Ilmurodova Feruza Shakirovnaning
falsafa fanlari doktori (PhD) himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Klaster tizimida bo‘lajak tarix o‘qituvchilarini kasbiy faoliyatga tayyorlash metodikasi”, 13.00.02 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (tarix) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Ped5016.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Toshtemirova Saodat Abdurashidovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.01/2025.27.12.Ped.04.02.
Rasmiy opponentlar: Ismoilov Temurbek Islomovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Xaynazarov Baxrom Baxtiyorovich, tarix fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi klaster tizimi sharoitida bo‘lajak tarix o‘qituvchilarini kasbiy faoliyatga tayyorlashning metodik tizimini takomillashtirish, uni ilmiy jihatdan asoslash hamda amaliyotda tatbiq etish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
tarix fanini o‘qitishda klaster tizimi asosida bo‘lajak o‘qituvchilarni tayyorlashning psixo-pedagogik konsepsiyaviy yondashuvlar kabi nazariy va integrativ-modulli o‘qitish, axborot-tahliliy tahlil, ta’lim klasteri muhitida kompetensiyaviy monitoring kabi metodik asoslari tarix o‘qituvchilarida kasbiy kompetensiyalarni shakllantirishning multiqirrali, innovatsion va integratsiyalashgan usullarini uzlyuksiz, faol, shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim talablariga muvofiqlashtirish asosida aniqlashtirilgan;
klaster yondashuvi asosida bo‘lajak tarix fani o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini rivojlantirishning integratsiyalashgan, dalillarga asoslangan va refleksiv amaliyotga yo‘naltirilgan metodikasi xalqaro talablar asosidagi transmilliy hamkorlik, madaniyatlararo savodxonlik, raqamli texnologiyalar, metodik guruhlar, reflektiv pedagogika va global fuqarolik ta’limiga ko‘ra zamonaviy transformatsiyalangan;
klasterli ta’lim tizimida tarix fani o‘qituvchilarini kasbga yo‘naltirishning uzviy, subektlararo hamkorlikka asoslangan va shaxsga yo‘naltirilgan tashkiliy, psixodiagnostik monitoring, pedagogik tashxis va institutsional kooperatsiya kabi diagnostik mexanizmlari maktab–lisey–oliy ta’lim–mehnat bozori bosqichlari orqali amalga oshiriladigan individual kasbiy traektoriyalari (ta’limning barcha bosqichlarida talabaning qobiliyati, qiziqishi va kasbiy salohiyati)ni inobatga olgan holda tarixchi-pedagog kasbiga yondashuvni shakllantirishga qaratilgan metodik tizimga integratsiyalashtirish asosida takomillashtirilgan;
klaster tizimida bo‘lajak tarix o‘qituvchilarini kasbiy faoliyatga tayyorlashning innovatsion LEGAT, IjTIRO, TarSIM, TALIM, TTT va dilemma metodlari asosida shakllangan integrativ-kompetensiyaviy metodikasi uning samaradorligini aniqlovchi pedagogik refleksiya, kognitiv dinamika, interfaol nazorat, amaliyotdagi transfer qobiliyati kabi kompetensiyaviy o‘sish ko‘rsatkichlari mezonlari bilan asoslantirish orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Klaster tizimida bo‘lajak tarix o‘qituvchisini kasbiy faoliyatga tayyorlash metodikasini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot ishlar natijasida:
ta’lim jarayonida klaster tizimi asosidagi psixo-pedagogik konsepsiyaviy yondashuvlar, integrativ-modulli o‘qitish, axborot-tahliliy tahlil va ta’lim-klaster muhitida kompetensiyaviy monitoring kabi metodik asoslar qayta tahlil qilinib, tarix fani bo‘yicha kasbiy kompetensiyalarni shakllantirishning multiqirrali, innovatsion va integratsiyalashgan usullarini aniqlashtirishga oid ilmiy natijalar “Metodika prepodovanie istorii” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligining 2023-yil 17-iyuldagi 314-son buyrug‘i bilan taqdim etilgan 740228 raqamli nashr guvohnomasi). Natijada ushbu metodik yangilanishlar ta’lim tizimiga klaster yondashuvini faol joriy etish imkonini yaratib, tarix fani o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyalarini shakllantirishda yuqori samaradorlikka erishishni ta’minlagan;
bo‘lajak tarix fani o‘qituvchilarida kasbiy kompetentlikni shakllantirishga qaratilgan klaster yondashuvi negizida ishlab chiqilgan integratsiyalashgan, dalillarga tayanuvchi va refleksiv amaliyotga yo‘naltirilgan metodika UNESCO tajribalari va Finlyandiya ta’lim modeli asosidagi transmilliy hamkorlik mexanizmlari, madaniyatlararo savodxonlikni shakllantiruvchi interaktiv yondashuvlar, raqamli ta’lim texnologiyalari, metodik guruhlardagi hamkorlik usullari va global fuqarolik ta’limi elementlari bilan metodik jihatdan boyitilgan ilmiy-uslubiy yondashuvlar “Istoriya drevnogo mira” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligining 2023-yil 17-iyuldagi 314-son buyrug‘i bilan taqdim etilgan 314-97 raqamli nashr guvohnomasi). Natijada mazkur o‘quv qo‘llanma ta’lim jarayonida talabalarda madaniy anglash, global muloqot, tahliliy fikrlash va kasbiy faoliyatni boshqarishga doir amaliy ko‘nikmalarni ham shakllantiruvchi yangi avlod ta’lim resurslarini takomillashtirishga xizmat qilgan;
klasterli ta’lim tizimida tarix fani o‘qituvchilarini kasbga yo‘naltirishning uzviy, subektlararo hamkorlikka asoslangan va shaxsga yo‘naltirilgan tashkiliy, psixodiagnostik monitoring, pedagogik tashxis va institutsional kooperatsiya kabi diagnostik mexanizmlari maktab–lisey–oliy ta’lim–mehnat bozori bosqichlari orqali amalga oshiriladigan individual kasbiy traektoriyalarini inobatga olgan holda tarixchi-pedagog kasbiga yondashuvni shakllantirishga qaratilgan metodik taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston-24” ijodiy birlashmasi “O‘zbekiston” teleradiokanali tomonidan tayyorlangan “Millat va ma’naviyat”, “Ta’lim va taraqqiyot” dasturlarining 2024-yil noyabr va dekabr oylaridagi sonlari ssenariysida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston-24” ijodiy birlashmasi davlat muassasasining 2025-yil 26-fevraldagi 05-09-226-son ma’lumotnomasi). Natijada klasterli ta’lim tizimi doirasida kasbiy yo‘naltirishga oid mazkur metodik echimlar talabalarni maqsadli kuzatish, rag‘batlantirish va rivojlantirish uchun institutsional asos yaratishga xizmat qilgan.
klaster tizimida bo‘lajak tarix o‘qituvchilarini kasbiy faoliyatga tayyorlashning innovatsion metodlari asosida shakllangan integrativ-kompetensiyaviy metodikasi va uning samaradorligini asoslovchi kompetensiyaviy o‘sish ko‘rsatkichlarini belgilovchi mezonlarini takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalaridan “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi tizimida faoliyat yuritayotgan xodimlarning ijtimoiy - siyosiy yo‘nalishdagi bilim va ko‘nikmalarini oshirishda hamda mafkuraviy targ‘ibot ishlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi markaziy kengashining 2025-yil 23-iyundagi 02/02-64-sonli dalolatnomasi). Natijada klaster tizimida bo‘lajak tarix o‘qituvchisining kasbiy-faoliyatga tayyorlash metodikasini zamon talablariga ko‘ra ta’minlashga erishilgan.