Xudoyorov Azamat Abdiraimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Mahalliy xom ashyo va materiallar asosidagi yuqori ekspluatatsion xossalarga ega bo‘lgan kompleks modifikatsiyalangan mayda donador bazaltofibrobeton”, 05.09.05 – “Qurilish materiallari va buyumlari” (texnika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/T5493
Ilmiy rahbar: Maxamataliev Irkin Muminovich – texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi DSc.10/2025.27.12.T.01.01 raqamli Ilmiy kengash. 
Rasmiy opponentlar: Hasanov Baxridin Baratovich, texnika fanlari doktori, professor; Turgunbaeva Jumagul Raximberdievna, texnika fanlari falsafa doktori PHD, dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Qoraqalpoq davlat  universiteti 
Dissertatsiya yo‘nalishi. Texnika yo‘nalishi. Nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Oddiy markali SEM I 32,5N (M400) portlandsementi asosidagi bazaltli fibratola bilan dispers armaturalangan ekspluatatsion xossalarining ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan seysmochidamli  kompleks modifikatsiyalangan mayda donador bazaltofibrobetonning tarkibi va texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
ilk bor siqilishga va egilishga mustaxkamligi xamda muzlashga chidamliligi ko‘rsatkichlarining yuqoriligi bilan ajralib turuvchi bazaltli fibrotola bilan dispers armaturalangan modifikatsiyalangan mayda donador fibrobetonning tarkibi va texnologiyasi isbotlangan (Beton qorishmasi, ixtiro patenti (IAP 07528);
sementli bog‘lovchining gidratatsiyasi jarayonida xosil bo‘luvchi gidratli ohakning bazaltli fibrotola mustaxkamligiga salbiy ta’sirini bartaraf qilish uchun tarkibga kimyoviy faolligi yuqoriroq bo‘lgan mikroto‘ldirgich xisoblangan kul uchqindisini kiritish yo‘li bilan amalga oshirish mumkinligi asoslangan;
mustaxkamligi va ekspluatatsion xossalari ko‘rsatkichlarining eng yuqori qiymatlarga ega bo‘lishini ta’minlovchi bazaltli fibratola bilan dispers armaturalangan kompleks modifikatsiyalangan mayda donador bazaltofibrobetonning tarkibiga kiritiluvchi modifikatsiyalovchi qo‘shimchalarning maqbullashtirilgan miqdorlari: «POLIMIX» superplastifikatori 1%, bazalt tolasi 4% va kul uchqindisi 11% ishlab chiqilgan;
kompleks modifikatsiyalangan mayda donador bazaltofibrobetonning tarkibiga kiritiluvchi fibratolaning kompozitning xajmi bo‘yicha bir tekis taqsimlanishini ta’minlab beruvchi sementli bog‘lovchi va bazaltofibrotolani birgalikda tegirmonda  maydalashni ko‘zda tutuvchi texnologik usuli  ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mahalliy xom ashyo va materiallar asosidagi yuqori ekspluatatsion xossalarga ega bo‘lgan kompleks modifikatsiyalangan mayda donador bazaltofibrobetonning tarkibi va texnologiyasini ishlab chiqish  bo‘yicha bajarilgan  ilmiy tadqiqotlarning natijalari asosida:
Yangi avlod betonidan 1.038.1-1 «Turar-joy va jamoat binolari uchun brusli peremichkalar» seriyasiga muvofiq keluvchi 2PB-30  deraza usti peremichkalarining tajribaviy partiyasi «NO‘KIS TEMIR BETON BUYuMLARI ZAVODI» MChJ korxonasining temirbeton zavodida ishlab chiqarishga joriy qilindi. ("O‘zsanoatqurilishmateriallari" uyushmasining 2025-yil 26 maydagi № 02/15-1720-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, amalda ishlab chiqariluvchi temirbetonli 2PB-30 deraza usti peremichkaning tannarxini 22,5% ga arzonlashtirishga erishildi. Ishlanmani amaliyotga joriy qilish natijasida olingan iqtisodiy samaradorlik 1m3 2PB-30 deraza usti peremichka uchun 889 483 so‘mni tashkil qilgan.
Yuqori ekspluatatsion xossalarga ega bo‘lgan kompleks modifikatsiyalangan mayda donador bazaltofibrobeton asosidagi yangi avlod betonidan 2PB-30  deraza usti peremichkalari «NO‘KIS TEMIR BETON BUYuMLARI ZAVODI» MChJ korxonasining temirbeton zavodida ishlab chiqarishga joriy qilindi. ("O‘zsanoatqurilishmateriallari" uyushmasining 2025-yil 26 maydagi № 02/15-1720-sonli ma’lumotnomasi). Natijada yuqori ekspluatatsion xossalarga ega bo‘lgan kompleks modifikatsiyalangan mayda donador bazaltofibrobeton asosida ishlab chiqarilgan, 850 dona 2PB-30  deraza usti peremichkalaridan olingan iqtisodiy samara 158,4 mln.so‘mni tashkil qilgan.  

Yangiliklarga obuna bo‘lish