Toshpulatov Temur Muminjonovich
Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Ingliz tili mashg‘ulotlarida talabalarning grammatik kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish” 13.00.02 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili), (Pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/9455
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Abduazimov Aziz Abdusabirovich. Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, DSc.01/2025.27.12.Ped.03.04. 
Rasmiy opponentlar: Misirov Sohibjon Abdupattaevich pedagogika fanlari doktori(DSc), professor. Xodjaxanov Muzaffar Muxtarovich filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz tili mashg‘ulotlarida talabalarning grammatik kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
    talabalarning grammatik kompetensiyasini rivojlantirishning didaktik asoslari kognitiv faoliyat xususiyatlarini nutqiy vaziyatlarga integratsiyalash,  interfaol-innovatsiyaning grammatik birliklariga asoslangan muloqot jarayonlarini pedagogik refleksiyaga bog‘liq analitik  taxlil asosida aniqlashtirilgan;
    talabalarning grammatik kompetensiyasini rivojlantirish modeli kontekstual muloqotda morfologik, sintaktik va semantik komponentlarning o‘zaro aloqadorligini ta’minlovchi metodik tizimga matn, vizual raqamli platforma vositalarini kiritish asosida takomillashtirilgan;
    grammatik kompetensiyani rivojlantirish metodikasi interaktiv, kollaborativ va reflektiv texnologiyalarga qoidalarni ongli qo‘llash, tahlil qilish va ijodiy nutqqa tatbiq etish ko‘nikmalarini singdirish va vizuallikni oshiruvchi multimodal resurslar orqali o‘rganish asosida takomillashtirilgan;
    talabalarning grammatik kompetensiyasini rivojlantirish samaradorligi nutq ravonligi va pragmatik ifodaviylik ko‘rsatkichlarning  rivojlanishi talabalarning o‘zlashtirish darajasining o‘sishiga olib kelganligi tufayli  sinkveyn, klaster, loyihalash va Jigsaw kooperativ o‘qitish metodlarini qo‘llash asosida oshirilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Talabalarning grammatik  kompetensiyalarini rivojlantirish bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalari:
talabalarning grammatik kompetensiyasini rivojlantirishning didaktik asoslari kognitiv faoliyat xususiyatlarini nutqiy vaziyatlarga integratsiyalash,  interfaol-innovatsiyaning grammatik birliklariga asoslangan muloqot jarayonlarini pedagogik refleksiyaga bog‘liq analitik  taxlil asosida aniqlashtiririshga doir tavsiyalar “O‘qish va yozuv” darslik mazmuniga singdirilgan. (O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025 yil 11-oktyabrdagi 22-01-783/22-sonli ma’lumotnoma). Natijada til o‘rganish istagida bo‘lgan talabalarning ingliz tili mashg‘ulotlarida grammatik savodxonligini o‘sishiga xizmat qilgan; 
talabalarning grammatik kompetensiyasini rivojlantirish modeli kontekstual muloqotda morfologik, sintaktik va semantik komponentlarning o‘zaro aloqadorligini ta’minlovchi metodik tizimga matn, vizual raqamli platforma vositalarini kiritish asosida takomillashtirishga oid takliflar asosida “O‘qish va yozuv” darslik mazmuniga singdirilgan. (O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025 yil 11-oktyabrdagi 22-01-783/22-sonli ma’lumotnoma). Natijada, talabalarning grammatik kompetensiyalarini rivojlantirishga va nutqiy muloqotga kirishish imkoniyatini oshirishga xizmat qilgan; 
grammatik kompetensiyani rivojlantirish metodikasi interaktiv, kollaborativ va reflektiv texnologiyalarga qoidalarni ongli qo‘llash, tahlil qilish va ijodiy nutqqa tatbiq etish ko‘nikmalarini singdirish va vizuallikni oshiruvchi multimodal resurslar orqali o‘rganish asosida takomillashtirishga doir tavsiyalar “O‘qish va yozuv” darsligi mazmuniga singdirilgan. (O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025 yil 11-oktyabrdagi 22-01-783/22-sonli ma’lumotnoma).  Natijada, talabalarning ingliz tili mashg‘ulotlarida grammatikani o‘rganish orqali nutq ko‘nikmalari rivojlanishiga xizmat qilgan;  
talabalarning grammatik kompetensiyasini rivojlantirish samaradorligi nutq ravonligi va pragmatik ifodaviylik ko‘rsatkichlarning  rivojlanishi talabalarning o‘zlashtirish darajasining o‘sishiga olib kelganligi tufayli  sinkveyn, klaster, loyihalash va Jigsaw kooperativ o‘qitish metodlarini qo‘llash asosida aniqlashtirishga doir tavsiyalar asosida “O‘qish va yozuv” nomli darsliksi ishlab chiqilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025 yil 11-oktyabrdagi 22-01-783/22-sonli ma’lumotnoma).  Natijada, talabalarning qiziqishlari va ijtimoiy-kommunikativ, o‘quv faoliyati hamda o‘z-o‘zini rivojlantirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish