Boltabaeva Ma’rifatxon Baxromjon qizining
Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Graxam Grin asarlarida axloqiy kategoriyalar tabiati va mohiyatining aks ettirilishi” 10.00.04 – “Evropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti” ixtisosligidan.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Fil4367
Ilmiy rahbar: Dadaboev Olimjon Ortiqovich filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.  
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Ishoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti, PhD.03/05.05.2023.Fil.163.01 raqamli Ilmiy kengash.
        Rasmiy opponentlar: Xoshimova Dildora Madaminovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Yakubov Muzaffar Komiljonovich filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat chet tillar instituti.            
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Graxam Grinning romanlarida axloqiy kategoriyalar tabiati va mohiyati badiiy talqininining poetik xususiyatlari tadqiqi tashkil etadi.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: 
Yozuvchi nasriy asarlari tematikasining shakllanishida, barcha asarlarining syujet liniyasiga adibning hayotiy tajribalari kuchli ta’sir etgani, inson “men”ining shakllanishidagi botiniy va zohiriy xarakterlar o‘rtasidagi kurash natijasida, ruhiy kechinmalarda ro‘y beruvchi inson xarakteridagi ijobiy dinamika, o‘zlikni, insoniylikni topish g‘oyalari ochib berilgan;
Grin jiddiy romanlari, ko‘ngilochar asarlari, chuqur falsafiy va axloqiy-estetik mazmuni, keng mavzularni o‘zida mujassam etgan, klassik va zamonaviy nasr asarlarini ma’nolarini, g‘oyaviy-badiiy xususiyatlarini adabiy tahlil etish natijasida ma’lum bir estetik an’analarga tegishliligi, hamda jamiyatining tafakkuri va madaniyati, taraqqiyotinining aniq tarixiy davri bilan uyg‘unligi sinkretik holda yaratilgani dalillangan;
Yozuvchi ijodida romantizm, realizm, ekzistensializm oqimi an’analarining ta’siri, unsurlarining mavjud ekanligi, ingliz adabiyotida modernizm adabiy oqimiga umumiy qiziqish so‘nib borishi, uzilishga tayyor bo‘lgan ingliz adabiy an’anasining bog‘lovchi bo‘g‘iniga aylanganligi natijasida, yozuvchi ijodiga mansub bo‘lgan realistik an’analarni g‘oyaviy va poetik jihatdan boyitgani aniqlangan;
G.Grin asarlarining g‘oyaviy-badiiy xususiyatlarini adabiy tahlil etilishi, ularning ma’lum bir estetik an’analarga tegishli ekanligi, ingliz jamiyatining tafakkuri va madaniyati taraqqiyotining aniq tarixiy davr bilan uyg‘unligi, qahramonlarni axloqiy mezonlarga ko‘ra baholanishi, syujet dinamikasi va personajlarning harakatlarini tahlili, axloqiy mohiyatiga ko‘ra aniq va qat’iy xulosaga kelish mushkulligi natijada bosh qahramonlarni an’anaviy axloqiy kategoriyalar – “yaxshi” yoki “yomon”, “to‘g‘ri” yoki “noto‘g‘ri” toifalariga  kiritish imkonsiz ekani isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Graxam Grin asarlarining poetik xususiyatlarini o‘rganish jarayonida olingan ilmiy natijalar asosida:
– Yozuvchi nasriy asarlari tematikasining shakllanishida, barcha asarlarining syujet liniyasiga adibning hayotiy tajribalari kuchli ta’sir etgani, inson “men”ining shakllanishidagi botiniy va zohiriy xarakterlar o‘rtasidagi kurash, ruhiy kechinmalarda ro‘y beruvchi inson xarakteridagi ijobiy dinamika, o‘zlikni, insoniylikni topish g‘oyalari. Grin jiddiy romanlari, ko‘ngilochar asarlari, chuqur falsafiy va axloqiy-estetik mazmuni, keng mavzularni o‘zida mujassam etgan, klassik va zamonaviy nasr asarlarini ma’nolarini, g‘oyaviy-badiiy xususiyatlarini adabiy tahlil etish, ma’lum bir estetik an’analarga tegishliligi, hamda jamiyatining tafakkuri va madaniyati, taraqqiyotinining aniq tarixiy davri bilan uyg‘unligi sinkretik holda yaratilgani kabi taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston 24” telekanalida (O‘zMTRK “O‘zbekiston 24” ijodiy birlashmasi DMning 2025-yil 7-fevraldagi 05-09-146-son dalolatnomasi). 2025-yil yanvar va fevral oylaridagi “Adabiy jarayon”, “Bedorlik”,“Ta’lim va taraqqiyot” ko‘rsatuvining navbatdagi sonining ssenariysini tayyorlashda va xalqimizga G.Grin asarlarida ahloqiy kategoriyalar tabiati va mohiyatini ilmiy jihatdan asoslab berishda foydalanilgan. Natijada xalqimizga Graxam Grin romanlari poetikasi, uning qahramonlar obrazlarini yaratishdagi o‘ziga xos mahorati, asarlarining chuqur falsafiy va ahloqiy-estetik mazmun-mohiyati to‘g‘risida ilmiy ma’lumotlar berilishiga xizmat qilgan;
Yozuvchi ijodida romantizm, realizm, ekzistensializm oqimi an’analarining ta’siri, unsurlarining mavjud ekanligi, ingliz adabiyotida modernizm adabiy oqimiga umumiy qiziqish so‘nib borishi, uzilishga tayyor bo‘lgan ingliz adabiy an’anasining bog‘lovchi bo‘g‘iniga aylanganligi, yozuvchi ijodiga mansub bo‘lgan realistik an’analarni g‘oyaviy va poetik jihatdan boyitgani aniqlangan, G.Grin asarlarining g‘oyaviy-badiiy xususiyatlarini adabiy tahlil etilishi, ularning ma’lum bir estetik an’analarga tegishli ekanligi, ingliz jamiyatining tafakkuri va madaniyati taraqqiyotining aniq tarixiy davr bilan uyg‘unligi kabi taklif va tavsiyalardan 2017-2020-yillarda bajarilgan OT-F1-36 raqamli “Talabalar ma’naviyatini diagnostika qilish mexanizmlarini takomillashtirish” nomli fundamental loyihada foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 20-maydagi 01/4-2054-sonli ma’lumotnomasi). Natijada badiiy asarlar qahramonlari xarakterlaridagi ma’naviy dunyoqarashning rivojlanishi dolzarb masala ekanligini respublikamiz aholisi orasida targ‘ib qilishga, bugungi kun talaba yoshlarining ma’naviy dunyoqarashini, ularning axloqiy kategoriyalaridagi dinamika, muayyan obrazlarning zohiriy va botiniy xarakterlari o‘rtasidagi kurash natijasida o‘zligini anglash protsessining namoyon bo‘lishiga xizmat qilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish