Amanova  Nodira Tulkinovnaning  
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Homiladorlikning turli muddatlarida COVID-19 kasalligini o‘tkazgan onalardan tug‘ilgan chaqaloqlarda moslashuv davri xususiyatlari”, 14.00.09 – Pediatriya (tibbiyot fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqami:  B2022.2.PhD/Tib2726.
Ilmiy raxbar: Ashurova Dilfuza Toshpulatovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat tibbiyot universiteti, DSc.06/2025.27.12.Tib.01.05.
Rasmiy opponentlar: Agzamova Shoira Abdusalamovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Xasanova Saida Sabirovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; 
Yetakchi tashkilot: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi homiladorlik davrida COVID-19 kasalligini o‘tkazgan onalardan yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda moslashuv va immunologik mexanizmlarning xususiyatlarini o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
homiladorlik davrida ona tomonidan o‘tkazilgan COVID-19 ning yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning moslashuv imkoniyatlariga ta’siri isbotlangan;
homiladorlik davrida COVID-19 bilan kasallangan onalardan tug‘ilgan chaqaloqlar moslashuvining patologik kechishining patogenetik rivojlanish mexanizmida ishtirok etuvchi tug‘ma immunitetning o‘ziga xos xususiyatlari aniqlanishi bilan isbotlangan;
COVID-19 o‘tkazgan onalardan tug‘ilgan chaqaloqlarda IL-1β/IL-6 va IL-1β/IL-8 kindik va periferik indekslari sezilarli darajada oshishi homila ichi yallig‘lanish oldi ta’sirning yaqqol namoyon bo‘lishini ko‘rsatadi va moslashuvning buzilishi xavfini erta tabaqalashtirish uchun kindik indeksi o‘lchovlarini yanada ma’lumotli qilishi isbotlangan;  
homiladorlik davrida COVID-19 bilan kasallangan onalardan tug‘ilgan chaqaloqlarning adaptatsion imkoniyatlarini shakllantirishning ko‘p omilli modeli klinik va immun xususiyatlar asosida ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
COVID-19 bilan kasallangan onalardan tug‘ilgan chaqaloqlarda adaptatsion buzilishlar rivojlanishini erta tashxislash usullarini takomillashtirish buyicha olingan natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: homiladorlik davrida ona tomonidan o‘tkazilgan COVID-19 ning yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning moslashuv imkoniyatlariga ta’siri isbotlanganligi ToshPTI Ilmiy kengashi tomonidan 2024 yil 25 sentyabrda 03/303-son bilan tasdiqlangan “Perinatal davrning turli muddatlarida COVID-19 bilan kasallangan onalardan tug‘ilgan chaqaloqlarning moslashuv imkoniyatlarini klinik va immun xususiyatlari asosida shakllantirish modeli” nomli uslubiy tavsiyanomada aks ettirilgan xamda Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining 2024 yil 1 noyabrdagi 282-son buyrug‘i va Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining 2024 yil 30 oktyabrdagi 130-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi Ilmiy-texnik kengashining 07.07.2025 yildagi 21/78-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: ona tomonidan o‘tkazilgan COVID-19 ning yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning moslashuv imkoniyatlariga ta’siri bo‘yicha taklif etilgan ma’lumotlar neonatal davrdagi chaqaloqlarning moslashuvi buzilishining rivojlanishini tashxislash va bashorat qilishga yordam beradi, bu esa o‘z navbatida bolalar o‘limi va nogironligini kamaytirishga imkon beradi. Iqtisodiy samaradorligi: taklif etilgan model` homiladorlik davrida COVID-19 bilan kasallangan onalardan tug‘ilgan chaqaloqlarning moslashuvi buzilishining rivojlanishini bashorat qilishni oshirishga imkon beradi, aralashuvlar hajmini, reabilitatsiya va statsionar sharoitda bo‘lish vaqtini kamaytiradi, bu iqtisodiy jihatdan samarali bo‘lib, har bir bemorni shifoxonaga yotqizishning 10 kunida 1 bemor uchun o‘rtacha 575330 so‘mni tejaydi, yillik iqtisodiy ko‘rsatkich esa 147 bemorga 95504780 so‘mni xarajatlarni tejashga erishilgan. Xulosa: homiladorlik paytida ona tomonidan o‘tkazilgan COVID-19 infeksiyasining yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning moslashuv imkoniyatlariga ta’siri haqida taklif etilgan yangi ma’lumotlar har bir bemor uchun 10 kunlik statsionarda bo‘lish davomida 575330 so‘m mablag‘ni tejash imkonini bergan;
