Kadirova Nilufar Rustamovna
Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchisining konseptual kompetensiyasini rivojlantirish metodikasi” 13.00.02 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili), (Pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/Ped10836
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Maxkamova Gulnara Turdaxunovna. Pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, DSc.01/2025.27.12.Ped.03.04
Rasmiy opponentlar: Misirov Sohibjon Abdupattaevich pedagogika fanlari doktori, professor (DSc), Nazarova Madina Ataxanovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak xorijiy til o‘qituvchilarining konseptual kompetensiyasini rivojlantirish bo‘yicha maxsus metodikani integrativ yondashuv asosida ilmiy jihatdan asoslash va amaliy ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ingliz tilini o‘qitishning nazariy va amaliy kurslari doirasida bilimlarni sxemalashtirishning lingvistik, kognitiv va metodik qonuniyatlari hamda kognitiv va tushunchaviy-semantik apparatni egallash mexanizmlarining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda konseptual kompetensiyaning tuzilmasi va mazmunini o‘zlashtirilishini ta’minlash konseptual ma’noni kasbiy tezaurusini kengaytirish asosida aniqlashtirilgan;
til mutaxassisligi bo‘yicha nazariy va amaliy fanlarni o‘qitishga mos bo‘lgan konseptual kompetensiyani rivojlantirish modeli lingvokonseptosentrik texnologiyalarni (freymli, tezaurusli, kognitiv-kumulyativ) mazmunan integratsiyalash hamda konseptual kompetensiyaning tarkibiy komponentlarini hisobga olish lingvistik va tushunchaviy-semantik apparatni egallash orqali ochib berilgan;
ingliz tilini mutaxassislik tili sifatida o‘qitish mazmuni konseptual kompetensiyani kasbiy kompetensiya tarkibiga kiritish hamda akademik, lingvomadaniy va jarayonli bilimlarni mustahkamlovchi konseptlarni o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan o‘quv materiali bilan boyitish kasbiy maqsadlar uchun zarur bo‘lgan leksik birliklarni semantika, sintagmatika va paradigmatika doirasida o‘zlashtirish ma’noviy bog‘liqlikni kognitiv qayta tuzish asosida takomillashtirilgan;
ingliz tili bo‘yicha nazariy va amaliy kurslar doirasida kasbiy mazmunni konseptual anglash qobiliyatini shakllantirishga yo‘naltirilgan maxsus metodika integrativ modelni amaliyotga joriy etish, uni qo‘llash jarayonida yuzaga keladigan lingvokognitiv interferensiyani hisobga olish, konseptual bilimlarni bosqichma-bosqich o‘zlashtirish hamda kasbiy ma’noni anglash imkoniyatlarini semantik maydonni kengaytirish asosida oshirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
lingvokonseptotsentrik texnologiyalar asosida ilmiy, protsessual va lingvokulturologik bilimlarni o‘rgatishga doir metodik takliflar “English lexicology” darsligiga kiritildi (O‘zbekiston Milliy pedagogika universitetining 2025 yil 11 oktyabrdagi 22-01-785/22-sonli dalolatnomasi). Natijada talabalar ingliz tili leksikologiyasi sohasidagi bilimlarni egalladilar hamda leksik birliklarni semantika, paradigmatika va sintagmatika doirasida tahlil qilish va qayta ishlab chiqish, konseptual xaritalar tuzish, assotsiativ eksperiment o‘tkazish, shuningdek elektron tezauruslar bilan ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirdilar;
bilimlarni kompressiya qilish va sxemalashtirish, shuningdek ilmiy bilimlar to‘plamlariga oid metodika “Ingliz tili grammatikasi” darsligida o‘z aksini topdi (O‘zbekiston Milliy pedagogika universitetining 2025 yil 11 oktyabrdagi 22-01-785/22-sonli dalolatnomasi). Natijada talabalar grammatik bilimlarni egalladilar, ularda bilimlarni reproduksiya va produksiya jarayonida grammatik tushunchalar va qoidalar bilan operatsiya qilish uchun zarur bo‘lgan ilmiy apparat kengaydi, shuningdek so‘z turkumlari, grammatik tuzilmalar va boshqalarni tadqiq etish malakalari shakllandi;
fan mazmunini, texnologiyalarni hamda bilimlarni kompressiya qilish va jamlash usullarini integratsiyalash yo‘llariga doir metodik tavsiyalar, shuningdek recepsiya, reproduksiya va produksiyaga yo‘naltirilgan topshiriqlardan foydalanish “Chet til o‘qitishning integrallashgan kursi” darsligiga kiritildi (O‘zbekiston Milliy pedagogika universitetining 2025 yil 11 oktyabrdagi 22-01-785/22-sonli dalolatnomasi). Joriy etish natijasida talabalar integrallashgan kurs va uni tashkil etish texnologiyalari haqidagi bilimlarini kengaytirdilar, shuningdek taqdimotlarni ishlab chiqish va namoyish etish jarayonida bilimlarni sxemalar va klasterlar ko‘rinishida kodlash va dekodlash strategiyalaridan muvaffaqiyatli foydalana oldilar;
chet tillari mashg‘ulotlarida lingvokulturologik konseptlarni hisobga olgan holda ta’lim mazmunini tashkil etish, o‘qitishning metodik tamoyillari hamda til va nutq materialini o‘rgatish texnologiyasiga doir yo‘riqnomalar “Modern methods of teaching foreign language” darsligida qo‘llanildi (O‘zbekiston Milliy pedagogika universitetining 2025 yil 11 oktyabrdagi 22-01-785/22-sonli dalolatnomasi). Natijada talabalar turli zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida chet tilini o‘qitish mashg‘ulotlarini tashkil etish bo‘yicha metodik kompetensiyani egalladilar hamda ushbu bilimlarni maktabdagi pedagogik amaliyot jarayonida qo‘llash imkoniyatiga ega bo‘ldilar.