Kurbanazarova Nargis Shodievnaning fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): O‘zbek tilida etnonimlar etimologiyasining lingvomadaniy asoslari (qo‘ng‘irot urug‘i misolida), 10.00.01 – O‘zbek tili. 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.DSc/Fil402.
Ilmiy maslahatchi: Umurqulov Bekpo‘lat, filologiya fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK raqami: Qarshi davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.Fil.11.05. 
Rasmiy opponentlar: filologiya fanlari doktori, professor Yo‘ldosheva Nilufar Ergashevna, filologiya fanlari doktori, professor Karimov Suyun Amirovich, filologiya fanlari doktori, professor Qilichev Bayramali Ergashevich.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek tilidagi etnonimlar etimologiyasini (qo‘ng‘irot urug‘i etnonimlari asosida) etnolingvistik, lingvomadaniy tahlillar orqali aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek tilida etnonimlar etimologiyasini aniqlashning bir qancha usullariga qo‘shimchalar kiritilgan, takomillashtirilgan va etnonimlarni, xususan, qo‘ngirot urug‘iga oid etnonimlar etimologiyasini ham tarixiy-lingvistik ma’lumotlarni tahlil qilish, tarixiy manbalarga asoslangan ilmiy va xalqona qarashlar bilan bog‘liq xalq etimologiyasini qiyoslash, qiyosiy yondashuv, kognitiv tahlil, tarixiy manbalarda keltirilgan ma’lumotlarni tahlil qilish, qiyoslash, davr va ichki jihatlarni hisobga olish, kross-madaniy yoki madaniyatlararo tadqiqotlar kabi 7 ta tamoyil asosida o‘rganish mumkinligi asoslangan;
qo‘ng‘irot urug‘iga oid etnonimlarining hosil bo‘lishida dialektal birliklarning o‘rni va ahamiyati muhim ekanligi aniqlanib, kirbaloq, qo‘ldovli, jelkillak, hakkari (Odil hakkari) ovlachagir//avlachagir//ovlachayir kabi etnonimlar dialektizmlarga asoslanganligi dalillangan;
etnonimlar etimologiyasi talqinidagi semantik tafovut, ikkiyoqlamalikni vujudga keltiriuvchi jihatlarni aniqlashda fonetik-fonologik xususiyatlar ham muhimligi oyuvli – vo‘yuvli – uyuvli – uyikli, ko‘chaxo‘r – go‘jaxo‘r, qorabo‘yin – qoramo‘yin kabi etnonimlar tahlili bilan asoslangan;
qo‘ng‘irot urug‘i etnonimlari etimonining madaniy semantikasi ilmiy va xalq etimologiyasi misolida komponent o‘rganilib, natijada mazkur etnonimning madaniy – ramziy belgilarni anglatish imkoniyati somatik kod: qo‘ldovli, qizilbosh, qora qosh, oltinbosh (Norbeka), damqorin, barmoq; predmetli kod: gilambof, kalbus – kalpush, oqpichoq; ma’naviy kod: xo‘ja, bekovul, so‘pibachcha, xajibachcha; biomorf kod: Jilontamg‘ali, kasartkixo‘r, qiyg‘ochli (zoomorf); antropomorf: Tolibboy, Xoliboy kabilar asosida dalillangan; 
saxiylik va baxillik, va’daga vafo, yorga sadoqat kabi insoniy xususiyatlarning qo‘ng‘irotlarga xos stereotipik xarakterlarda ham namoyon bo‘lishi aniqlangan va bu etnosning uzoq yillik an’analari bilan bog‘liq lingvomadaniy birliklar (maqollar va matallar)da ham aks etishi dalillangan.  
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.  O‘zbek tilida etnonimlar etimologiyasini (qo‘ng‘irot urug‘i etnonimlari misolida) o‘rganish bo‘yicha olingan natijalar asosida: 
Etnonimlar etimologiyasini lingvomadaniy jihatdan tadqiq qilish natijalari asosida:
turkiy tillar qo‘ng‘irot urug‘i etnonimlariga oid tahlil materiallari hamda etnonimlar misolidagi turkiy tillar grammatik xususiyatlariga doir xulosalardan   AM-F3-201908172 raqamli “O‘zbek tilining ta’limiy korpusini yaratish” mavzusidagi loyihada (2020-2023) foydalanilgan. (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 24-iyundagi     01/4-2683-sonli ma’lumotnomasi). Natijada turkiy tillar grammatik qonuniyatlarini o‘rgatish bo‘yicha tadqiqot ishi qo‘shimcha manba vazifasini o‘tagan;
qo‘ng‘irot urug‘i antroponimlari tahlil qilingan qismlardan, shuningdek, ismlarning yasalishi doirasida etnonimlarning hosil bo‘lish xususiyatlariga oid ilmiy-nazariy xulosalaridan IL-21091506 – “O‘zbek ismlarining izohli imlo lug‘ati va mobil ilovasini yaratish” innovatsion grant loyihasida (2022-2023) foydalanilgan. (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 24-iyundagi 01/4-2684-sonli ma’lumotnomasi). Natijada lingvodidaktik elektron platforma yaratishda lingvistik vositalar qamrovi kengaytirilgan;
tarixiy manbalarda keltirilgan o‘zbek xalqining shakllanishi va tarkibidagi  urug‘-jamoa birlashmalari haqidagi ma’lumotlarga oid mulohazalardan OT-F1-030 raqamli “O‘zbek adabiyoti tarixi” ko‘p jildli monografiyani (7 jild) chop etish mavzusidagi fundamental tadqiqot loyihasida (2017-2020) foydalanilgan. (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 3-yuldagi 01/4-2934-sonli ma’lumotnomasi). Natijada loyiha materiallarining tarixiy ma’lumotlar banki oshgan hamda mazmunan boyigan;
o‘zbek xalqining shakllanishi murakkab etnik jarayon bo‘lib, tarkibida ko‘plab jamoaviy birlashmalar: urug‘, qabila, etnik guruh kabilarning ta’siri mavjudligi, xususan, bu borada qo‘ng‘irot urug‘ining o‘rni muhim ekanligi haqidagi xulosasidan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanali           adabiy-badiiy, ma’naviy-ma’rifiy dasturlarining ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2025-yil 25-iyuldagi 01-33/562-sonli ma’lumotnomasi). Natijada “Qadriyatlar beshigi” teleko‘rsatuvi uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni mukammallashgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish