Ijtimoiy samaradorligi: androgen alopesiya bilan og‘rigan bemorlar uchun Alma Lasers dan Harmony XL erbiyli lazeri bilan davolashning tavsiya etilgan usuli soch follikulalari mikrofibrozining oldini oladi va androgen alopesiyani davolash samaradorligini oshiradi. Iqtisodiy samaradorligi: soch follikulasining mikrofibroz ko‘rsatkichlarini o‘zgartirishga asoslangan tavsiya etilgan davolash algoritmini amalga oshirishdan olinadigan yillik iqtisodiy samarada hisoblangan – 85554000 so‘m va ishlab chiqish va joriy etish uchun iqtisodiy xarajatlar – 736945500 so‘mni tashkil etadi.