Ashurova Dildora G‘afurovnaning pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon 

I.Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i): “Ingliz tilini o‘qitish metodikasi fanini hamkorlik strategiyalari asosida loyihalashni takomillashtirish” 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Ped6311
Ilmiy rahbar: Olimov Shirinboy Sharofovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat pedagogika instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi (muassasalar), IK raqami: Buxoro davlat universiteti PhD.03/2025.27.12Ped.08.05
Rasmiy opponentlar: pedagogika fanlari doktori (DSc), professor Rashidova Feruza Musaevna hamda pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Sodiqov Erkin Tursunovich
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat pedagogika instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ingliz tilini o‘qitish metodikasi fanini hamkorlik strategiyalari asosida loyihalashni takomillashtirish hamda amaliyotga  tadbiq etish yuzasidan tavsiyalar ishlab  chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
    oliy ta’lim muassasalarida ingliz tilini o‘qitish metodikasi fanini hamkorlik strategiyalari asosida loyihalash pedagogik muammo sifatida tavsiflanib,  til o‘rganish jarayonining pedagogik-psixologik xususiyatlari aniqlashtirilgan;
    ingliz tilini o‘qitish metodikasi fanini hamkorlik strategiyalari asosida loyihalashni xarakterlovchi omillar (nutq madaniyatini ifodalash, hamkorlik munosabatini maqsadli tarbiyalash, shaxsning ijodiy salohiyatini oshirish)  mexanizmlari takomillashtirilgan;  
ingliz tilini o‘qitish metodikasi fanining pedagogik imkoniyatlari kommunikativ yondashuv, tilga bog‘liq fanlararo integratsiya va motivatsiyani aniqlashga mo‘ljallangan “Cooperative Learning Techniques”  hamkorlik strategiyalarini loyihalash metodikasini qo‘llash  orqali takomillashtirilgan;
    oliy ta’lim muassasalarida ingliz tilini o‘qitish metodikasi fanini hamkorlik strategiyalari asosida loyihalash muammoli ta’lim texnologiyalarini qo‘llashning samaradorlik darajasi aniqlashtirilgan hamda integral baholash mezonlari ishlab chiqilgan va amaliyotga tatbiq etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz tilini o‘qitish metodikasi fanini hamkorlik strategiyalari asosida loyihalashni takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan nazariy va amaliy takliflar asosida: 
oliy ta’lim muassasalarida ingliz tilini o‘qitish metodikasi fanini hamkorlik strategiyalari asosida loyihalash pedagogik muammo sifatida tavsiflanib,  til o‘rganish jarayonining pedagogik-psixologik xususiyatlari aniqlashga oid taklif va tavsiyalardan 2024-2025-yillarga mo‘ljallangan SUZ80024CA0088-raqamli “Eksport uchun til ko‘prigi: tadbirkorlarning eksport salohiyatini rag‘batlantirlsh uchun ingliz tili o‘qituvchi1ari uyushmasini shakllantirish” mavzusidagi amaliy  loyihani bajarishda foydalanilgan (Buxoro davlat pedagogika institutining 2025-yil 8-fevraldagi 165-son ma’lumotnomasi). Natijada hamkorlik strategiyasi mazmunidagi nostandart topshiriqlar va o‘quv loyihalar ishlab chiqish hamda amalda qo‘llash imkonini bergan;
ingliz tilini o‘qitish metodikasi fanini hamkorlik strategiyalari asosida loyihalashni xarakterlovchi omillar (nutq madaniyatini ifodalash, hamkorlik munosabatini maqsadli tarbiyalash, shaxsning ijodiy salohiyatini oshirish) mexanizmlarini takomillashtirishga oid takliflar “Ingliz tilini o‘qitish metodikasi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 6-sentyabridagi 333-son guvohnomasi). Natijada mazkur darslik asosida olib borilgan mashg‘ulotlar bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarning pedagogik va metodik faoliyatini rivojlantirishga xizmat qilgan; 
ingliz tilini o‘qitish metodikasi fanining pedagogik imkoniyatlari  kommunikativ yondashuv, tilga bog‘liq fanlararo integratsiya va motivatsiyani aniqlashga oid takliflar asosida “Cooperative Learning Techniques” nomli elektron darslik yaratilgan (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2025-yil 19-martdagi № DGU 48769-son guvohnomasi). Natijada mazkur elektron darslik ingliz tilini o‘qitishda hamkorlik va an’anaviylik tamoyilidan foydalanish orqali o‘quv-tarbiya jarayoni samaradorligini ta’minlashga xizmat qilgan;  
oliy ta’lim muassasalarida ingliz tilini o‘qitish metodikasi fanini hamkorlik strategiyalari asosida loyihalash muammoli ta’lim texnologiyalarini qo‘llashning samaradorlik darajasi hamda integral baholash mezonlarini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etishga oid tavsiyalar yaratilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazining 2024-yil 27-noyabrdagi 02/01-01-130-son ma’lumotnomasi). Natijada olingan natijalarning amaliy tatbiqi ingliz tili fanini o‘qitishda hamkorlik strategiyalarini loyihalashning monitoring va metodik ta’minotini rivojlantirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish