Maxmudova Fotima Shamshiddinovna
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Talabalarning ijtimoiy-madaniy kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Ped10134.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Abdazimov Azizjan Abdusobirovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa 
doktori PhD., dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy pedagogika  universiteti, DSc.01/2025.27.12.Ped.03.03.
Rasmiy opponentlar: Shodieva Matluba Jo‘raevna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Farsaxonova Dilafruz Rizaxonovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi talabalarning ijtimoiy-madaniy kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarning ijtimoiy-madaniy kompetensiyalarni rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari madaniy-ta’limiy faoliyatning multikultura muhitini raqamli va kommunikativ texnologiyalarga kollaborativligini ta’minlash, shaxsiy, ijtimoiy va foaliyatga asoslangan xususiyatlarning tarkibiy komponentlarni refleksiv baholash asosida aniqlashtirilgan;
talabalarning ijtimoiy-madaniy kompetensiyalarini rivojlantirish modeli metodik tizimga mos interaktiv va multimodal o‘quv muhitini shaxsga yo‘naltirilganlik, faol ishtirok va amaliy natijalar ustuvoriligini ta’minlovchi usul va vositalarni maqsadga yo‘naltirilgan bosqichma-bosqich rejalashtirish asosida takomillashtirilgan;
“Tarbiyaviy ishlar metodikasi” fani asosida talabalarda ijtimoiy-madaniy kompetensiyalarni rivojlantirish metodikasi ma’naviy qadriyat an’analariga asoslangan integratsiyalashgan mazmun,  ijtimoiy hamkorlik va reflektiv faoliyatga ijtimoiy vaziyatlarni vizual-amaliy modellashtirish asosida takomillashtirilgan;
talabalarning ijtimoiy-madaniy kompetensiyalarini rivojlantirish samaradorligi ijtimoiy vaziyatlarni loyihalashtirishga asoslangan o‘quv muhiti ijtimoiy faollik va tashabbuskorlikni o‘sishini ta’minlaganligi tufayli  mezonlarning o‘z o‘zini va o‘zaro baholash uyg‘unligini dinamik rivojlanishiga ustuvorlik berish asosida oshirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Talabalarning ijtimoiy-madaniy kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
talabalarning ijtimoiy-madaniy kompetensiyalarni rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari madaniy-ta’limiy faoliyatning multikultura muhitini raqamli va kommunikativ texnologiyalarga kollaborativligini ta’minlash, shaxsiy, ijtimoiy va faoliyatga asoslangan xususiyatlarning tarkibiy komponentlarni refleksiv baholash asosida aniqlashtirishga oid takliflar  “Tarbiyaviy ishlar metodikasi” fanini o‘qitish” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan. (O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025 yil 17-iyuldagi 22-01-243/22 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, talabalarning madaniyatlararo kasbiy sifatlarini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlarini tahlil etishga erishilgan;
talabalarning ijtimoiy-madaniy kompetensiyalarini rivojlantirish modeli metodik tizimga mos interaktiv va multimodal o‘quv muhitini shaxsga yo‘naltirilganlik, faol ishtirok va amaliy natijalar ustuvorligini ta’minlovchi usul va vositalarni maqsadga yo‘naltirilgan bosqichma-bosqich rejalashtirish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Tarbiyaviy ishlar metodikasi” fanini o‘qitish” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan. (O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025 yil 17-iyuldagi 22-01-243/22 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, “Tarbiyaviy ishlar metodikasi” fanini o‘qitish metodikasi takomillashtirilgan;
“Tarbiyaviy ishlar metodikasi” fani asosida talabalarda ijtimoiy-madaniy kompetensiyalarni rivojlantirish metodikasi ma’naviy qadriyat an’analariga asoslangan integratsiyalashgan mazmun,  ijtimoiy hamkorlik va reflektiv faoliyatga ijtimoiy vaziyatlarni vizual-amaliy modellashtirish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Tarbiyaviy ishlar metodikasi” fanini o‘qitish” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan. (O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025 yil 17-iyuldagi 22-01-243/22 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada talabalar ijtimoiy-madaniy kompetensiyasini rivojlantirish modeli mazmuni boyitilgan;
talabalarning ijtimoiy-madaniy kompetensiyalarini rivojlantirish samaradorligi ijtimoiy vaziyatlarni loyihalashtirishga asoslangan o‘quv muhiti ijtimoiy faollik va tashabbuskorlikni o‘sishini ta’minlaganligi tufayli  mezonlarning o‘z o‘zini va o‘zaro baholash uyg‘unligini dinamik rivojlanishiga ustuvorlik berish asosida oshirishga oid takliflar “Tarbiyaviy ishlar metodikasi” fanini o‘qitish” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan. (O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025 yil 17-iyuldagi 22-01-243/22 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, talabalar ijtimoiy-madaniy kompetensiyasini rivojlantirish samaradorligi mezon va ko‘rsatkichlari aniqlashtirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish