Prenova Gulsara Barlikbaevna
Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Talabalarda gapirish ko‘nikmasini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish” 13.00.02 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili), (Pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Ped9362
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Axmedova Nodira muxtorjonovna. Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, DSc.01/2025.27.12.Ped.03.04.
Rasmiy opponentlar: Isakulova Nilufar Janikulovna pedagogika fanlari doktori(DSc), professor. Abdullaeva Kamola Abdurashidovna pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz tilini o‘qitish jarayonida talabalarda gapirish ko‘nikmasini rivojlantirishga yo‘naltirilgan metodikani takomillashtirish, bunda kommunikativ yondashuv asosida nutqiy faollikni oshirish, talabalarning semantik va pragmatik kompetensiyalarini integrativ rivojlantirish hamda o‘quv jarayonida samarali nutqiy o‘zaro ta’sirni ta’minlaydigan didaktik shart-sharoitlarni ilmiy asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ingliz tilida talabalarda gapirish ko‘nikmasini rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari kommunikativ rag‘batlantirish va nutqiy signallarni faollashtirishning uyg‘unlashuvi, semantik faollik va nutqiy kodlash jarayonlarining integratsiyasi, talabaning nutqiy pozisiyasini shakllantirish hamda muloqotda mazmuniy aniqlikni ta’minlashga qaratilgan diskursiv impulslarni maqsadli kommunikativ funksiyalarga bog‘lash mexanizmlari asoslangan;
ingliz tilida talabalarda gapirish ko‘nikmasini rivojlantirish modeli muloqot ssenariylarining kognitiv asosda tashkil etilishi, ichki rag‘batlantirishning barqaror faollashuvi, nutqiy pozisiyaning izchil namoyon bo‘lishi va kommunikativ vaziyatlarda ongli ishtirokni ta’minlashga qaratilgan metakognitiv-ssenariyli boshqaruv konsepsiyasi asosida takomillashtirilgan;
ingliz tilida talabalarda gapirish ko‘nikmasini rivojlantirish metodikasi refleksiv anglanish va metakognitiv faollikka tayangan holda nutqiy faoliyatda semantik faollikni chuqurlashtirish, ichki nutqdan og‘zaki nutqqa o‘tish jarayonini ongli boshqarish, konseptual ma’noni oldindan modellashtirish hamda nutqiy kodlashni faollashtirishga qaratilgan kognitiv-ma’noviy konstruktirlash yondashuvi Concept Framing texnikasi orqali amalga oshirilgan;
ingliz tilida talabalarda gapirish ko‘nikmasini rivojlantirish samaradorligi hissiy moslashuv va ichki rag‘batlantirishning kuchayishi, muloqot jarayonida nutqiy ishonchlilik va faollikning oshishi, og‘zaki nutqda mazmuniy aniqlik va kommunikativ barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan motivasion-nutqiy mustahkamlash yondashuvi asosida oshirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: talabalarga ingliz tilida gapirish ko‘nikmasini rivojlantirishga doir tadqiqot natijalari asosida:
ingliz tilida talabalarda gapirish ko‘nikmasini rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari kommunikativ rag‘batlantirish va nutqiy signallarni faollashtirishning uyg‘unlashuvi, semantik faollik va nutqiy kodlash jarayonlarining integratsiyasi, talabaning nutqiy pozisiyasini shakllantirish hamda muloqotda mazmuniy aniqlikni ta’minlashga qaratilgan diskursiv impulslarni maqsadli kommunikativ funksiyalarga bog‘lanishiga oid takliflardan “English teaching methodology” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025-yil 11-oktyabrdagi 22-01-786/22-sonli qarori). Natijada, talabalarning ingliz tilida gapirish ko‘nikmasini rivojlantirishda innovatsion didaktik imkoniyatlar mazmun-mohiuatini aniqlashga erishilgan;
ingliz tilida talabalarda gapirish ko‘nikmasini rivojlantirish modeli muloqot ssenariylarining kognitiv asosda tashkil etilishi, ichki rag‘batlantirishning barqaror faollashuvi, nutqiy pozisiyaning izchil namoyon bo‘lishi va kommunikativ vaziyatlarda ongli ishtirokni ta’minlashga qaratilgan metakognitiv-ssenariyli boshqaruv konsepsiyasi asosida takomillashtirishga doir tavsiyalar “English teaching methodology” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025-yil 11-oktyabrdagi 22-01-786/22-sonli qarori). Natijada, talabalarda ingliz tilida gapirish ko‘nikmasini rivojlantirishga doir uondashuvlar va tamouillar rivojlantirish imkoni oshgan;
ingliz tilida talabalarda gapirish ko‘nikmasini rivojlantirish metodikasi refleksiv anglanish va metakognitiv faollikka tayangan holda nutqiy faoliyatda semantik faollikni chuqurlashtirish, ichki nutqdan og‘zaki nutqqa o‘tish jarayonini ongli boshqarish, konseptual ma’noni oldindan modellashtirish hamda nutqiy kodlashni faollashtirishga qaratilgan kognitiv-ma’noviy konstruktirlash yondashuvi Concept Framing texnikasi orqali takomillashtirishga oid takliflar “English teaching methodology” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025-yil 11-oktyabrdagi 22-01-786/22-sonli qarori). Natijada, talabalarda ingliz tilida gapirish ko‘nikmasini rivojlantirish metodikasi takomillashtirilgan;
ingliz tilida talabalarda gapirish ko‘nikmasini rivojlantirish samaradorligi hissiy moslashuv va ichki rag‘batlantirishning kuchayishi, muloqot jarayonida nutqiy ishonchlilik va faollikning oshishi, og‘zaki nutqda mazmuniy aniqlik va kommunikativ barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan motivasion-nutqiy mustahkamlash yondashuvi asosida takomillashtirishga doir ma’lumotlar “English teaching methodology” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025-yil 11-oktyabrdagi 22-01-786/22-sonli qarori). Natijada, talabalarning gapirish ko‘nikmasini rivojlantirish metodikasining baholash mezonlari va innovatsion texnologiua vositalarini takomillashtirish imkoni amalga oshirilgan.