Tillaeva Barno Ramizitdinovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, “Sanoat korxonalarining iqtisodiy faoliyatini optimallashtirish asosida investisiya salohiyatini oshirish uslubiyatini takomillashtirish”, ixtisoslik shifri 08.00.03 – “Sanoat iqtisodiyoti”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.DSc/Iqt1031
Ilmiy rahbar: iqtisod fanlari doktori, professor Allaeva Gulchexra Jalgasovna.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.02.05.
Rasmiy opponentlar: i.f.d., professor Kadirov Abdusattarxodja, i.f.d., professor Salimov Baxtiyor Tadjievich, i.f.d., professor Umarov Ilxomjon Yuldashevich.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiyalari instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: yog‘-moy sanoati ishlab chiqarish jarayonida iqtisodiy faoliyatni optimallashtirish asosida investision salohiyatni oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iboratdir.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yog‘-moy mahsulotlari sanoat korxonasi investision salohiyati samaradorligini baholash yondashuvi mahsulotlar ishlab chiqarish jarayonida barcha resurslardan sinergetik natijaga ko‘ra optimal foydalanish va mahsulotlarga qiymat qo‘shmaydigan harakatlarni aniqlash asosida takomillashtirilgan;
sanoat korxonasi ishlab chiqarish faoliyatini tahlil qilishda Kaydzen uslubiyoti yog‘-moy sanoati korxonasining xususiyatiga ko‘ra barqarorlik va samaradorlik o‘zaro bog‘liqligi dinamikasi asosida moliyaviy-iqtisodiy monitoringini tashkil qilish kabi jihatlariga ko‘ra takomillashtirilgan;
yog‘-moy sanoat korxonalarida investisiya salohiyatni zaxiralarni ta’sir ko‘lami bo‘yicha guruhlarga bo‘lgan holda ulardan samarali foydalanish va sinergetik samaraga ko‘ra zaxiralardan foydalanishning tashkiliy-iqtisodiy choralarini belgilash asosida oshirish asoslangan;
sanoati korxonasining investisiya jozibadorligini oshirish uslubiyati zamonaviy talablarga ko‘ra yog‘-moy mahsulotlarini diversifikatsiyalashda davlat-xususiy sheriklik mexanizmini sinergetik samaradorlikka ko‘ra kengaytirish va ta’lim-ishlab chiqarishning yagona innovatsion ekotizimi sharoitida inson kapitalini rivojlanishi bilan uyg‘unlash asosida takomillashtirilgan;
“Sanoat korxonasining iqtisodiy faoliyatini optimallashtirish orqali investisiya salohiyatini oshirishning konseptual modeli” soha xususiyatiga ko‘ra korxonaning investisiya salohiyatini oshirish omillari integratsiyasi va dinamik qayta tiklanish kabi sifat talablari va faoliyatla ekspert baholashni qo‘llashning maqsadga muvofiqligi asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Yog‘-moy sanoati ishlab chiqarish jarayonida iqtisodiy faoliyatni optimallashtirish asosida investision salohiyatni oshirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
yog‘-moy mahsulotlari sanoat korxonasi investision salohiyati samaradorligini baholash yondashuvi mahsulotlar ishlab chiqarish jarayonida barcha resurslardan sinergetik natijaga ko‘ra optimal foydalanish va mahsulotlarga qiymat qo‘shmaydigan harakatlarni aniqlash asosida takomillashtirish taklifi “O‘zyog‘moysanoat” uyushmasi tizimi amaliyotiga joriy etilgan (“O‘zyog‘moysanoat” uyushmasining 2025-yil 29-avgustdagi KS/3-285-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklif korxonalar raqobatbardoshligini oshirish va innovatsion rivojlanish imkoniyatlarini kengaytirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
sanoat korxonasi ishlab chiqarish faoliyatini tahlil qilishda Kaydzen uslubiyoti yog‘-moy sanoati korxonasining xususiyatiga ko‘ra barqarorlik va samaradorlik o‘zaro bog‘liqligi dinamikasi asosida moliyaviy-iqtisodiy monitoringini tashkil qilish kabi jihatlariga ko‘ra takomillashtirish taklifi “O‘zyog‘moysanoat” uyushmasi tizimi korxonalari amaliyotiga joriy etilgan (“O‘zyog‘moysanoat” uyushmasining 2025-yil 29-avgustdagi KS/3-285-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklif yog‘-moy sanoati iqtisodiy faoliyatini doimiy ravishda takomillashtirishda xom-ashyo yo‘qotishlari 15 % dan 7 % gacha kamayishiga, ishlab chiqarish jarayonlaridagi kutish vaqtlari 12 % dan 5 % gacha qisqartirilishiga muayyan darajada xizmat qilgan;
yog‘-moy sanoat korxonalarida investision salohiyatni zaxiralarni ta’sir ko‘lami bo‘yicha guruhlarga bo‘lgan holda ulardan samarali foydalanish va sinergetik samaraga ko‘ra zaxiralardan foydalanishning tashkiliy-iqtisodiy choralarini belgilash asosida oshirish taklifi “O‘zyog‘moysanoat” uyushmasi tizimi amaliyotiga joriy etilgan (“O‘zyog‘moysanoat” uyushmasining 2025-yil 29-avgustdagi KS/3-285-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklif yog‘-moy sanoati korxonalarining investisiya salohiyatini 10%ga oshirish imkonini kengytirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
sanoat korxonasining investisiya jozibadorligini oshirish uslubiyati zamonaviy talablarga ko‘ra yog‘-moy mahsulotlarini diversifikatsiyalashda davlat-xususiy sheriklik mexanizmini sinergetik samaradorlikka ko‘ra kengaytirish va ta’lim -ishlab chiqarishning yagona innovatsion ekotizimi sharoitida inson kapitalini rivojlanishi bilan uyg‘unlash asosida takomillashtirish bo‘yicha taklifi “O‘zyog‘moysanoat” uyushmasi tomonidan “Chiqindisiz noan’anaviy yog‘ - moy mahsulot turlarini ko‘paytirishga qaratilgan chora-tadbirlar”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (“O‘zyog‘moysanoat” uyushmasining 2025-yil 29-avgustdagi KS/3-285-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklif uyushma tarkibidagi sanoat korxonalari ishlab-chiqarish va iqtisodiy faoliyatiga ko‘ra investision salohiyatini oshirishning uslubiy imkoniyatlarini kengaytirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
“Sanoat korxonasining iqtisodiy faoliyatini optimallashtirish orqali investisiya salohiyatini oshirishning konseptual modeli” soha xususiyatiga ko‘ra korxonaning investisiya salohiyatini oshirish omillari integratsiyasi va dinamik qayta tiklanish kabi sifat talablari va faoliyatlariga ekspert baholashni qo‘llashning maqsadga muvofiqligi asosida takomillashtirish bo‘yicha taklifi O‘zyog‘moysanoat” uyushmasi tomonidan “Sanoat korxonalari iqtisodiy faoliyatini optimallashtirish asosida investisiya salohiyatini oshirishning konseptual modeli”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (“O‘zyog‘moysanoat” uyushmasining 2025-yil 29-avgustdagi KS/3-285-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklif investisiya salohiyatini oshirish uchun moliyaviy barqarorlik, resurs samaradorligi va innovatsion faoliyat o‘rtasidagi bog‘liqlikni hisobga olgan holda integral yondashuv imkoniyatlarini kengaytirishga muayyan darajada xizmat qilgan.