Pardaev Abror Ismatullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sabzavot urug‘lariga elektrotexnologik ishlov berish qurilmasining parametrlarini asoslash (piyoz urug‘lari misolida)”, 05.05.07 – “Qishloq xo‘jaligida elektr texnologiyalar va elektr uskunalar” ixtisosligi (texnika fanlari bo‘yicha).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.PhD/T4255
Ilmiy rahbar: Denmuxammadiev Aktam Mavlonovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti, DSc.03/30.12.2019.T.10.01
Rasmiy opponentlar: Berdishev Abduraxim Suleymanovich, texnika fanlari doktori, professor; Mamadjanov Baxodir Djuraxanovich, texnika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: me’yorida namlangan piyoz urug‘larini sanoat chastotali o‘zgaruvchan elektr toki bilan bevosita qizdirib ekologik sof elektrotexnologiyani amalga oshiruvchi kichik hajmli qurilmasining parametrlarini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
namlangan piyoz urug‘lariga sanoat chastotali o‘zgaruvchan elektr tokida ishlov berilayotgan urug‘larning dastlabki me’yorlangan namligini hisobga olgan holda energiya va resurs tejamkorlikni ta’minlovchi kichik hajmli elektr qizdirgich qurilmasining modeli ishlab chiqilgan;
ishchi kuchlanish, sektorsimon elektrodning radiusi va ishlov berish vaqti orasidagi optimal bog‘liqliklarni aniqlashda rejali ko‘p faktorli sinov ko‘rsatkichlarining regressiya modeli shakllantirilgan;
qurilmaning geometrik o‘lchamlari va ish rejimlarining piyoz urug‘larini fizik-mexanik xossalari asosida potensiallar va haroratlar farqi diagrammasi shakllantirilib, chegaraviy haroratni elektron nazorat qilish usuli yaratilgan;
sanoat chastotali o‘zgaruvchan elektr tokida ishlov berilgan piyoz urug‘larning unib chiqish energiyasi va unuvchanligini tezkor aniqlashning elektrotexnologik qurilmasi ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sabzavot o‘simliklari urug‘lariga ishlov beruvchi elektr qurilmaning texnik talablarini asoslash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
sabzavot urug‘lariga elektrotexnologik ishlov berish qizdirgich qurilmasiga dastlabki talablar tasdiqlangan hamda qurilma Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanining “Uktamjon Abdig‘ani o‘g‘li” va “Iqbolxonim parrandasi” fermer xo‘jaliklarida joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024-yil 16-oktyabrdagi 05/04-04-521-son ma’lumotnomasi). Natijada, ishlab chiqilgan qurilmani qo‘llash orqali, an’anaviy usulga nisbatan piyoz urug‘larida ildiz hosil bo‘lishini 15÷20 % ga tezlashishi, piyoz urug‘larini zararsizlantirish uchun ishlatiladigan zararli kimyoviy moddalarni to‘liq chiqarib tashlash evaziga xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarni og‘ir allergik kasalliklardan himoyalash, tuproq va atrof-muhitni kimyoviy moddalar bilan ifloslanishdan saqlash imkoniyati yaratilgan;
sabzavot urug‘larining haroratini elektron nazorat qilish uchun ishlab chiqilgan datchik (rusumi - DGU-11167) O‘zbekiston milliy metrologiya tizimidan kalibrlashdan o‘tkazilgan va foydalanishga tavsiya etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024-yil 16-oktyabrdagi 05/04-04-521-son ma’lumotnomasi). Natijada, sanoat chastotali o‘zgaruvchan elektr toki bilan ishlov berilgan namlangan piyoz urug‘larining haroratni elektron nazorat qiluvchi datchik aniqligini yaxshilanishiga erishilgan;
namlangan piyoz urug‘lariga sanoat chastotali o‘zgaruvchan elektr toki bilan ishlov berish qurilmasini ishlab chiqarishni o‘zlashtirish uchun loyiha-konstruktorlik hujjatlari (texnik topshiriq) “BMKB-Agromash” AJ da loyihalash jarayoniga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024-yil 16-oktyabrdagi 05/04-04-521-son ma’lumotnomasi). Natijada, qurilmani materialhajmdorligi kam, sanoat usulida ishlab chiqarish imkoniyati yaratilgan.