Iskandarov Kudrat Shuxratovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Temir yo‘l transportida yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish sohasi boshqaruv mexanizmini takomillashtirish”, 08.00.13 – Menejment, 08.00.05 – Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/Iqt5887.
Ilmiy rahbar: Akbarov Mashxurbek Ismonalievich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent. Merganov Avaz Mirsultanovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti, DSc.10/2025.27.12.I.01.09
Rasmiy opponentlar: Irisbekova Mavlyuda Narimbaevna iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Ismailov Akmal Maxsudovich iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi temir yo‘l transportida yo‘lovchi tashish sohasida qo‘shimcha xizmatlarni tashkil etish jarayonlarini samarali boshqarish mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy-nazariy takliflar hamda amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“Temir yo‘l vokzallari” MChJ faoliyatidagi o‘zaro bog‘liq elementlar yig‘indisiga tayanadigan indikativ boshqaruv markazlashgan “Tijorat va marketing bo‘limi”ni tashkil etish asosida vokzallardagi barcha qo‘shimcha xizmatlarni (saqlash, mehmonxona, ijara, Wi-Fi, savdo va h.k.) bitta yagona biznes-portfel sifatida boshqarishni joriy etish orqali takomillashtirilgan;
“Temir yo‘l vokzallari” MChJda “sifat-qoniqish-brendga sodiqlik” zanjirini boshqaruvchi statistik-analitik mexanizm xizmat sifatini ta’minlash va uning brendga sodiqlikka ta’sirini baholashga oid qo‘shimcha xizmatlar narxi, xodimlar xizmat ko‘rsatish madaniyati, axborotdan foydalanish imkoniyatlari va qo‘shimcha xizmatlar tarkibi bo‘yicha Likert shkalasida baholash orqali takomillashtirilgan;
“Temir yo‘l vokzallari” MChJda isteʼmolchilarning brendga sodiqlik darajasining XGBoost modeli asosida real, pessimistik va optimistik ssenariylar bo‘yicha 2030-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan;
“Temir yo‘l vokzallari” MChJda qo‘shimcha xizmatlarni tashkil etishni takomillashtirishda har bir xizmat yo‘nalishi bo‘yicha daromad, rentabellilik, bir yo‘lovchiga to‘g‘ri keladigan qo‘shimcha daromad, brendga sodiqlikka ta’sir indikatorlari kabi ko‘rsatkichlardan iborat bo‘lgan hamda qaror qabul qilishda real vaqtda qo‘llaniluvchi tijorat dashboardini (boshqaruvchi uchun monitor) shakllantirish taklif etilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Temir yo‘l transport yo‘lovchi tashish sohasida ko‘rsatilayotgan xizmatlarni samarali tashkil etish va qo‘shimcha xizmatlarni diversifikatsiyalashni takomillashtirish yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
“Temir yo‘l vokzallari” MChJ faoliyatidagi o‘zaro bog‘liq elementlar yig‘indisiga tayanadigan indikativ boshqaruv markazlashgan “Tijorat va marketing bo‘limi”ni tashkil etish asosida vokzallardagi barcha qo‘shimcha xizmatlarni (saqlash, mehmonxona, ijara, Wi-Fi, savdo va h.k.) bitta yagona biznes-portfel sifatida boshqarishni joriy etish taklifi “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ tomonidan “Temir yo‘l transportida yo‘lovchi tashish faoliyatini rivojlantirish yuzasidan chora-tadbirlar dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning 2025-yil 10-dekabrdagi 07/4870-25-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilik qo‘shimcha xizmatlarni yagona biznes-portfel sifatida boshqarish orqali moslashuvchan va samarali boshqaruv qarorlarini qabul qilish imkonini beradi; 
“Temir yo‘l vokzallari” MChJda “sifat-qoniqish-brendga sodiqlik” zanjirini boshqaruvchi statistik-analitik mexanizm xizmat sifatini ta’minlash va uning brendga sodiqlikka ta’sirini baholashga oid qo‘shimcha xizmatlar narxi, xodimlar xizmat ko‘rsatish madaniyati, axborotdan foydalanish imkoniyatlari va qo‘shimcha xizmatlar tarkibi bo‘yicha Likert shkalasida baholash orqali takomillashtirish taklifidan “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ tomonidan “Temir yo‘l transportida yo‘lovchi tashish faoliyatini rivojlantirish yuzasidan chora-tadbirlar dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan ((“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning 2025-yil 10-dekabrdagi 07/4870-25-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning kompaniya faoliyatiga joriy etilishi ko‘rsatilayotgan qo‘shimcha xizmatlarni optimallashtirish asosida mehnat unumdorligini 3 foizga oshirish va qo‘shimcha xizmatlar xarajatini 15%ga kamaytirish imkoniyati yaratilgan; 
“Temir yo‘l vokzallari” MChJda isteʼmolchilarning brendga sodiqlik darajasini XGBoost modeli asosida real, pessimistik va optimistik ssenariylar bo‘yicha 2030-yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlaridan “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ tomonidan “Temir yo‘l transportida yo‘lovchi tashish faoliyatini rivojlantirish yuzasidan chora-tadbirlar dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan ((“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning 2025-yil 10-dekabrdagi 07/4870-25-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida “Temir yo‘l vokzallari” MChJda tijorat tushumlarini oshirish maqsadida qo‘shimcha xizmatlar samaradorligini oshirishga qaratilgan echimlar asosida biznes-reja ishlab chiqilgan;
“Temir yo‘l vokzallari” MChJda qo‘shimcha xizmatlarni tashkil etishni takomillashtirishda har bir xizmat yo‘nalishi bo‘yicha daromad, rentabellilik, bir yo‘lovchiga to‘g‘ri keladigan qo‘shimcha daromad, brendga sodiqlikka ta’sir indikatorlari kabi ko‘rsatkichlardan iborat bo‘lgan hamda qaror qabul qilishda real vaqtda qo‘llaniluvchi tijorat dashboardini (boshqaruvchi uchun monitor) shakllantirish taklifidan “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ tomonidan “Temir yo‘l transportida yo‘lovchi tashish faoliyatini rivojlantirish yuzasidan chora-tadbirlar dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan ((“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning 2025-yil 10-dekabrdagi 07/4870-25-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning kompaniya faoliyatiga joriy etilishi qo‘shimcha xizmatlarni joriy etishda yuzaga keladigan turli risklar ta’sirini kamaytirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish