Rasulov Xamidjon Yakubovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): 
“Kichik biznesda mijozlar bilan munosabatlarni takomillashtirish strategiyalari”, 08.00.15–“Tadbirkorlik va kichik biznes iqtisodiyoti”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Iqt5262
Ilmiy rahbar: Dexkanov Sherzod Abdumutalibovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qo‘qon universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qo‘qon universiteti, PhD.03/2025.27.12.I.25.01
Rasmiy opponentlar: Umarova Guzal Gayratovna, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc) dotsent;
Ergashov Ilhomjon Ikromovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi kichik biznesda mijozlar bilan munosabatlar strategiyalarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
korxonalarning raqobatbardoshligini kuchaytiruvchi, mijozlar bilan uzlyuksiz va aniq boshqariladigan munosabatlar tizimini shakllantirishda CRM (Customer Relationship Management) tizilmasining asosiy funksiyalari va strategiyalarini korxona–mijoz o‘zaro munosabatlari modeli asosida hududiy klasterlash va bulutli texnologiyalar bilan integratsiya qilish taklif etilgan;
mahalliy kichik korxonalarda xizmat sifati darajasini baholashda SERVQUAL modelining moddiylik, ishonchlilik, javobgarlik, ishonch uyg‘otish va empatiya kabi mezonlari asosida xizmat ko‘rsatish jarayonidagi kutilmalar va amaldagi natijalar o‘rtasidagi farqni aniqlash asoslangan;
kichik korxonalar uchun raqobatbardoshlikni oshirish, xizmatlar bozorida samarali pozisiyalanish, operativ boshqaruvni optimallashtirish va rivojlanish algoritmi asosida mijozlar bilan ishlash tizimi takomillashtirilgan;
mijozlar bilan munosabatlarni samarali boshqarishni ta’minlash maqsadida Eko-CRM va barqaror turizm, dinamik narx belgilash, mijoz sayohatini raqamlashtirish hamda ta’minot zanjiriga integratsiyalash strategiyalarini ekspertlar tomonidan sifat darajasi bo‘yicha baholashga asoslangan mezonlar tizimi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kichik biznes korxonalarida mijozlar bilan  boshqarish strategiyalarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
korxonalarning raqobatbardoshligini kuchaytiruvchi, mijozlar bilan uzlyuksiz va aniq boshqariladigan munosabatlar tizimini shakllantirishda CRM (Relationship Management) tizilmasining asosiy funksiyalari va strategiyalarini korxona–mijoz o‘zaro munosabatlari modeli asosida hududiy klasterlash va bulutli texnologiyalar bilan integratsiya qilish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi huzuridagi Turizmni rivojlantirish ilmiy tadqiqot instituti, Farg‘ona viloyati turizm boshqarmasining tarmoq korxonalari, shuningdek Dilrabotravel MChJ faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi huzuridagi Turizmni rivojlantirish ilmiy tadqiqot institutining 2025-yil 5-dekabrdagi I-467/10 sonli, Farg‘ona viloyati turizm boshqarmasining 2025-yil 7-oktyabrdagi, Dilrabotravel MChJning 2025-yil                          6-oktyabrdagi ma’lumotnomasi). Natijada, mijoz segmentatsiyasi, ma’lumot almashinuvi hamda 
xizmat ko‘rsatish jarayonlarining samaradorligini oshirgan holda tarmoq korxonalari mijozlarining qayta sotib olish borasidagi murojaatlari hajmini o‘rtacha 37 foizga oshirishga erishilgan;
mahalliy kichik korxonalarda xizmat sifati darajasini baholashda SERVQUAL modelining moddiylik, ishonchlilik, javobgarlik, ishonch uyg‘otish va empatiya kabi mezonlari asosida xizmat ko‘rsatish jarayonidagi kutilmalar va amaldagi natijalar o‘rtasidagi farqni aniqlashga doir taklifi O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi huzuridagi Turizmni rivojlantirish ilmiy tadqiqot instituti, Farg‘ona viloyati turizm boshqarmasining tarmoq korxonalari, shuningdek Dilrabo travel MChJ faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi huzuridagi Turizmni rivojlantirish ilmiy tadqiqot institutining 2025-yil 5-dekabrdagi I-467/10 sonli, Farg‘ona viloyati turizm boshqarmasining 2025-yil 7-oktyabrdagi, Dilrabotravel MChJning 2025-yil 6-oktyabrdagi ma’lumotnomasi). Natijada, mahalliy kichik korxonalarda SERVQUAL modelini moddiylik [E=4,6; P=4,3; SQ=-0,3] ishonchlilik [E=4,7; P=4,4; SQ=-0,3] javobgarlik [E=4,5; P=4,2; SQ=-0,3] ishonch uyg‘otish [E=4,8; P=4,5; SQ=-0,3] empatiya [E=4,6; P=4,2; SQ=-0,4] mezonlari asosida tarmoq korxonalarida xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar uchun KPI tizimi ishlab chiqilgan bo‘lib, bu xodimlarning ish samaradorligini o‘rtacha 22 foizga ortishiga olib kelgan;
kichik korxonalar uchun raqobatbardoshlikni oshirish, xizmatlar bozorida samarali pozisiyalanish, operativ boshqaruvni optimallashtirish va rivojlanish algoritmi asosida mijozlar bilan ishlash tizimi takomillashtirishga doir taklifi O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi huzuridagi Turizmni rivojlantirish ilmiy tadqiqot instituti, Farg‘ona viloyati turizm boshqarmasining tarmoq korxonalari, shuningdek Dilrabotravel MChJ faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi huzuridagi Turizmni rivojlantirish ilmiy tadqiqot institutining 2025-yil 5-dekabrdagi I-467/10 sonli, Farg‘ona viloyati turizm boshqarmasining 2025-yil 7-oktyabrdagi, Dilrabotravel MChJning 2025-yil 6-oktyabrdagi ma’lumotnomasi). Natijada, tarmoq korxonalarida mijozlarning qoniqish darajasini o‘rtacha 19 foizga oshirishga erishilgan;
mijozlar bilan munosabatlarni samarali boshqarishni ta’minlash maqsadida Eko-CRM va barqaror turizm, dinamik narx belgilash, mijoz sayohatini raqamlashtirish hamda ta’minot zanjiriga integratsiyalash strategiyalarini ekspertlar tomonidan sifat darajasi bo‘yicha baholashga asoslangan mezonlar tizimi ishlab chiqishga doir taklifi O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi huzuridagi Turizmni rivojlantirish ilmiy tadqiqot instituti, Farg‘ona viloyati turizm boshqarmasining tarmoq korxonalari, shuningdek Dilrabotravel MChJ faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi huzuridagi Turizmni rivojlantirish ilmiy tadqiqot institutining 2025-yil 5-dekabrdagi I-467/10 sonli, Farg‘ona viloyati turizm boshqarmasining 2025-yil 7-oktyabrdagi, Dilrabotravel MChJning 2025-yil 6-oktyabrdagi ma’lumotnomasi). Natijada, xizmat jarayonining barqarorligini ta’minlash, mijoz tajribasini yaxshilash va korxona raqobatbardoshligini oshirishda Eko-CRM va barqaror turizm [4,3-yaxshi], dinamik narx [4,6-a’lo], mijoz sayohatini raqamlashtirish [4,3-yaxshi], ta’minot zanjiriga integratsiyalash strategiyalari [4,5-a’lo]ni darajasiga ko‘ra ekspert usulida baholash mezonlaridan  tarmoq korxonalarining 2026-2030-yillarga mo‘ljallangan rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqishda faoydalanilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish