Inomova Gulmira Qahramonjon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi to‘g‘risida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): "Boshlang‘ich maktab yoshidagi bolalarda bosh miya travmatik shikastlanishlarining neyroendokrin asoratlarini erta tashxislash va profilaktikasi tamoyillari" 14.00.03 - Endokrinologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Tib 3726.
Ilmiy rahbar: Xalimova Zamira Yusufovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasaning nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat tibbiyot instituti, DSc.06/2025.27.12.Tib.02.03.
Rasmiy opponentlar: Ortiqova Dilfuza Maxamatovna, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent; Axmediev Maxmud Mansurovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: turli og‘irlikdagi bosh miya jarohati olgan kichik maktab yoshidagi bolalarda posttravmatik endokrin buzilishlarning tarqalishi, tuzilishi, xavf omillari va rivojlanish dinamikasini klinik, laboratoriya va neyrovizualizatsiya ma’lumotlariga asoslanib aniqlash, shuningdek, ushbu buzilishlarni erta tashxislash va oldini olish algoritmini ishlab chiqish hamda uning samaradorligini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
klinik, gormonal, biokimyoviy va neyrovizualizatsion usullarni o‘z ichiga olgan unifikatsiyalangan protokoldan foydalangan istiqbolli kogort tadqiqoti natijasida kichik maktab yoshidagi bolalarda bosh miya jarohatining neyroendokrin asoratlari kelib chiqishi aniqlangan;
subklinik gipopituitarizm o‘tkir davrida hamda og‘ir BMJ bilan og‘rigan bolalarda turli og‘irlikdagi BMJda gormonal patternlar STG–IFR-1 va AKTG–kortizol o‘qlari tizimining barqaror buzilishi isbotlangan;
FOUR, PBSS, Glazgo shkalalariga hamda Veksler va Benton testlariga ko‘ra BMJ bilan og‘rigan bolalarda turli og‘irlikdagi BMJda gormonal buzilishlarning darajasi gipofizning neyrovizualizatsion va kognitiv funksiyalarning ko‘rsatkichlari o‘zgarishlari olib kelishi isbotlangan;
endokrin disfunksiyalarning yetakchi prediktori bo‘lgan laboratoriya va MRT markerlarining kombinatsiyasi BMJning og‘irligi va ularning rivojlanishini yuqori aniqlik bilan bashorat qilish imkonini berishi natijasida gormonal o‘rin bosuvchi terapiyani tayinlash mezonlarini o‘z ichiga olgan travmadan keyingi endokrin asoratlarni erta tashxislash va oldini olishning algoritmi samaradorligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy etilishi.
Turli og‘irlikdagi bosh miya jarohati olgan kichik maktab yoshidagi bolalarda posttravmatik endokrin buzilishlarning tarqalishi, tuzilishi, xavf omillari va rivojlanish dinamikasini klinik, laboratoriya va neyrovizualizatsiya ma’lumotlariga asoslanib aniqlash, shuningdek, ushbu buzilishlarni erta tashxislash va oldini olish algoritmini ishlab chiqish hamda uning samaradorligini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: klinik, gormonal, biokimyoviy va neyrovizualizatsion usullarni o‘z ichiga olgan unifikatsiyalangan protokoldan foydalangan istiqbolli kogort tadqiqoti natijasida kichik maktab yoshidagi bolalarda bosh miya jarohatining neyroendokrin asoratlari kelib chiqishi aniqlangan. Klinik, gormonal, biokimyoviy va neyrovizualizatsion usullarni o‘z ichiga olgan unifikatsiyalangan protokoldan foydalangan istiqbolli kogort tadqiqoti natijasida kichik maktab yoshidagi bolalarda bosh miya jarohatining neyroendokrin asoratlari kelib chiqishi aniqlanganligi Andijon davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashi tomonidan 2025-yil 27-iyunda 62-58/u-son bilan tasdiqlangan "Bosh miya jarohati olgan kichik maktab yoshidagi bolalarning neyrokognitiv funksiyasini baholash" nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan va akademik Yo.X.To‘raqulov nomidagi RIXIATM Farg‘ona filialida (2025-yil 30-iyundagi 153-son buyruq) va Namangan filialida (2025-yil 26-iyuldagi 110-son buyruq) amaliy faoliyatiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025-yil 4-noyabrdagi 28-son bayonnomasi). Ijtimoiy samaradorligi: kichik maktab yoshidagi bolalarda BMJning neyroendokrin oqibatlarini o‘rganish orqali ularning skriningini o‘tkazish bo‘yicha tegishli amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi. Iqtisodiy samaradorligi: kichik maktab yoshidagi bolalarda BMJ neyroendokrin asoratlarini o‘z vaqtida aniqlash va davolash natijasida shifoxonaga yotqizish harajatlari sezilarli darajada kamayadi va bemor ambulator sharoitda davolanishi mumkin. BMJ bilan og‘rigan bemor bolani statsionar davolash 7,5 dan 15 million so‘mgacha tursa, ambulator davolash 2,5 million so‘mdan kam, ya’ni 7 baravar arzon. Xulosa: boshlang‘ich maktab yoshidagi bolalarda BMJning neyroendokrin oqibatlarini klinik, neyrovizualizatsion va gormonal ko‘rsatkichlar tahlili bilan kompleks o‘rganish BMJning boshqa asoratlarini kamaytirish uchun eng samarali usuldir.
ikkinchi ilmiy yangilik: subklinik gipopituitarizm o‘tkir davrida hamda og‘ir BMJ bilan og‘rigan bolalarda turli og‘irlikdagi BMJda gormonal patternlar STG–IFR-1 va AKTG–kortizol o‘qlari tizimining barqaror buzilishi isbotlanganligi Andijon davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashi tomonidan 2025-yil 27-iyunda 62-58/u-son bilan tasdiqlangan "Bosh miya jarohati olgan kichik maktab yoshidagi bolalarning neyrokognitiv funksiyasini baholash" nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan va akademik Yo.X.To‘raqulov nomidagi RIXIATM Farg‘ona filialida (2025-yil 30-iyundagi 153-son buyruq) va Namangan filialida (2025-yil 26-iyuldagi 110-son buyruq) amaliy faoliyatiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025-yil 4-noyabrdagi 28-son bayonnomasi). Ijtimoiy samaradorligi: o‘ziga xos gormonal o‘zgarishlar va ularning turli xil bosh miya jarohatlari bilan bog‘liqligi aniqlangan, endokrin buzilishlar rivojlanish xavfini bashorat qilishning tegishli usullari ishlab chiqilgan. Iqtisodiy samaradorligi shundaki, o‘ziga xos gormonal o‘zgarishlarni aniqlash va ularning turli xil BMJ bilan bog‘liqligini o‘rganish natijasida jarohat oqibatlarini davolash harajatlari sezilarli darajada kamaygan. Neyroendokrin asoratlari bo‘lgan BMJ bilan og‘rigan bemor bolani tekshirish 1 dan 2 million so‘mgacha tursa, bunday tekshiruvlar o‘tkazilmagan bemorlarga o‘z vaqtida patogenetik jihatdan asoslangan davolash murakkabroq. Xulosa: o‘ziga xos gormonal o‘zgarishlarni aniqlash va ularning turli xil bosh miya jarohatlari bilan bog‘liqligini o‘rganish endokrin buzilishlar rivojlanish xavfini bashorat qilishning tegishli usullarini ishlab chiqish uchun eng samarali yondashuvdir.
uchinchi ilmiy yangilik: FOUR, PBSS, Glazgo shkalalariga hamda Veksler va Benton testlariga ko‘ra BMJ bilan og‘rigan bolalarda turli og‘irlikdagi BMJda gormonal buzilishlarning darajasi gipofizning neyrovizualizatsion va kognitiv funksiyalarning ko‘rsatkichlari o‘zgarishlari olib kelishi isbotlanganligi Andijon davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashi tomonidan 2025-yil 27-iyunda 62-58/u-son bilan tasdiqlangan "Bosh miya jarohati olgan kichik maktab yoshidagi bolalarning neyrokognitiv funksiyasini baholash" nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan va akademik Yo.X.To‘raqulov nomidagi RIXIATM Farg‘ona filialida (2025-yil 30-iyundagi 153-son buyruq) va Namangan filialida (2025-yil 26-iyuldagi 110-son buyruq) amaliy faoliyatiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025-yil 4-noyabrdagi 28-son bayonnomasi). Ijtimoiy samaradorligi: gormonal buzilishlar darajasi, gipofizning neyrovizualizatsion o‘zgarishlari va kognitiv funksiyalar ko‘rsatkichlari (FOUR, PBSS, Glazgo shkalasi, Veksler va Benton testlari bo‘yicha) o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik sog‘liqni saqlash amaliyotiga joriy etilishi zarurligini isbotlandi. Iqtisodiy samaradorligi shundan iboratki, aniqlangan o‘zaro bog‘liqlik ushbu endokrinopatiyalarni samarali tashxislash imkoniyatlarini sezilarli darajada oshiradi. Ushbu algoritmni joriy etish uchun BMJ bilan og‘rigan bemorga 1-2 million so‘m sarflansa, qo‘llanilmagan taqdirda surunkali pangipopituitarizm rivojlanish xavfi yuqori bo‘lib, uzoq vaqt davomida oyiga 1-5 million so‘mlik o‘rinbosar gormonal terapiya zarur bo‘ladi. Xulosa: aniqlangan o‘zaro bog‘liqlik ushbu endokrinopatiyalarni samarali tashxislash imkoniyatlarini sezilarli darajada oshiradi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: endokrin disfunksiyalarning yetakchi prediktori bo‘lgan laboratoriya va MRT markerlarining kombinatsiyasi BMJning og‘irligi va ularning rivojlanishini yuqori aniqlik bilan bashorat qilish imkonini berishi natijasida gormonal o‘rin bosuvchi terapiyani tayinlash mezonlarini o‘z ichiga olgan travmadan keyingi endokrin asoratlarni erta tashxislash va oldini olishning algoritmi samaradorligi isbotlanganligi Andijon davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashi tomonidan 2025-yil 27-iyunda 62-58/u-son bilan tasdiqlangan "Bosh miya jarohati olgan kichik maktab yoshidagi bolalarning neyrokognitiv funksiyasini baholash" nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan va akademik Yo.X.To‘raqulov nomidagi RIXIATM Farg‘ona filialida (2025-yil 30-iyundagi 153-son buyruq) va Namangan filialida (2025-yil 26-iyuldagi 110-son buyruq) amaliy faoliyatiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025-yil 4-noyabrdagi 28-son bayonnomasi). Ijtimoiy samaradorligi: aniqlangan prediktorlar va markerlar kombinatsiyasi asosida sog‘liqni saqlashning birlamchi bo‘g‘inida keng qo‘llash uchun amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi. Iqtisodiy samaradorligi shundaki, bolalarda BMJ o‘tkir va kechki davrida neyroendokrin asoratlarni aniqlash bo‘yicha yangi innovatsion texnologiyalarni keng qo‘llash gipotalamo-gipofizar-periferik o‘q ko‘rsatkichlarini monitoring qilish samaradorligini oshiradi. BMJning erta bosqichida endokrinologik tanqislikni tiklash 2-4 million so‘m talab qilsa, kechki bosqichda 5-10 million so‘m, ya’ni 2-3 baravar ko‘p mablag‘ sarflanadi. Xulosa: laboratoriya va MRT markerlarining kombinatsiyasi bolalarda BMJning erta va kechki bosqichlarida neyroendokrin asoratlarni rivojlanishini yuqori aniqlik bilan bashorat qilish va oldini olishning eng yaxshi usuli hisoblanadi va klinik, gormonal va MRT ma’lumotlarini tahlil qilishga asoslangan neyroendokrin asoratlarni erta tashxislash algoritmi endokrinopatiya ma’lumotlarini samarali tashxislash imkoniyatlarini sezilarli darajada oshiradi.