ikkinchi ilmiy yangilik : homiladorlik davrida COVID-19 bilan kasallangan onalardan tug‘ilgan chaqaloqlar moslashuvining patologik kechishining patogenetik rivojlanish mexanizmida ishtirok etuvchi tug‘ma immunitetning o‘ziga xos xususiyatlari aniqlanishi bilan isbotlanganligi ToshPTI Ilmiy kengashi tomonidan 2024 yil 25 sentyabrda 03/303-son bilan tasdiqlangan “Perinatal davrning turli muddatlarida COVID-19 bilan kasallangan onalardan tug‘ilgan chaqaloqlarning moslashuv imkoniyatlarini klinik va immun xususiyatlari asosida shakllantirish modeli” nomli uslubiy tavsiyanomada aks ettirilgan xamda Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining 2024 yil 1 noyabrdagi 282-son buyrug‘i va Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining 2024 yil 30 oktyabrdagi 130-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan.(Sog‘liqni saqlash vazirligi Ilmiy-texnik kengashining 07.07.2025 yildagi 21/78-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: taklif etilayotgan modelning klinik tadqiqotlari shuni ko‘rsatadiki, immunologik tadqiqotlar, xususan, IL-1β, IL-6 va IL-8 ning kiritilishi homiladorlik davrida COVID-19 bilan kasallangan onalardan tug‘ilgan chaqaloqlarda klinik va immunologik xususiyatlar asosida moslashuv buzilishining rivojlanishini bashorat qilishni oshirish imkonini beradi, tibbiy aralashuvlar hajmini, reabilitatsiya va kasalxonada qolish muddatini kamaytish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: taklif etilgan model` homiladorlik davrida COVID-19 bilan kasallangan onalardan tug‘ilgan chaqaloqlarning moslashuvi buzilishining rivojlanishini bashorat qilishni oshirishga imkon beradi, aralashuvlar hajmini, reabilitatsiya va statsionar sharoitda qolish vaqtini kamaytiradi, bu iqtisodiy jihatdan samarali bo‘lib, har bir bemorni shifoxonaga yotqizishning 10 kunida 1 bemor uchun o‘rtacha 575330 so‘mni tejaydi va yillik iqtisodiy ko‘rsatkich 95504780 so‘mni mablag‘ni tejash imkonini beradi. Xulosa: diagnostik chora-tadbirlar majmuasiga immunologik tekshiruvlarni, xususan, IL-1β, IL-6 va IL-8 ni kiritish homiladorlik davrida COVID-19 bilan kasallangan onalardan tug‘ilgan chaqaloqlarning klinik va immun xususiyatlari asosida moslashuv buzilishining rivojlanishini bashorat qilishni oshirishga imkon beradi, aralashuvlar hajmini, reabilitatsiya va kasalxonada qolish muddatini kamaytirgan, bu iqtisodiy jihatdan samarali bo‘lib, kasalxonada 10 kun qolish uchun 1 bemor uchun 575330 so‘mni tejash imkonini bergan.
uchinchi ilmiy yangilik: COVID-19 o‘tkazgan onalardan tug‘ilgan chaqaloqlarda IL-1β/IL-6 va IL-1β/IL-8 kindik va periferik indekslari sezilarli darajada oshishi homila ichi yallig‘lanish oldi ta’sirning yaqqol namoyon bo‘lishini ko‘rsatadi va moslashuvning buzilishi xavfini erta tabaqalashtirish uchun kindik indeksi o‘lchovlarini yanada ma’lumotli qilishi isbotlanganligi ToshPTI Ilmiy kengashi tomonidan 2024 yil 25 sentyabrda 03/303-son bilan tasdiqlangan “Perinatal davrning turli muddatlarida COVID-19 bilan kasallangan onalardan tug‘ilgan chaqaloqlarning moslashuv imkoniyatlarini klinik va immun xususiyatlari asosida shakllantirish modeli” nomli uslubiy tavsiyanomada aks ettirilgan xamda Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining 2024 yil 1 noyabrdagi 282-son buyrug‘i va Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining 2024 yil 30 oktyabrdagi 130-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan.(Sog‘liqni saqlash vazirligi Ilmiy-texnik kengashining 07.07.2025 yildagi 21/78-son xulosasi) Ijtimoiy samaradorligi: taklif etilgan model` bo‘yicha o‘tkazilgan klinik tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, immunologik tadqiqotlarni, xususan, IL-1β, IL-6 va IL-8ni kiritish homiladorlik davrida COVID-19 bilan kasallangan onalardan tug‘ilgan chaqaloqlarning klinik va immun xususiyatlariga asoslanib, aralashuvlar hajmini, reabilitatsiya va statsionar sharoitda qolish vaqtini kamaytiradi. Iqtisodiy samaradorligi: taklif etilgan model` homiladorlik davrida COVID-19 bilan kasallangan onalardan tug‘ilgan chaqaloqlarning moslashuvi buzilishining rivojlanishini bashorat qilishni oshirishga imkon beradi, aralashuvlar hajmini, reabilitatsiya va statsionar sharoitda bo‘lish vaqtini kamaytiradi, bu iqtisodiy jihatdan samarali bo‘lib, har bir bemorni shifoxonaga yotqizishning 10 kunida 1 bemor uchun o‘rtacha 575330 so‘mni tejaydi. Xulosa: diagnostik chora-tadbirlar majmuasiga immunologik tekshiruvlarni, xususan, IL-1β, IL-6 va IL-8 ni kiritish homiladorlik davrida COVID-19 bilan kasallangan onalardan tug‘ilgan chaqaloqlarning klinik va immun xususiyatlariga asoslanib, moslashuv buzilishining rivojlanishini bashorat qilishni yaxshilaydi, aralashuvlar hajmini, reabilitatsiya va kasalxonada qolish muddatini qisqartiradi, bu esa iqtisodiy jihatdan samarali bo‘lib, kasalxonada 10 kun qolganda 1 bemor uchun 325380 so‘mni tejash imkonini bergan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: homiladorlik davrida COVID-19 bilan kasallangan onalardan tug‘ilgan chaqaloqlarning adaptatsion imkoniyatlarini shakllantirishning ko‘p omilli modeli klinik va immun xususiyatlar asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, ToshPTI Ilmiy kengashi tomonidan 2024 yil 25 sentyabrda 03/303-son bilan tasdiqlangan “Perinatal davrning turli muddatlarida COVID-19 bilan kasallangan onalardan tug‘ilgan chaqaloqlarning moslashuv imkoniyatlarini klinik va immun xususiyatlari asosida shakllantirish modeli” nomli uslubiy tavsiyanomada aks ettirilgan xamda Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining 2024 yil 1 noyabrdagi 282-son buyrug‘i va Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining 2024 yil 30 oktyabrdagi 130-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi Ilmiy-texnik kengashining 07.07.2025 yildagi 21/78-son xulosasi) Ijtimoiy samaradorligi: taklif etilgan model` bo‘yicha o‘tkazilgan klinik tadqiqotlar homiladorlik davrida COVID-19 bilan kasallangan onalardan tug‘ilgan chaqaloqlarning klinik va immunitet xususiyatlari asosida moslashuv buzilishining rivojlanishini bashorat qilishni oshirishga imkon bergan, aralashuvlar hajmini, reabilitatsiya va statsionar sharoitda qolish muddatini kamaytirgan, bu esa iqtisodiy jihatdan samarali hisoblanadi. Iqtisodiy samaradorligi: taklif etilgan model` bo‘yicha o‘tkazilgan klinik tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, immunologik tadqiqotlarni, xususan, IL-1β, IL-6 va IL-8 ni kiritish homiladorlik davrida COVID-19 bilan kasallangan onalardan tug‘ilgan chaqaloqlarning klinik va immun xususiyatlariga asoslanib, aralashuvlar hajmini, reabilitatsiya va statsionar sharoitda qolish vaqtini kamaytiradi, bu iqtisodiy jihatdan samarali bo‘lib, 1 bemor uchun o‘rtacha 685320 so‘mni tejaydi. Xulosa: taklif etilgan model` COVID-19 bilan kasallangan onalardan tug‘ilgan chaqaloqlarda adaptatsion buzilishlarning rivojlanish ehtimolini 80% gacha aniqlik bilan bashorat qilish imkonini bergan, bu iqtisodiy jihatdan samarali bo‘lib, shifoxonada 10 kun qolganda 1 bemor uchun 325380 so‘mni tejash imkonini bergan. Natijada, 93,2% holatda COVID-19 bilan kasallangan onalardan tug‘ilgan neonatal davrdagi chaqaloqlarda moslashuv buzilishlarining rivojlanishini oldini olish va bolaning hayot sifatini yaxshilash, kasallanish foizini kamaytirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish