Karimova Feruza Raxmatboevnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Surunkali allergik dermatitlarni davolashni xalq tabobati usullari bilan optimallashtirish” 14.00.41- Xalq tabobati (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.DSc/Tib1157.
Ilmiy maslahatchi: Qayumov Xolmurod Nayimovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajargan muassasa nomi: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat tibbiyot instituti, DSc.06/2025.27.12.Tib.02.02.
Rasmiy opponentlar: 1.Mo‘minjanov Mirjalol Muqimjon o‘g‘li, kimyo fanlari doktori, dotsent; Yuldashov Ilhom Ro‘zievich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Xakimov Nasrullo Sobirovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: xalq tabobati usullaridan foydalangan holda surunkali allergik dermatitlarni davolashning mavjud usullarini optimallashtirish va ularning samaradorligini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor surunkali allergik dermatitlarni davolash uchun g‘oz yog‘i va aloe ekstrakti asosidagi mahalliy surtma hamda uning betametazon bilan modifikatsiyalangan turi ishlab chiqilgan va sanitar-epidemiologik xulosasi olingan;
tayyorlangan surtmalar tarkibidagi aloe ekstraktining aloin va asemannan fitosteroidlari yallig‘lanishga qarshi, g‘oz yog‘i tarkibidagi olein va linol kislotalari, fosfolipidlar epitelizatsiyani tezlashtiruvchi hamda teri himoya funksiyasini tiklovchi xususiyatlari laboratoriya sharoitida klinikagacha bo‘lgan tajribalarda kompleks baholangan, «G‘oz yog‘i + aloe ekstrakti + betametazon» tarkibli kombinatsiyaning yallig‘lanishni bartaraf etishdagi samaradorligi standart betametazon surtmasidan ishonchli darajada yuqori ekanligi isbotlangan;
aloe ekstrakti bilan boyitilgan g‘oz yog‘i asosida tayyorlangan mahalliy surtmaning toksikligi, hamda terida qo‘zg‘atuvchi ta’siri baholangan, biotoksikologik tadqiqotlar natijasida vosita yuqori biotolerantlikka egaligi, og‘ir nojo‘ya ta’sirlar qayd etmasligi va epitelizatsiya jarayonini tezlashtirishi aniqlangan;
kompleks davolash usuli — g‘oz yog‘i va aloe ekstrakti bilan boyitilgan surtma standart protokollar bilan uyg‘un qo‘llanilganda samaradorligi yuqoriligi aniklangan, DLQI indeksi orqali baholanganda dermatologik hayot sifatini yaxshilanishi, ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan samaradorligi, residivlarning kamayishi va remissiyaning barqaror bo‘lishi isbotlangan;
ilk bor xalq tabobati vositalarini zamonaviy tibbiy protokollar bilan uyg‘unlashtiruvchi integral klinik yondashuv ishlab chiqilgan, klinik, immunologik va biokimyoviy ko‘rsatkichlarini hisobga olgan holda bemorlarni xavf darajalariga ajratish va terapiya samaradorligini oldindan bashorat qilish imkonini beradigan surunkali allergik dermatitlarni davolashning individuallashtirilgan shkalasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Surunkali allergik dermatitlarning klinik-biokimyoviy va immunologik profili hamda prognostik determinantlarini tahlil qilish bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalariga ko‘ra:
surunkali allergik dermatitlarni klinik va laborator tekshiruvlar bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalari asosida ishlab chiqilgan «Surtma dorilarni g‘oz yog‘i asosida takomillashtirish usuli» (Buxoro davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashining 2025 yil 30 maydagi 25-m/148-sonli bayonnomasi) va «Surunkali allergik dermatitlarni davolashda g‘oz yog‘i asosida optimallashtirilgan surtmalardan foydalanish usuli» (Buxoro davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashining 2025 yil 30 maydagi 25-m/149-sonli bayonnomasi) mavzusidagi uslubiy tavsiyanoma natijalari Respublika ixtisoslashtirilgan allergologiya va klinik immunologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (19.06.2025, №38-son buyruq), Samarqand davlat tibbiyot universiteti ko‘p tarmoqli klinikasi (01.07.2025, №96-son buyruq), Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya markazi Buxoro filiali (09.06.2025, №100-son buyruq) amaliyotiga joriy etildi.
birinchi ilmiy yangilik. ilk bor surunkali allergik dermatitlarni davolash uchun g‘oz yog‘i va aloe ekstrakti asosidagi mahalliy surtma hamda uning betametazon bilan modifikatsiyalangan turi ishlab chiqilgan va sanitar-epidemiologik xulosasi olingan. Mazkur takliflar yuqoridagi uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilib, klinik amaliyotga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: xavf omillarini ilk bosqichda aniqlash bemorlarda kasallik og‘ir kechishini oldini olishga xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorligi: kasallikni erta tashxislash va profilaktika choralarini ko‘rish har bir bemor uchun o‘rtacha 1,5 mln so‘m, 268 nafar bemor uchun 402 mln so‘m tejash imkonini berdi. Xulosa: ushbu ilmiy yangilik amaliyotga joriy etilishi natijasida sog‘liqni saqlash tizimida xarajatlarni sezilarli qisqartirish imkoniyati yaratildi.
ikkinchi ilmiy yangilik. tayyorlangan surtmalar tarkibidagi aloe ekstraktining aloin va asemannan fitosteroidlari yallig‘lanishga qarshi, g‘oz yog‘i tarkibidagi olein va linol kislotalari, fosfolipidlar epitelizatsiyani tezlashtiruvchi hamda teri himoya funksiyasini tiklovchi xususiyatlari laboratoriya sharoitida klinikagacha bo‘lgan tajribalarda kompleks baholangan, «G‘oz yog‘i + aloe ekstrakti + betametazon» tarkibli kombinatsiyaning yallig‘lanishni bartaraf etishdagi samaradorligi standart betametazon surtmasidan ishonchli darajada yuqori ekanligi isbotlangan. Natijalar uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga kiritildi va klinik amaliyotga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: biomarkerlar orqali davo jarayoni samaradorligini kuzatish imkoni paydo bo‘ldi. Iqtisodiy samaradorligi: ortiqcha tahlillar va qimmat dorilardan voz kechish hisobiga bir bemorga o‘rtacha 1,2 mln so‘m, 268 bemorga 321,6 mln so‘m tejaldi. Xulosa: ushbu yangilik amaliy jihatdan klinik va laborator tadqiqotlarni optimallashtirishga xizmat qildi.
uchinchi ilmiy yangilik. aloe ekstrakti bilan boyitilgan g‘oz yog‘i asosida tayyorlangan mahalliy surtmaning toksikligi, hamda terida qo‘zg‘atuvchi ta’siri baholangan, biotoksikologik tadqiqotlar natijasida vosita yuqori biotolerantlikka egaligi, og‘ir nojo‘ya ta’sirlar qayd etmasligi va epitelizatsiya jarayonini tezlashtirishi aniqlangan. Bu natijalar amaliyotga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: bemorlarning hayot sifati va ish qobiliyati oshdi. Iqtisodiy samaradorligi: ortiqcha shifokorga murojaatlar va davolanish davomiyligining qisqarishi hisobiga bir bemorga taxminan 1 mln so‘m, 268 bemorga 268 mln so‘m tejaldi. Xulosa: ushbu ilmiy yangilik natijalari sog‘liqni saqlash tizimida bemorlarning ijtimoiy integratsiyasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik. kompleks davolash usuli — g‘oz yog‘i va aloe ekstrakti bilan boyitilgan surtma standart protokollar bilan uyg‘un qo‘llanilganda samaradorligi yuqoriligi aniklangan, DLQI indeksi orqali baholanganda dermatologik hayot sifatini yaxshilanishi, ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan samaradorligi, residivlarning kamayishi va remissiyaning barqaror bo‘lishi isbotlangan. Ijtimoiy samaradorligi: residiv xavfini oldindan bashorat qilish imkoni paydo bo‘ldi. Iqtisodiy samaradorligi: asoratlarni erta bashorat qilish hisobiga har bir bemor uchun 2 mln so‘m, 268 bemor uchun 536 mln so‘m tejash imkoni yaratildi. Xulosa: ushbu shkala amaliyotga joriy etilib, kasallikni bashorat qilish va individual davolash usullarini optimallashtirish imkonini berdi.
beshinchi ilmiy yangilik. ilk bor xalq tabobati vositalarini zamonaviy tibbiy protokollar bilan uyg‘unlashtiruvchi integral klinik yondashuv ishlab chiqilgan, klinik, immunologik va biokimyoviy ko‘rsatkichlarini hisobga olgan holda bemorlarni xavf darajalariga ajratish va terapiya samaradorligini oldindan bashorat qilish imkonini beradigan surunkali allergik dermatitlarni davolashning individuallashtirilgan shkalasi ishlab chiqilgan. Asosiy guruhda 14-kunda simptomlar 78,3% bemorlarda yo‘qolgan, nazorat guruhida esa 54,7% (p <0,01). Ijtimoiy samaradorligi: residivlar sezilarli darajada kamaydi, bemorlarning hayot sifati yaxshilanishi ta’minlandi. Iqtisodiy samaradorligi: import krem va gormonal surtmalarga nisbatan arzonroq usul sifatida har bir bemorga o‘rtacha 1,7 mln so‘m, 268 bemorga 455,6 mln so‘m tejash imkoni yaratildi. Xulosa: ushbu usulning amaliyotga joriy qilinishi natijasida davolash samaradorligi ortib, iqtisodiy jihatdan tejamkorlik ta’minlandi.