Shamsieva Yulduz Olimovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Raqamli iqtisodiyot sharoitida transformatsiya jarayonlari orqali zamonaviy bank xizmatlarini takomillashtirish”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Iqt3287.
Ilmiy rahbar: Pardaev Umidjon Uralovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi qoshidagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.04/2025.27.12.I.01.03
Rasmiy opponentlar: iqtisodiyot fanlari doktori, professor Iminov Odiljon Karimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Rustamov Maqsud Suvonqulovich.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi.
Raqamli iqtisodiyot sharoitida transformatsiya jarayonlari orqali zamonaviy bank xizmatlarini  takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
raqamli bank xizmatlari sifatini yaxshilash maqsadida zamonaviy bank texnologiyalariga operatsion xarajatlarni har yili kamida 10 foizga oshirib borish orqali optimallashtirish taklif etilgan;
bank faoliyatini xalqaro bank standartlari talablariga muvofiq raqamli transformatsiya va biznes jarayonlarini maqbullashtirish (BPR) yondashuvlari asosida takomillashtirish orqali aktivlar daromadlilik ko‘rsatkichlarini oshirish taklifi ilmiy asoslangan;
firibgarlik holatlarini 50 foizgacha kamaytirishda bank mijozlarini biometrik autentifikatsiya qilish jarayonini 2 foizga optimallashtirish chegaraviy qiymatini belgilash taklif etilgan;
mobil ilovada ID‑verifikatsiyadan o‘tgan foydalanuvchilarga 10 ta, o‘tmagan foydalanuvchilarga 5 ta bank kartasini bir akkauntga biriktirishni cheklovchi reglamentni qo‘llash taklif etilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Raqamli iqtisodiyot sharoitida transformatsiya jarayonlari orqali zamonaviy bank xizmatlarini  takomillashtirishga oid ilmiy natijalar asosida:
raqamli bank xizmatlari sifatini yaxshilash maqsadida zamonaviy bank texnologiyalariga operatsion xarajatlarni har yili kamida 10 foizga oshirib borish orqali optimallashtirish taklifi ATB “Turonbank” Boshqaruv kengashining 2023-yil 15-dekabrdagi 1418-son buyruq bilan tasdiqlangan ATB “Turonbank” ning transformatsiya jarayonlarini jadallashtirish bo‘yicha 2024-yilga mo‘ljallangan “YO‘l xaritasi””ni ishlab chiqishda foydalanilgan (ATB “Turonbank” ning 2025-yil 19-martdagi 19/02-141-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida, moliyaviy jarayonlarning tezligi va sifat samaradorligining o‘sishi natijasida mijozlar sonining kredit bo‘yicha 4 foizga yaʼni 2 412 nafarga hamda omonat bo‘yicha 33 foizga ya’ni 3 725 nafarga  o‘sishiga erishilgan.
zamonaviy bank standart normalari asosida biznes jarayonlarini raqamli transformatsiya va biznes-protses injiniringi yondashuvlari asosida maqbullashtirish orqali aktivlar daromadlilik ko‘rsatkichlarini oshirish taklifi ATB “Turonbank” ning 2023-yil 15-dekabrdagi 1418-son buyruq bilan tasdiqlangan “ATB “Turonbank”ning transformatsiya jarayonlarini jadallashtirish bo‘yicha  2024-yilga mo‘ljallangan “YO‘l xaritasi””ni ishlab chiqishda foydalanilgan (ATB “Turonbank”ning 2025-yil 19-martdagi 19/02-141-son ma’lumotnomasi). Natijada umumiy ortiqcha xarajatlar 10,76 mlrd so‘mga yoki 1,2 foizga qisqartirilgan. 
firibgarlik holatlarini 50 foizgacha kamaytirishda bank mijozlarini biometrik autentifikatsiya qilish jarayonini 2 foizga optimallashtirish chegaraviy qiymatini belgilash zarurligi taklifi ATB “Turonbank”ning 2023-yil 15-dekabrdagi 1418-son buyruq bilan tasdiqlangan “ATB “Turonbank” ning transformatsiya jarayonlarini jadallashtirish bo‘yicha 2024-yilga mo‘ljallangan “YO‘l xaritasi””ni ishlab chiqishda foydalanilgan. (“Turonbank”  ATB ning 2025-yil 19-martdagi               19/02-141-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida, bank barqarorligining muhim ko‘rsatkichi hisoblangan uning kapitali 0,7 foizga o‘sgan yoki 1,911 trln so‘mni tashkil qilgan.
Mobil ilovada ID‑verifikatsiyadan o‘tgan foydalanuvchilarga 10 ta, o‘tmagan foydalanuvchilarga 5 ta bank kartasini bir akkauntga biriktirishni cheklovchi reglamentni qo‘llash taklifi ATB “Turonbank”ning 2023-yil 15-dekabrdagi 1418-sonli buyruq bilan tasdiqlangan “ATB “Turonbank” ning transformatsiya jarayonlarini jadallashtirish bo‘yicha 2024-yilga mo‘ljallangan “YO‘l xaritasi””ni ishlab chiqishda foydalanilgan (“Turonbank”  ATB ning 2025-yil 19-martdagi 19/02-141-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, bankning muammoli kreditlari 10,1 foizga kamaygan, kredit undiruv samaradorligi oshgan va muddati o‘tgan kreditlardan 77 foizi undirilishi taminlangan, raqamli anderrayting tizimida ishlamaydigan qarzlar ulushi 2,3 foizgacha pasaygan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish