Shermaxmatov Akbar Milmaxmat o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ko‘p o‘rali potensialda Bose-Einstein kondensatida o‘rtacha maydondan tashqi effektlar”, 01.04.02 – “Nazariy fizika”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/FM845.
Ilmiy rahbar: Abdullaev Fatxulla Xabibullaevich, fizika matematika fanlari doktori, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi S. A. Azimov nomidagi Fizika-texnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy Universiteti, DSc03/2025.27.12.FM.01.04.M
Rasmiy opponentlar: Djumanov Safarali, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Yavidov Baxram Yangibaevich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Yangi O‘zbekiston Universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Turli tizimlar uchun Bose-Einstein kondensati (BEK) dinamikasiga kvant fluktuatsiyasining ta’sirini o‘rganish. Ikki komponentli BEKlar orasidagi makroskopik kvant tunnel effekti orqali hosil bo‘ladigan Josephson tebranishlari va o‘z-o‘zini qamrash rejimlarini tadqiq qilish. Tadqiqot natijalarini nazariy va sonli usullar yordamida olish hamda ularni taqqoslash;
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: quyidagilardan iborat:
Ikki o‘rali potensialda joylashgan BEKlari orasida makroskopik kvant tunnel effekti natijasida yuzaga keladigan Josephson tebranishlari va o‘z-o‘zini qamrash rejimlari o‘rganildi. Masala kvazi-bir-o‘lchamli va aniq bir-o‘lchamli BEKlari uchun tadqiq qilindi. Ikki rejimli yaqinlashish va variatsion yaqinlashish nazariyalari yordamida kvant fluktuatsiya hadi inobatga olingan dimer tenglamalari olindi.
Kichik tebranishlar uchun Josephson tebranishlari chastotasi uchun va o‘z-o‘zini qamrash rejimi boshlanadigan kiritik qiymatlar uchun analitik ifodalar olindi.
Kvazi-bir-o‘lchovli BEKlarida o‘rtacha maydon va kvant fluktuatsiyalarini ifodalovchi nochiziqli hadlar bir-birini muvozanatlaganda Rabi tebranishlari yuzaga kelishi ko‘rsatildi va kvant fluktuatsiyasi kuchini o‘lchashning yangi metodi taklif qilindi.
Aniq bir-o‘lchovli BEKlari uchun potensial to‘siq balandligi vaqtga bog‘liq o‘zgarganda Josephson tebranishlarida parametrik rezonans yuzaga kelishi mumkinligi ko‘rsatildi.
Ikkita sigara shaklidagi potensiallarda joylashgan bir o‘lchovli kvant tomchilari orasidagi makroskopik tunnel o‘tishlari kvant tomchilari harakatda va tinch turgan holatlari uchun o‘rganildi. Bu kvant tomchilari orasida Andreev-Bashkin effekti mavjud bo‘lishi ko‘rsatildi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ushbu dissertatsiyada olingan natijalar (scholar.google.com sayti ma’lumotlariga ko‘ra) boshqa 17 ta (2025 yil dekabr) ilmiy maqolalarda ishlatilgan va iqtibos keltirilgan. Quyida nufuzli xalqaro jurnallarda chop etilgan bunday nashrlarning bir nechtasini sanab o‘tamiz.
- R. Roy, and O. E. Alon, Assessing small accelerations using a bosonic Josephson junction, Phys. Rev A 111, 043307 (2025) (Impact factor: 2.9 );
K. Li, Y. X. Liu, S. C. Li, Quantum-classical correspondence of chaotic dynamics in a continuously driven system, Phys. Rev. A 110, 052402 (2024);
S. Sultana, and G. A. Sekh, Josephson-type oscillations in spin-orbit coupled Bose-Einstein condensates with nonlinear optical lattices, Phys. Lett. A 488, 129137 (2023) (Impact factor: 2.6);
A. Pandey, and A. Khan, Dynamics of quantum droples in a quasi-one-dimensional framework: an analytical approach, The European Physical Journal D 79, 99 (2025) (Impact factor: 1.5);
F. Bristy, G. A. Bougas, G. C. Katsimiga, and S. I. Mistakidis, Localization and splitting of a quantum droplet with a potential defect, Chaos, Solitons & Fractals 201-3, 117383 (2025) (Impact factor: 5.6).