Asadullo Olimjon o‘g‘li Xasanovning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
    Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Turkistonda milliy ijtimoiy-siyosiy tuzilmalar tarixi (XIX asr oxiri – XX asr birinchi choragi)” mavzusidagi 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqami: B2024.2.PhD/Tar1953
Ilmiy rahbar: Dilnoza Muyidinovna Jamolova, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Fanlar akademiyasi Tarix instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Tarix instituti. DSc.02/30.12.2019. Tar.56.01. 
Rasmiy opponentlar: Gavhar Esonovna Mo‘minova, tarix fanlari doktori, professor;
Abdulla Nuritdinovich Rasulov, tarix fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: 19-yuzyillik oxiri – 20-yuzyillik birinchi choragida Turkistonda tuzilgan milliy ijtimoiy-siyosiy uyushmalar faoliyat tarixini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
Turkistondagi milliy ijtimoiy-siyosiy tuzilmalar shakllanishi  va faoliyat yo‘nalishiga qarab 4 bosqichi: XIX asr oxiri – 1908-yil –– mustamlaka boshqaruv tartiblari va tuzumiga qarshi yo‘nalishda ziyolilarning yashirin uyushma va yig‘inlarini paydo bo‘lish; 1909 – 1916-yillar –– yashirin uyushmalar bilan bir qatorda rasmiy  ijtimoiy-madaniy tuzilmalarga asos solinishi; 1917 – 1918-yillar   –– milliy siyosiy tashkilot va partiyalar tuzilishi davri; 1918 – 1924-yillar –– sovet hokimiyati tomonidan barcha milliy ijtimoiy-siyosiy tuzilmalarning faoliyatiga chek qo‘yishi va uni natijasida yashirin tashkilotlar vositasida kurash olib borish davridan iboratligi asoslangan;
Turkistonda jadidlar mustamlaka nazoratini chetlab o‘tish maqsadida “gap”, “mashrab”, “majlis” kabi marosim ko‘rinishida yig‘inlar o‘tkazgani, ularda ijtimoiy-siyosiy masalalar (islohot loyihalari tayyorlash, turli nizom va dasturlar ishlab chiqib jamiyatlar tuzish, ona tilini himoya qilish, ta’lim tizimini isloh qilish, milliy matbuot va teatrni yo‘lga qo‘yish, xayriya jamiyatlari orqali yordamga muhtoj aholini qo‘llab-quvvatlash, xorijga talabalar yuborish) muhokama qilinib qarorlar chiqarilgani hamda shu birlashmalar negizida shaklan madaniy, mazmunan siyosiy faoliyat yuritgan taraqqiyparvarlik uyushmalari orqali 1905-yildan boshlab “Turkiston muxtoriyati” g‘oyasi faol ilgari surilgani aniqlangan;
Turkiston muxtoriyatining harbiy kuch bilan ag‘darilishi, jadidlarning sovet hukumatiga ishonchsizligi, milliy siyosiy harakat yo‘nalishi muxtoriyatchilikdan mustaqillik tomon o‘zgarishi natijasida “Milliy ittihod” yashirin tashkiloti tuzilgani va ushbu tashkilot (yirik qo‘rboshilar huzuriga vakillar yuborish, qo‘rboshilarni harbiy qurol-yarog‘ bilan ta’minlash, mag‘lubiyatga uchragan qo‘rboshilarni xorijga chiqarib yuborish, sovetlarga qarshi tajribali usmonli turk zobitlari tajribasidan foydalanish, xalq orasida targ‘ibot yo‘li bilan qo‘rboshilarga ijobiy munosabatni shakllantirish orqali) istiqlolchilik harakatida bosh markazga aylangani dalillangan;
Sovet hokimiyatining turkistonlik ziyolilarning qatag‘on qilishi, istiqlolchilik harakatlarini bostirilishi hamda milliy chegaralanish siyosatining amalga oshirilishi natijasida 1924-yilga kelib “Milliy ittihod” tashkilotining Turkistondagi faoliyati to‘xtab, xorijga ko‘chgani va u erda 1940-yilga qadar sovet hokimiyatiga qarshi muhojirlarni birlashtirish, hukumatning mustamlakachilik siyosatini fosh etish, chet elda tahsil olayotgan yoshlarni ozodlik ruhida tarbiyalash kabi g‘oyaviy kurash yo‘liga o‘tgani asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mavzu yuzasidan ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
Turkistondagi milliy ijtimoiy-siyosiy tuzilmalar shakllanishi  va faoliyat yo‘nalishiga qarab 4 bosqichi: XIX asr oxiri – 1908-yil –– mustamlaka boshqaruv tartiblari va tuzumiga qarshi yo‘nalishda ziyolilarning yashirin uyushma va yig‘inlarini paydo bo‘lish; 1909 – 1916-yillar –– yashirin uyushmalar bilan bir qatorda rasmiy  ijtimoiy-madaniy tuzilmalarga asos solinishi; 1917 – 1918-yillar   –– milliy siyosiy tashkilot va partiyalar tuzilishi davri; 1918 – 1924-yillar –– sovet hokimiyati tomonidan barcha milliy ijtimoiy-siyosiy tuzilmalarning faoliyatiga chek qo‘yishi va uni natijasida yashirin tashkilotlar vositasida kurash olib borish davridan iboratligi;
Turkistonda jadidlar mustamlaka nazoratini chetlab o‘tish maqsadida “gap”, “mashrab”, “majlis” kabi marosim ko‘rinishida yig‘inlar o‘tkazgani, ularda ijtimoiy-siyosiy masalalar (islohot loyihalari tayyorlash, turli nizom va dasturlar ishlab chiqib jamiyatlar tuzish, ona tilini himoya qilish, ta’lim tizimini isloh qilish, milliy matbuot va teatrni yo‘lga qo‘yish, xayriya jamiyatlari orqali yordamga muhtoj aholini qo‘llab-quvvatlash, xorijga talabalar yuborish) muhokama qilinib qarorlar chiqarilgani hamda shu birlashmalar negizida shaklan madaniy, mazmunan siyosiy faoliyat yuritgan taraqqiyparvarlik uyushmalari orqali 1905-yildan boshlab “Turkiston muxtoriyati” g‘oyasi faol ilgari surilgani to‘g‘risidagi ilmiy xulosalardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Tarix maydoni” ko‘rsatuvlari senariysini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalining 2025-yil 26-sentyabrdagi 15-33/720-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalari jadidlarning siyosiy faoliyati va muxtoriyat shakllanishi haqidagi bahsli masalalarni oydinlatishga xizmat qiladi.
Turkiston muxtoriyatining harbiy kuch bilan ag‘darilishi, jadidlarning sovet hukumatiga ishonchsizligi, milliy siyosiy harakat yo‘nalishi muxtoriyatchilikdan mustaqillik tomon o‘zgarishi natijasida “Milliy ittihod” yashirin tashkiloti tuzilgani va ushbu tashkilot (yirik qo‘rboshilar huzuriga vakillar yuborish, qo‘rboshilarni harbiy qurol-yarog‘ bilan ta’minlash, mag‘lubiyatga uchragan qo‘rboshilarni xorijga chiqarib yuborish, sovetlarga qarshi tajribali usmonli turk zobitlari tajribasidan foydalanish, xalq orasida targ‘ibot yo‘li bilan qo‘rboshilarga ijobiy munosabatni shakllantirish orqali) istiqlolchilik harakatida bosh markazga aylangani;
Sovet hokimiyatining turkistonlik ziyolilarning qatag‘on qilishi, istiqlolchilik harakatlarini bostirilishi hamda milliy chegaralanish siyosatining amalga oshirilishi natijasida 1924-yilga kelib “Milliy ittihod” tashkilotining Turkistondagi faoliyati to‘xtab, xorijga ko‘chgani va u erda 1940-yilga qadar sovet hokimiyatiga qarshi muhojirlarni birlashtirish, hukumatning mustamlakachilik siyosatini fosh etish, chet elda tahsil olayotgan yoshlarni ozodlik ruhida tarbiyalash kabi g‘oyaviy kurash yo‘liga o‘tgani kabi ma’lumotlardan 2021 – 2023-yillari Tarix institutida bajarilgan “Jadid.uz elektron platformasini yaratish” mavzusidagi ilmiy loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2025 yil 22-oktyabrdagi 3/1255-2515-sonli ma’lumotnomasi). Aniqlangan hujjat va materiallar jadidchilik harakatining kam o‘rganilgan qismi milliy siyosiy tashkilot va tuzilmalar bilan bog‘liq jarayonlarni yangi ma’lumotlar bilan boyitishga xizmat qiladi. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish