Ilxomova Laylo Toxirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Miokard infarkti o‘tkazgan yurak ishemik kasalligi mavjud bemorlarda chap qorinchaning deformatsion hususiyatlari va qorinchalar aritmiyalarining o‘zaro bog‘liqligi», 14.00.06 – Kardiologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Tib 3312.
Ilmiy rahbar: Bekmetova Feruza Matsapaevna, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, Ilmiy kengash raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.06/2025.27.12.Tib.09.01.
Rasmiy opponentlar: Kurbonov Abdukodir Kenjaevich, tibbiyot fanlari doktori; Xidoyatova Muxlisa Raxmatillaevna, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy xirurgiya markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadkiqotning maqsadi:
miokard infarkti o‘tkazgan yurak ishemik kasalligi mavjud bemorlarda chap qorinchaning deformatsion xususiyatlarini baholash, hamda qorinchalar aritmiyalari rivojlanishining noinvaziv prediktorlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadkiqotning ilmiy yangiligi:
miokard infarkti o‘tkazgan yurak ishemik kasalligi mavjud va chap qorincha qon otish fraksiyasi o‘rta darajada pasaygan bemorlarda chap qorincha deformatsion xususiyatlari, ya’ni global bo‘ylama deformatsiya va mexanik dispersiya ko‘rstakichlari bilan qorinchalar aritmiyalari o‘rtasidagi bog‘liqlik aniqlangan;
miokard infarkti o‘tkazgan yurak ishemik kasalligi mavjud va chap qorincha qon otish fraksiyasi o‘rta darajada pasaygan bemorlarda spekl-treking exokardiografiya usuli yordamida aniqlangan mexanik dispersiya ko‘rsatkichi qorinchalar aritmiyalarini xavf stratifikatsiyasida muhim ahamiyati aniqlangan;
miokard infarkti o‘tkazgan yurak ishemik kasalligi mavjud va chap qorincha qon otish fraksiyasi o‘rta darajada pasaygan bemorlarda koronar ateroskleroz darajasi va spekl-treking exokardiografiya usuli yordamida aniqlangan global bo‘ylama deformatsiya va mexanik dispersiya ko‘rsatkichlari o‘rtasida korrelyasion bog‘liqlik aniqlangan;
ilk bor miokard infarkti o‘tkazgan yurak ishemik kasalligi mavjud va chap qorincha qon otish fraksiyasi o‘rta darajada pasaygan bemorlarda koronar revaskulyarizatsiyaning qorinchalar aritmiyalari va chap qorincha deformatsion xususiyatlariga o‘zaro ta’siri aniqlangan.
IV. Tadkiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashning Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 2025 yil 15 avgustdagi 23 sonli yig‘ilish bayonnomasiga asosan №23/30 sonli hulosasiga binoan:
birinchi ilmiy yangilik: miokard infarkti o‘tkazgan yurak ishemik kasalligi mavjud va chap qorincha qon otish fraksiyasi o‘rta darajada pasaygan bemorlarda chap qorincha deformatsion xususiyatlari, ya’ni global bo‘ylama deformatsiya va mexanik dispersiya ko‘rsatakichlari bilan qorinchalar aritmiyalari o‘rtasidagi bog‘liqlik aniqlanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi muvofiqlashtiruvchi ekspert Kengashining 2025 yil 27 yanvardagi 1-son bayonnomasi bilan tasdiqlangan "Miokard infarkti o‘tkazgan yurak ishemik kasalligi mavjud bemorlarda chap qorincha deformatsion xususiyatlari va qorinchalar aritmiyalarining o‘zaro bog‘liqligi " uslubiy tavsiyanomasi mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qashqadaryo mintaqaviy fillialining 2025 yil 31 yanvardagi 45-son hamda Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Namangan fillialining 2025 yil 3 maydagi 45-son buyrug‘i asosida amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: miokard infarkti o‘tkazgan yurak ishemik kasalligi mavjud bemorlarda chap qorincha deformatsion xususiyatlarini baholash, bemorlarga hayot uchun xavfli aritmiyalarni erta davrlarda aniqlashga, optimal davo usulini tanlashda va bemorlarda to‘satdan o‘limni oldini olishda yordam beradi. Iqtisodiy samaradorligi: miokard infarkti o‘tkazgan yurak ishemik kasalligi mavjud bemorlarda, hayot uchun xavfli aritmiyalarni spekl-treking exokardiografiya usuli yordamida chap qorincha global bo‘ylama deformatsiyasi va mexanik dispersiya ko‘rsatkichlarini aniqlash, “oltin standart” tekshiruvi MRT usulga nisbatan xavfsiz hisoblanadi va umumiy iqtisodiy harajatlarni har bir bemor uchun 1603000 so‘m tejash imkonini beradi;
ikkinchi ilmiy yangilik: miokard infarkti o‘tkazgan yurak ishemik kasalligi mavjud va chap qorincha qon otish fraksiyasi o‘rta darajada pasaygan bemorlarda spekl-treking exokardiografiya usuli yordamida aniqlangan mexanik dispersiya ko‘rsatkichi qorinchalar aritmiyalarini xavf stratifikatsiyasida muhim ahamiyati aniqlanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi muvofiqlashtiruvchi ekspert Kengashining 2025 yil 27 yanvardagi 1-son bayonnomasi bilan tasdiqlangan "Miokard infarkti o‘tkazgan yurak ishemik kasalligi mavjud bemorlarda chap qorincha deformatsion xususiyatlari va qorinchalar aritmiyalarining o‘zaro bog‘liqligi" uslubiy tavsiyanomasi mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qashqadaryo mintaqaviy fillialining 2025 yil 31 yanvardagi 45-son hamda Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Namangan fillialining 2025 yil 3 maydagi 45-son buyrug‘i asosida amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: miokard infarkti o‘tkazgan yurak ishemik kasalligi mavjud bemorlarda mexanik dispersiya ko‘rsatkichini baholash bemorlarni xavf guruhlariga taqsimlash, ularni individual terapiya strategiyasiga muvofiq davolash va to‘satdan yurak o‘limi xavfini kamaytirish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: miokard infarkti o‘tkazgan yurak ishemik kasalligi mavjud bemorlarda, hayot uchun xavfli aritmiyalarni spekl-treking exokardiografiya usuli yordamida chap qorincha global bo‘ylama deformatsiyasi va mexanik dispersiya ko‘rsatkichlarini aniqlash, “oltin standart” tekshiruvi MRT usulga nisbatan xavfsiz hisoblanadi va umumiy iqtisodiy harajatlarni har bir bemor uchun 1603000 so‘m tejash imkonini beradi;
uchinchi ilmiy yangilik: miokard infarkti o‘tkazgan yurak ishemik kasalligi mavjud va chap qorincha qon otish fraksiyasi o‘rta darajada pasaygan bemorlarda koronar ateroskleroz darajasi va spekl-treking exokardiografiya usuli yordamida aniqlangan global bo‘ylama deformatsiya va mexanik dispersiya ko‘rsatkichlari o‘rtasida korrelyasion bog‘liqlik aniqlanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi muvofiqlashtiruvchi ekspert Kengashining 2025 yil 27 yanvardagi 1-son bayonnomasi bilan tasdiqlangan "Miokard infarkti o‘tkazgan yurak ishemik kasalligi mavjud bemorlarda chap qorincha deformatsion xususiyatlari va qorinchalar aritmiyalarining o‘zaro bog‘liqligi" uslubiy tavsiyanomasi mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qashqadaryo mintaqaviy fillialining 2025 yil 31 yanvardagi 45-son hamda Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Namangan fillialining 2025 yil 3 maydagi 45-son buyrug‘i asosida amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: miokard infarkti o‘tkazgan va chap qorincha qon otish fraksiyasi o‘rta darajada pasaygan bemorlarda koronar ateroskleroz darajasi va chap qorincha deformatsiya ko‘rsatkichlarini baholash hayot uchun xavfli qorinchalar aritmiyalarini oldindan prognozlash imkonini beradi. Bu yondashuv bemorlarda individual davolash taktikasi yaratish, xavfli oqibatlarni kamaytirish va uzoq muddatli sog‘lom hayotni ta’minlash imkonini yaratadi. Iqtisodiy samaradorligi: miokard infarkti o‘tkazgan yurak ishemik kasalligi mavjud chap qorincha qon otish fraksiyasi o‘rta darajada pasaygan bemorlarda, hayot uchun xavfli aritmiyalarni spekl-treking exokardiografiya usuli yordamida mexanik dispersiya ko‘rsatkichlarini aniqlash orqali ertash tashxis qo‘yish orqali umumiy iqtisodiy harajatlarni har bir bemor uchun 1500000 so‘m tejash imkonini beradi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ilk bor miokard infarkti o‘tkazgan yurak ishemik kasalligi mavjud va chap qorincha qon otish fraksiyasi o‘rta darajada pasaygan bemorlarda koronar revaskulyarizatsiyaning qorinchalar aritmiyalari va chap qorincha deformatsion xususiyatlariga o‘zaro ta’siri aniqlanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi muvofiqlashtiruvchi ekspert Kengashining 2025 yil 27 yanvardagi 1-son bayonnomasi bilan tasdiqlangan "Miokard infarkti o‘tkazgan yurak ishemik kasalligi mavjud bemorlarda chap qorincha deformatsion xususiyatlari va qorinchalar aritmiyalarining o‘zaro bog‘liqligi" uslubiy tavsiyanomasi mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qashqadaryo mintaqaviy fillialining 2025 yil 31 yanvardagi 45-son hamda Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Namangan fillialining 2025 yil 3 maydagi 45-son buyrug‘i asosida amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: revaskulyarizatsiyaning chap qorincha deformatsion xususiyatlari va qorinchalar aritmiyalari rivojlanishiga ta’sirini baholash orqali revaskulyarizatsiyadan keyingi terapiya strategiyasini optimallashtirish va davolash samaradorligini oshirish, to‘satdan yurak o‘limi hamda nogironlik holatlarini kamaytirishda yordam beradi. Iqtisodiy samaradorligi: miokard infarkti o‘tkazgan yurak ishemik kasalligi mavjud chap qorincha qon otish fraksiyasi o‘rta darajada pasaygan bemorlarda, hayot uchun xavfli aritmiyalarni spekl-treking exokardiografiya usuli yordamida mexanik dispersiya ko‘rsatkichlarini aniqlash orqali ertash tashxis qo‘yish orqali umumiy iqtisodiy harajatlarni har bir bemor uchun 1500000 so‘m tejash imkonini beradi.