Xudoyberdieva Maxbuba Murodovnaning filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek tilining izohli lug‘atlarida adabiyotshunoslik terminlarining berilishi” 10.00.01 - O‘zbek tili.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Fil2854
Ilmiy rahbar: Mengliev Baxtiyor Rajabovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK raqami: DSc.03/2025.27.12.Fil.11.05.
Rasmiy opponentlar: filologiya fanlari doktori, professor Djumaev Tursunali; filologiya fanlari doktori, professor Abdiev Murodqosim Bolibekovich.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek tilining izohli lug‘atlarida adabiyotshunoslik terminlarining berilishi, terminlar tavsiflarini takomillashtirish va milliy korpusda berish masalalari bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek terminosistemasida adabiyotshunoslik terminlarining tarixiy shakllanishi va taraqqiyotining lingvistik xususiyatlari keng qamrovli ochib berilib, ularda arab-fors, milliy va g‘arb terminlari qatlamlari aniqlanganda asosiy qismi arab, yunon, o‘zbek, fors, lotin tillariga mansubligi ochib berilgan;
izohli lug‘atlardagi adabiyotshunoslik terminlarining shakliy-struktur xususiyatlari aniqlanib, sodda tub, sodda yasama, murakkab, juft, gibrid va izofali terminlar ko‘rsatilib, ulardagi leksik-semantik munosabatlar ochib berilgan hamda terminlarning asosiy semantik guruhlari, ular orasidagi aloqalar isbotlangan;
izohli lug‘atlardagi adabiyotshunoslik terminlarida omonimlik hodisasining sohalararo omonimiya va adabiyotshunoslik termini/umumiste’mol so‘z omonimiyasi aniqlanib, omonimlarda adabiyotshunoslik terminining umumiy so‘zlashuv tiliga xos so‘z bilan shakliy mos kelishi va adabiyotshunoslik terminining boshqa soha termini bilan shakliy bir xilligi ochib berilgan;
o‘zbek tilining milliy korpusida adabiyotshunoslik terminlarini berishda qo‘llanish chastotasi, ilmiy ahamiyati, zamonaviy-tarixiy qamrovi mezonlar asosida terminlarni tanlash va izohlash tamoyillari ishlab chiqilib, ularini korpusda semantik teglash muammo va echimlari aniqlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbek tilining izohli lug‘atlarida adabiyotshunoslik terminlarining berilishi jarayonida erishilgan ilmiy natijalar asosida:
o‘zbek terminosistemasida adabiyotshunoslik terminlarining tarixiy shakllanishi va taraqqiyotining lingvistik xususiyatlari keng qamrovli ochib berilib, ularda arab-fors, milliy va g‘arb terminlari qatlamlari aniqlangan va asosiy qismi arab, yunon, o‘zbek, fors, lotin tillariga mansubligi ochib berilganiga oid xulosalaridan PF–201912258 raqamli “O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) elektron platformasini yaratish” nomli amaliy loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi ToshDO‘TAUning 2025-yil 25-apreldagi 01/4-1643-son ma’lumotnomasi). Natijada O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli elektron platformasini yaratishda adabiyotshunoslik terminlarining berilishini ilmiy asoslash imkonini bergan;
o‘zbek tilining milliy korpusida adabiyotshunoslik terminlarini berishda qo‘llanish chastotasi, ilmiy ahamiyati, zamonaviy-tarixiy qamrovi mezonlar asosida terminlarni tanlash va izohlash tamoyillari ishlab chiqilib, ularini korpusda semantik teglash muammo va echimlari aniqlanganiga doir ilmiy xulosalardan Davlat ilmiy-taxnik dasturlari doirasidagi 2022-2024-yillarga mo‘ljallangan IL-402104209 “Axborot-qidiruv tizimlari (Google, Yandex, Google translate) uchun avtomatik ishlov berish vositasi – o‘zbek tilining morfoleksikoni va morfologik analizatori dasturiy vositasini yaratish” nomli innovatsion loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi ToshDO‘TAUning 2025-yil 25-apreldagi 01/4-1646-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek tilining adabiyotshunoslik terminlarining morfoleksikoni va morfologik analizatori dasturiy vositasini yaratish imkonini bergan;
izohli lug‘atlardagi adabiyotshunoslik terminlarida omonimlik hodisasining sohalararo omonimiya va adabiyotshunoslik termini/umumiste’mol so‘z omonimiyasi aniqlanib, omonimlarda adabiyotshunoslik terminining umumiy so‘zlashuv tiliga xos so‘z bilan shakliy mos kelishi va adabiyotshunoslik terminining boshqa soha termini bilan shakliy muvofiqligi ochib berilganiga doir ilmiy ma’lumotlardan Qashqadaryo viloyati teleradiokompaniyasining “Millat ruhi” nomli radioeshittirish ssenariysida foydalanilgan (Qashqadaryo viloyati teleradiokompaniyasining 2025-yil 19-martdagi 17-03/89-son ma’lumotnomasi). Natijada keltirilgan ma’lumotlar radioeshittirishlarning mazmunli bo‘lishiga, keng jamoatchilik o‘rtasida targ‘ib etish imkonini bergan.