Axmedova Anoraxon Shavkat qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Muzokaralar muvaffaqiyatini belgilovchi ijtimoiy-psixologik omillar” mavzusidagi 19.00.05 – “Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya” (Psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/P1070
Ilmiy rahbar: Muxamedova Dilbar Gafurdjanovna, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, PhD.03/2025.27.12.R.01.18.
Rasmiy opponentlar: Narzikulova F.B. psixologiya fanlari doktori (DSc), professor; Nigmatullina L.A. psixologiya fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent;
Yetakchi tashkilot: Buxoro Davlat Universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga moyilik.
II. Tadqiqotning maqsadi muzokaralar muvaffaqiyatiga ta’sir etuvchi ijtimoiy-psixologik omillarni aniqlash va ularning o‘zaro bog‘liqligini tahlil qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
muzokara jarayonida ishtirok etuvchi shaxslarning jinsi, yoshi va kasbiy rivojlanish bosqichiga qarab ijtimoiy-psixologik omillar ifodasida farqlar mavjudligi aniqlangan;
amaliy muzokara tajribasiga ega mutaxassislarning ekspert baholari asosida muzokara muvaffaqiyatini belgilovchi asosiy ijtimoiy-psixologik omillar aniqlangan;
emotsional intellekt, hayotga bardoshlilik, bog‘liqlik hissi va muzokara uslublari o‘rtasida statistik jihatdan ahamiyatli korrelyasion bog‘liqliklar aniqlangan;
hayotga bardoshlilik va emotsional intellektni rivojlantirishga qaratilgan trening dasturining samaradorligi eksperimental tarzda isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Psixologiya o‘quv-ilmiy markazi 23.08.2025 PM-431 – sonli ma’lumotnomasiga asosan O‘zbekiston Milliy Universitetining tadqiqotchisi Axmedova Anoraxon Shavkat qizining “Muzokaralar muvaffaqiyatini belgilovchi ijtimoiy-psixologik omillar” mavzusidagi 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya ixtisosligidan falsafa doktori PhD ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiya ishi natijalarini joriy etilishi;
Muzokara jarayonida ishtirok etuvchi shaxslarning jinsi, yoshi va kasbiy rivojlanish bosqichiga qarab ijtimoiy-psixologik omillar ifodasida farqlar mavjudligi empirik jihatdan aniqlanib, ushbu omillarning muzokara samaradorligiga ta’sir mexanizmlari asoslangan ilmiy ma’lumotlar “Ijtimoiy psixologiyasi” moduliga kiritildi (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 23-avgustdagi PM–431-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, muzokara jarayonini tashkil etishda individual va kasbiy xususiyatlarni hisobga olish zarurligi ilmiy asoslandi.
Muzokara tajribasiga ega mutaxassislarning ekspert baholari asosida muzokaralar muvaffaqiyatini belgilovchi asosiy ijtimoiy-psixologik omillarning o‘zaro ta’sir mexanizmi dalillanib, ilmiy ma’lumotlar “Ijtimoiy psixologiyasi” moduliga kiritildi (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 23-avgustdagi PM–431-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, muzokara jarayonida psixologik tayyorgarlik va tajribaning hal qiluvchi ahamiyatga egaligi isbotlandi.
Emotsional intellekt va hayotga bardoshlilikning muzokara uslublari bilan o‘zaro bog‘liqligi aniqlanib, bu jarayonda emotsiyalarni boshqarish, stressga chidamlilik va konstruktiv muloqot strategiyalari muhim psixologik omillar sifatida asoslangan ilmiy ma’lumotlar “Ijtimoiy psixologiyasi” moduliga kiritildi (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 23-avgustdagi PM–431-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, emotsional intellekt muzokaralar samaradorligini oshiruvchi yetakchi omillardan biri ekanligi isbotlandi.
Hayotga bardoshlilik va emotsional intellektni rivojlantirishga qaratilgan trening dasturining samaradorligi eksperimental tarzda aniqlanib, trening jarayonida muzokaralarda moslashuvchanlik, murosaga kelish va ijtimoiy aloqalarni mustahkamlash darajasi sezilarli oshgani dalillandi. Natijada, psixologik treninglar muzokara jarayonini takomillashtirishning samarali mexanizmi ekanligi ilmiy jihatdan asoslangan ilmiy ma’lumotlar “Ijtimoiy psixologiyasi” moduliga kiritildi (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 23-avgustdagi PM–431-sonli ma’lumotnomasi).