Maxmudova Charos Ikromovnaning
falsafa doktori (PhD) himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Talabalarning toponimik kompetentligini rivojlantirish metodikasi”, 13.00.02 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (o‘zbek tili va adabiyoti) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Ped10135.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Gayupova Saodat Xamidovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.01/2025.27.12.Ped.04.02.
Rasmiy opponentlar: Matchonov Sapa Murodovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Abdullaevich Akmal Amirovich, filologiya fanlari bo‘yciha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi innovatsion va an’anaviy usullar uyg‘unligi asosida talabalarda toponimik kompetensiyani rivojlantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishhdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
talabalarda toponimik kompetensiyani shakllantirish zarurati va pedagogik shart-sharoitlari filologik va geografik fanlarni integratsiyalash asosida ta’lim mazmuni, shakli va usullarini qayta tahlil qilish, toponimlarni tarixiy manbalar, lingvistik xususiyatlar va geografik axborotlar uyg‘unligida o‘rganish imkoniyatlarini fanlararo yondashuv hamda integrativ tafakkurni rivojlantirish kabi zamonaviy pedagogik paradigmalar orqali integrativ ta’limiy transformatsiyalash orqali ilmiy asoslangan;
talabalarda toponimik kompetensiyani rivojlantirish usullari joy nomlarini tanqidiy va ijodiy asosda tahlil qilish, ularni lingvistik, tarixiy va geografik konteksta chuqur anglash hamda milliy merosni ma’naviy mezonlar asosida idrok etishga yo‘naltirilgan morfologik tahlil va sharhlovchi ta’lim shakllarini innovatsion kognitiv modellash, interfaol kartografik simulyasiyalar hamda fanlararo geofilologik integratsiyaga asoslangan ta’lim texnologiyalari orqali kognitiv-metodologik uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilgan;
toponimik kompetensiyani rivojlantirishda ijodiy faoliyatni rag‘batlantiruvchi metodik tizim talabalarning toponimlarni tanqidiy, ijodiy va xronologik-geografik nuqtai nazardan anglashuvini ta’minlovchi GIS platformalari, simulyasiyali xaritalar va virtual tadqiqot muhitlarini samarali qo‘llashga oid didaktik ta’minotni interaktiv-analitik dizayn va raqamlshtirilgan o‘quv muhitini metodik modellashtirish orqali takomillashtirilgan;
individual ta’limga tayangan holda talabalarning toponimik kompetensiyasini rivojlantirishning pedagogik modeli manbashunoslik tahlili (“Devonu lug‘atit turk”, “Boburnoma”), maydon tadqiqotlari hamda kognitiv mustaqil izlanish faoliyatini tanqidiy tahlil qilish, ma’naviy anglash, xulosalash va integrativ fikrlash salohiyatini shakllantirishga yo‘naltirish hamda jarayonni “maqsad – mazmun – jarayon – natija” bloklari asosida tizimlashtirish orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Talabalarda toponimik kompetentlikni rivojlantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot ishlari natijasida:
ajdodlar merosi asosida talabalarda toponimik kompetentlikni rivojlantirishga qaratilgan mashg‘ulotlar, talabalarning individual ehtiyojlarini chuqur tahlil qilish orqali shaxsiy bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirishga qaratilgan interaktiv usullar, modulli o‘quv materiallari va raqamli ta’lim platformalarini pedagogik va axborot texnologiyalari bilan birlashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan PZ-20170929789-sonli “O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalarining o‘quv jarayonida ilg‘or pedagogik va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni takomillashtirish mexanizmlarini ishlab chiqish” mavzusidagi amaliy loyihasini bajarishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Milliy universitetining 2025-yil 15-maydagi 01/11-01/6-795-son ma’lumotnomasi). Natijada, toponimik kompetentlikni rivojlantirishning mezon va ko‘rsatkichlari aniqlashtirilgan;
toponimik kompetensiyani rivojlantirishda ijodiy faoliyatni rag‘batlantiruvchi ma’ruza, seminar, amaliy mashg‘ulot, mustaqil ta’lim, pedagogik amaliyot va masofaviy o‘quv shakllari, toponimik bilimlarni interfaol mulohaza va tadqiqot asosida chuqur o‘zlashtirishga xizmat qiluvchi innovatsion usullarni hamda talabalarning toponimlarni tanqidiy, ijodiy va xronologik-geografik nuqtai nazardan anglashuvini ta’minlovchi GIS platformalari, raqamli arxivlar, elektron portfolio, simulyasiyali xaritalar va virtual tadqiqot muhitlarini samarali qo‘llashga oid o‘quv-uslubiy ishlar “Toponimika” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligining 2023-yil 17-iyuldagi 314-son buyrug‘i bilan taqdim etilgan 314-200 raqamli nashr guvohnomasi). Natijada, lingvistika, geografiya, tarix, toponimika va pedagogika ta’limining didaktik ta’minoti takomillashtirilgan;
talabalarning tadqiqotchilik qobiliyatini kuchaytirish, toponimikaga oid bilimlarni samarali o‘zlashtirish, amaliy mashg‘ulotlarga asoslangan kompetensiyalarni shakllantirish va interaktiv darslar orqali ekologik hamda geografik muammolarni tahlil qilish, stratigrafik qatlam, toponimikaning fanlararo aloqadorligi, toponimik atamalarni grammatik jihatdan to‘g‘ri yozilish qoidalariga qaratilgan uslubiy tavsiyalar “Toponimika” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 17- iyuldagi 314-son buyrug‘i bilan taqdim etilgan 314-200 raqamli nashr guvohnomasi). Natijada ta’limda talabalarning tadqiqotchilik va ijodiy faoliyat ko‘nikmalarini rivojlantirishning amaliy-texnologik tizimi takomillashtirish bo‘yicha metodik ta’minot ommalashtirilgan.