Tadjibaev Salimjon Sabirjanovichning
Falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilimiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Bo‘lajak tarbiyachilarda kasbiy ko‘nikmalarni takomillashtirishning didaktik imkoniyatlari (tasviriy faoliyat misolida)”, 13.00.02. – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (tasviriy san’at).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Ped3803
Ilmiy rahbar: Tairova Madinabonu Baxtiyarovna,  pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilayotgan muassasa nomi: Andijon davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IKraqami: Andijon davlat pedagogika instituti, PhD.03/05.05.2023.Ped.166.01 raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Yusupova Shoxidaxon Jaloliddinovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Axmedov Muxomod-Umar Baxridinovich  pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak tarbiyachilarda kasbiy ko‘nikmalarni takomillashtirishning didaktik imkoniyatlariga oid ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak tarbiyachilarning tasviriy faoliyatga oid kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish strukturasi maktabgacha yoshdagi bolalarda estetik didni shakllantirish va ularning ijodiy rivojlanish xususiyatlarini bilish jarayonlariga tasviriy faoliyat turlari (rasm, applikatsiya, qurish-yasash, loydan ishlash)ni tashkil etish usullarini integratsiyalash asosida takomillashtirilgan;
tarbiyachilarning tasviriy faoliyatga oid kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlari ta’lim jarayonida ijodiy muhitni shakllantirish hamda refleksiv faoliyatni yo‘lga qo‘yish tuzilmasiga motivatsion, axborot-metodik, ijodiy-refleksiv, kommunikativ komponentlarini rivojlantiruvchi didaktik ramka (“didactic framework”) konseptual modelini moslashtirish asosida takomillashtirilgan;
ta’lim oluvchilarning tasviriy faoliyatga oid kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan o‘quv-texnologik tizimi kasbiy bilim, ijodiy faoliyat va refleksiv tahlil jarayonlarini rivojlantiruvchi mashg‘ulotlar to‘plamiga mustaqil amaliy faoliyatni kuchaytiruvchi kasbiy identifikatsiyalash modulini adaptatsiyalash orqali takomillashtirligan;
tasviriy faoliyatga oid kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish mezonlari ta’lim oluvchilarning faoliyatga nisbatan ijobiy munosabati, qiziqishi va kasbiy o‘sishga intilish darajalarini maktabgacha yoshdagi bolalarning ijodiy rivojlanish xususiyatlarini bilish parametrlari bilan o‘zaro uyg‘unlashtirish asosida aniqlashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak tarbiyachilarda kasbiy ko‘nikmalarni takomillashtirishning didaktik imkoniyatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
bo‘lajak tarbiyachilarning tasviriy faoliyatga oid kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish strukturasi maktabgacha yoshdagi bolalarda estetik didni shakllantirish va ularning ijodiy rivojlanish xususiyatlarini bilish jarayonlariga tasviriy faoliyat turlari (rasm, applikatsiya, loydan ishlash)ni tashkil etish usullarini integratsiyalash asosida takomillashtirishga oid ilmiy yangiligidan oliy ta’lim talabalari uchun ishlab chiqilgan “Tasviriy faoliyatga o‘rgatish” nomli o‘quv qo‘llanmani mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 29-maydagi 232-sonli buyrug‘iga asosan berilgan 232-307 raqamli ruxsatnoma). Natijada, bo‘lajak tarbiyachilarda tasviriy faoliyatga oid kasbiy ko‘nikmalarni takomillashtirishning didaktik ramka ( “didactic framework”) konseptual modelini qo‘llash imkoniyatini yaratdi va uning ilmiy-amaliy samaradorligi asoslab berildi.
tarbiyachilarning tasviriy faoliyatga oid kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlari ta’lim jarayonida ijodiy muhitni shakllantirish hamda refleksiv faoliyatni yo‘lga qo‘yish tuzilmasiga motivatsion, axborot-metodik, ijodiy-refleksiv, kommunikativ komponentlarini rivojlantiruvchi didaktik ramka (“didactic framework”) konseptual modelini moslashtirish asosida takomillashtirishga oid ilmiy yangiligidan “Obuchenie izobrazitel`noy deyatel`nosti” nomli o‘quv qo‘llanmanini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 14-apreldagi 136-sonli buyrug‘iga asosan berilgan 929710 raqamli ruxsatnoma). Natijada, bo‘lajak tarbiyachilarda tasviriy faoliyatga oid kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirish samaradorligi oshirilgan;
ta’lim oluvchilarning tasviriy faoliyatga oid kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan o‘quv-texnologik tizimi kasbiy bilim, ijodiy faoliyat va refleksiv tahlil jarayonlarini rivojlantiruvchi mashg‘ulotlar to‘plamiga mustaqil amaliy faoliyatni kuchaytiruvchi kasbiy identifikatsiyalash modulini adaptatsiyalash orqali takomillashtirishga oid  ilmiy yangiligidan oliy ta’lim talabalari uchun ishlab chiqilgan “Tasviriy faoliyatga o‘rgatish” nomli o‘quv qo‘llanmani mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 29-maydagi 232-sonli buyrug‘iga asosan berilgan 232-307 raqamli ruxsatnoma). Natijada, bo‘lajak tarbiyachilarda tasviriy faoliyatga oid kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirishning innovatsion-didaktik yondashuvi shakllanib, ularning kreativ tafakkuri, metodik kompetensiyasi va kasbiy identifikatsiyasi kompleks tarzda mustahkamlandi. 
tasviriy faoliyatga oid kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish mezonlari ta’lim oluvchilarning faoliyatga nisbatan ijobiy munosabati, qiziqishi va kasbiy o‘sishga intilish darajalarini maktabgacha yoshdagi bolalarning ijodiy rivojlanish xususiyatlarini bilish parametrlari bilan o‘zaro uyg‘unlashtirish asosida aniqlashtirishga oid ilmiy yangiligidan “Obuchenie izobrazitel`noy deyatel`nosti” nomli o‘quv qo‘llanmanini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 14-apreldagi 136-sonli buyrug‘iga asosan berilgan 929710 raqamli ruxsatnoma). Natijada, bo‘lajak tarbiyachilarda tasviriy faoliyatga oid kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirish samaradorligi oshirilgan.
 

Yangiliklarga obuna bo‘lish