Gulira’no Alijon qizi Abdug‘anievaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston Respublikasi mudofaa siyosati tarixi (1991-2024-yillar)”. 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqami: B2020.3.PhD / Tar. 56.01
Ilmiy rahbar: Feruz Sayfilloevich Boboev, tarix fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Fanlar akademiyasi Tarix instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Tarix instituti. DSc.02/30.12.2019.Tar.56.01.
Rasmiy opponentlar: Muhayyo Srajiddinovna Isakova, tarix fanlari doktori, professor;
Avaz AbdullaevichErmetov, tarix fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi-metodik markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: 1991 – 2024-yillarda O‘zbekiston Respublikasi mudofaa siyosati tarixini Mudofaa vazirligi misolida ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
1989-1990-yillarda qayta qurish siyosati natijasida boshqa sohalar qatori SSSR armiyasida ham ta’minot tizimining holati og‘ir bo‘lganligi, jumladan oziq-ovqat mahsulotlari etarli emasligi va sifatsizligi, saqlash sharoitlari yaxshi tashkil etilmaganligi, oshxona va dam olish xonalarida dezinfeksiya ishlari to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilmaganligi; askarlar yotoqxonalarining tor va zich joylashtirilganligi oqibatida adenovirus, paragripp kabi o‘tkir resperator infeksiyalar 4-5 barobar ko‘p tarqalganligi, mavsumiy xastaliklar (gripp, bronxit, diareya, virusli gepatit) bilan kasallanish holatlari yil davomida surunkali takrorlanganligi dalillangan;
mustaqillik yillarida harbiy xizmatchilarni uy-joy bilan ta’minlash 3 bosqichda: 1992-2005-yillarda davlatga qarashli uy-joy yoki kvartiralarni xususiylashtirish, harbiylar uchun mo‘ljallangan shaharchalar tashkil etish va mavjudlarini ta’mirlash, shaxsiy turar-joy yoki kvartira qurish, 2005-2017-yillarda ijaraga olish tizimini joriy etish, 2017-yildan boshlab shaxsiy uy-joy sotib olish (qurish) uchun kam foizli, uzoq muddatli ipoteka kreditlari ajratish orqali ta’minlanganligi asoslangan;
mustaqillikning dastlabki yillarida armiyada texnika va kadrlar bilan bog‘liq tanqislik, sohadagi o‘g‘irlik, talon-tarojlik kabi muammolar yuzaga kelganligi sababli O‘zbekistondan harbiy texnikalarni olib chiqib ketish uchun tashkil etilgan Turkiston harbiy okrugi Tijorat markazi tugatilganligi, respublikadan tashqariga askar yuborish to‘xtatilganligi, boshqa respublikalardagi o‘zbekistonlik harbiylarni qaytarilishi (afg‘on urushida asirlikka tushgan askarlar, harbiy xizmatda bo’lib turgan harbiylar qaytarilgan) kabi favqulodda chora-tadbirlar ko’rilgani dalillangan;
2017-yildan keyingi o‘zgarishlar natijasida harbiy xizmatchilarga ajratilgan imtiyozlar qamrovi kengaytirilib, harbiylarni uch yo‘nalishda: harbiy xizmatchilarga doir (yuqori maosh, uy joy ta’minoti, soliqlardan ozod etish, oliy ta’limga kirish), ularning farzandlariga berilgan imtiyozlar (oliy ta’limga kirish, ishga va maktabgacha ta’lim muassasalariga joylashtirish), vatan himoyasi yo‘lida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar oila a’zolarini qo‘llab-quvvatlashga (nafaqa, oliy ta’limga kirish, ishga va maktabgacha ta’lim muassasalariga joylashtirish, sihatgohlarda davolanish) qaratilgan tizim yaratilgani dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mavzu yuzasidan ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
1989-1990-yillarda qayta qurish siyosati natijasida boshqa sohalar qatori SSSR armiyasida ham ta’minot tizimining holati og‘ir bo‘lganligi, jumladan oziq-ovqat mahsulotlari etarli emasligi va sifatsizligi, saqlash sharoitlari yaxshi tashkil etilmaganligi, oshxona va dam olish xonalarida dezinfeksiya ishlari to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilmaganligi; askarlar yotoqxonalarining tor va zich joylashtirilganligi oqibatida adenovirus, paragripp kabi o‘tkir resperator infeksiyalar 4-5 barobar ko‘p tarqalganligi, mavsumiy xastaliklar (gripp, bronxit, diareya, virusli gepatit) bilan kasallanish holatlari yil davomida surunkali takrorlanganligiga oid ma’lumotlardan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar davlat muzeyi ekspozisiyalarini yangi materiallar bilan boyitishda foydalanilgan. (Mudofaa vazirligi ma’naviyat va madaniyat departamenti davlat muassasasining 2025-yil 17-apreldagi 56/329-son ma’lumotnomasi). Taqdim etilgan materiallar muzey jamg‘armalari va ko‘rgazmasini ilmiy ma’lumotlar bilan boyitishga xizmat qilgan. Natijada muzeyga qo‘yilgan va uning fondida saqlanayotgan ekspontlar, muzeyga tashrif buyuruvchilarga milliy armiyaning shakllanishi va rivojlanishi haqida tasavvur hosil qilish imkonini bergan;
2017-yildan keyingi o‘zgarishlar natijasida harbiy xizmatchilarga ajratilgan imtiyozlar qamrovi kengaytirilib, harbiylarni uch yo‘nalishda: harbiy xizmatchilarga doir (yuqori maosh, uy joy ta’minoti, soliqlardan ozod etish, oliy ta’limga kirish), ularning farzandlariga berilgan imtiyozlar (oliy ta’limga kirish, ishga va maktabgacha ta’lim muassasalariga joylashtirish), vatan himoyasi yo‘lida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar oila a’zolarini qo‘llab-quvvatlashga (nafaqa, oliy ta’limga kirish, ishga va maktabgacha ta’lim muassasalariga joylashtirish, sihatgohlarda davolanish) qaratilgan tizim yaratilgani to‘g‘risidagi xulosalardan “Vatan tayanchi” bolalar va o‘smirlar harbiy-vatanparvarlik tashkilotiga tadbiq etishda foydalanilgan (Mudofaa vazirligi chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik va yoshlar bilan ishlash departamenti davlat muassasasining 2025-yil 24-apreldagi 47/493-son ma’lumotnomasi). Natijada, bu o‘smir-yoshlarga taqdim etilgan ma’lumotlar milliy armiya va Qurolli Kuchlar tizimi haqida yangi bilimlarni egallashga ko‘maklashgan.