Rasulov Erkin Madraimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Pedagogik oliy  ta’lim talabalari kognitiv va metakognitiv faoliyatini rivojlantirishning innovatsion texnologiyalari (Pedagogika nazariyasi va tarixi fani misolida)”  13.00.02 -Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2024.2.PhD/Ped7888
Ilmiy rahbar: Xushnazarova Ma’mura Nodirovna pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qo‘qon davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Qo‘qon davlat universiteti PhD.03./2025.27.12.Ped.34.01 
Rasmiy opponentlar: 
O‘rinova Nilufar Muxammadovna, pedagogika fanlari nomzodi, professor.
Xolmatova Ziroat Anvarovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: Pedagogik oliy ta’lim talabalari kognitiv va metakognitiv faoliyatini rivojlantirishning innovatsion texnologiyalariga oid taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilar bilan belgilanadi:  
pedagogik oliy ta’lim talabalarining kognitiv va metakognitiv faoliyatini rivojlantirish strukturasi ta’lim muhitidagi kognitiv jarayonlarga (idrok, diqqat, xotira, tafakkur) metakognitiv komponentlarni (rejalashtirish, monitoring, baholash va refleksiya) ta’lim oluvchilarning mustaqil va ongli o‘quv faoliyatini ta’minlovchi ko‘p modulli o‘qitish tizimi bilan praksiologik darajadagi uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilgan;
oliy ta’lim talabalarining kognitiv va metakognitiv faoliyatini rivojlantirishning didaktik ta’minoti o‘quv maqsadlari mazmunini metakognitiv strategiyalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan metodik materiallariga ta’lim oluvchilarning o‘z-o‘zini nazorat va baholash shakllarini integratsiyalash asosida takomillashtirilgan;
talabalarning kognitiv va metakognitiv faoliyatini rivojlantirish texnologiyasi interaktiv raqamli o‘qitish vositalariga muammoli va refleksiv ta’lim usullari hamda metakognitiv strategiyalarini (rejalashtirish, monitoring, baholash) kognitiv dissonansni kamaytiruvchi “Qadriyatlar laboratoriyasi” va “Reflektiv Spiral” metodlari bilan bosqichma-bosqich integratsiyalash orqali takomillashtirilgan;
talabalarning kognitiv va metakognitiv faoliyatini rivojlantirishning pedagogik modeli maqsadli, mazmunli, jarayonli va natijaviy bloklari mazmuniga modullashtirish, adaptivlashtirish va jamoaviy dinamik baholash mexanizmini o‘zlashtirish monitoringi talablari asosida rekursiv sifatidagi o‘zaro shartlanganlik orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Pedagogik oliy ta’lim talabalari kognitiv va metakognitiv faoliyatini rivojlantirishning innovatsion texnologiyalari tadqiqiga doir ilmiy natijalar quyidagi ishlarda o‘z aksini topgan:
pedagogik oliy ta’lim talabalarining kognitiv va metakognitiv faoliyatini rivojlantirish strukturasi ta’lim muhitidagi kognitiv jarayonlarga (idrok, diqqat, xotira, tafakkur) metakognitiv komponentlarni (rejalashtirish, monitoring, baholash va refleksiya) ta’lim oluvchilarning mustaqil va ongli o‘quv faoliyatini ta’minlovchi ko‘p modulli o‘qitish tizimi bilan praksiologik darajadagi uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilganligiga oid ilmiy yangiligidan oliy ta’lim talabalari uchun ishlab chiqilgan “Pedagogika nazariyasi va tarixi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 1-avgustdagi 277-sonli buyrug‘iga asosan berilgan 277-316 raqamli ruxsatnoma). Natijada, pedagogik oliy ta’lim muassasalari talabalarining kognitiv va metakognitiv faoliyatini rivojlantirish texnologiyasining mazmuni, mohiyati va pedagogik samaradorligini oshirishga xizmat qilgan.
oliy ta’lim talabalarining kognitiv va metakognitiv faoliyatini rivojlantirishning didaktik ta’minoti o‘quv maqsadlari mazmunini metakognitiv strategiyalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan metodik materiallariga ta’lim oluvchilarning o‘z-o‘zini nazorat va baholash shakllarini integratsiyalash asosida takomillashtirishga oid yangiliklaridan “60110100 – Pedagogika” ta’lim yo‘nalishining malaka talablarini ishlab chiqishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlar markazining 2025-yil 24-martdagi 02/01-01-103-son ma’lumotnoma). Natijada, pedagogik oliy ta’lim talabalarining kognitiv va metakognitiv faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan didaktik ta’minotning amaliy qo‘llanish mexanizmlari takomillashtirishga xizmat qildi.
talabalarning kognitiv va metakognitiv faoliyatini rivojlantirish texnologiyasi interaktiv raqamli o‘qitish vositalariga muammoli va refleksiv ta’lim usullari hamda metakognitiv strategiyalarini (rejalashtirish, monitoring, baholash) kognitiv dissonansni kamaytiruvchi “Qadriyatlar laboratoriyasi” va “Reflektiv Spiral” metodlari bilan bosqichma-bosqich integratsiyalash orqali takomillashtirishga oid ilmiy yangiligidan “Pedagogika nazariyasi va tarixi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 1-avgustdagi 277-sonli buyrug‘iga asosan berilgan 277-316 raqamli ruxsatnoma). Natijada, talabalarining kognitiv va metakognitiv faoliyatini rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari va amaliy mexanizmlarini takomillashtirishga erishilgan.
talabalarning kognitiv va metakognitiv faoliyatini rivojlantirishning pedagogik modeli maqsadli, mazmunli, jarayonli va natijaviy bloklari mazmuniga modullashtirish, adaptivlashtirish va jamoaviy dinamik baholash mexanizmini o‘zlashtirish monitoringi talablari asosida rekursiv sifatidagi o‘zaro shartlanganlik orqali takomillashtirishga oid ilmiy yangiliklardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston-24” DM muharririyati tomonidan tayyorlangan “Ta’lim va taraqqiyot”, “O‘zbekiston yoshlari”, “Bolalar va biz” eshittirishlarining 2024-2025-yillardagi ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan. (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston-24” davlat muassasasining 2025-yil 19- noyabrdagi 05-09-1852-son ma’lumotnoma). Natijada, ishlab chiqilgan pedagogik g‘oyalarni keng auditoriyaga samarali etkazish imkoniyati kengaydi. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish