Shaumarov Azizxon Zavqievichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Surunkali tonzillitlarning rivojlanishi va kechishining klinik-morfologik va genetik aspektlari» 14.00.04 – Otorinolaringologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.DSc/Tib790.
Ilmiy maslaxatchi: Xasanov Ulugbek Saidakramovich, tibbiyot fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat tibbiyot universiteti, DSc.06/2025.27.12.Tib.01.06. 
Rasmiy opponentlar: Sharipov Sanjar Salomovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent, Rasulov Xamidulla Abdullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor, Muxamadieva Gul`mira Amantaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor (Qozog‘iston Respublikasi).
Yetakchi tashkilot: A.Aliev nomidagi Ozarbayjon davlat shifokorlar malakasini oshirish instituti (Ozarbayjon Respublikasi).
II. Tadqiqotning maqsadi:
surunkali tonzillitning turli klinik shakllarida tanglay murtaklarining gistomorfologik xususiyatlarini baholash, genetik omillarning axamiyatini o‘rganish orqali kasallikning patogenetik mexanizmi va klinik kechishini bashorat qilish usulini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor surunkali tonzillitning klinik shakllari yosh va jins omillari bilan uzviy bog‘liq ekani aniqlanib, 8–18 yosh guruhida kasallikning yuqori uchrashi, ayollarda toksiko-allergik, erkaklarda esa oddiy shakllarning ustunligi isbotlangan;
surunkali tonzillitning turli klinik shakllari bilan og‘rigan bemorlarda fibroz to‘qimaning kuchli rivojlanishi, limfoid follikulalarning soni va o‘lchamlarining kamayishi, shilliq pardaning deformatsiyasi va distrofik o‘zgarishlari, surunkali yallig‘lanish infil`tratsiyasining mavjudligi, paratonzillyar biriktiruvchi to‘qimada periduktal surunkali yallig‘lanish infiltratining shakllanishi bilan tavsiflanuvchi gistomorfologik o‘zgarishlar aniqlangan;
tanglay murtaklarida surunkali tonzillit rivojlanishi davomida limfoid to‘qimadagi morfologik o‘zgarishlarning bosqichma-bosqich xarakterga ega bo‘lib kasallikning oddiy shaklida limfoid follikulalar giperplaziyasi va gipertrofiyasi ustun bo‘lsa, keyingi bosqichlarda ularning reduksiyasi, kriptalar yuzalarining bekilishi hamda surunkali yallig‘lanish infil`tratsiyasining ortishi aniqlangan;
ilk bor FCN2 geni (-986C>T; rs3124954) polimorfizmining T noxush allel varianti surunkali tonzillitning oddiy shakli patogenezida muhim molekulyar-genetik omil ekani, uning rivojlanish xavfini oshirishi va klinik kechish xususiyatlarini shakllantirishi isbotlangan;
ilk bor HORMAD2 geni (745G>A; rs2412971) polimorfizmining A noxush allel varianti mavjudligi tanglay murtaklarining limfoid to‘qimasida immun javob regulyasiyasining buzilishi natijasida surunkali yallig‘lanish jarayoni rivojlanishiga yuqori moyillik bilan assotsiatsiyalanganligi isbotlangan;
surunkali tonzillitning turli shakllarida klinik, morfologik, immunogistokimyoviy va genetik ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik ilk bor kompleks baholanib, FCN2 va HORMAD2 gen polimorfizmlarining immun hujayralar faolligi, yallig‘lanish darajasi, kasallikning faol kechishi va residiv ehtimoli bilan bog‘liqligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi 
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 07 iyuldagi 21-sonli yig‘ilish bayonnomasiga asosan, Ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarni amaliyotga tadbig‘i bo‘yicha xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Samarqand Davlat tibbiyot universiteti ko‘p tarmoqli klinikasi 2024-yil 25-dekabrdagi 211-sonli, Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali klinikasi 2024-yil 12-dekabrdagi 33-I-sonli buyruqlari):
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor surunkali tonzillitning klinik shakllari yosh va jins omillari bilan uzviy bog‘liq ekani aniqlanib, 8–18 yosh guruhida kasallikning yuqori uchrashi, ayollarda toksiko-allergik, erkaklarda esa oddiy shakllarning ustunligi isbotlanganligi Samarqand davlat tibbiyot universiteti ko‘p tarmoqli klinikasi 2024-yil 25-dekabrdagi 211-sonli, Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali klinikasi 2024-yil 12-dekabrdagi 33-I-sonli buyruqlari asosida amaliyotga joriy etilgan; Ijtimoiy samaradorligi: aholi sog‘lomligini saqlash, surunkali tonzillitni erta aniqlash, samarali davolash va profilaktik dasturlarni takomillashtirish orqali ijtimoiy va iqtisodiy zararni qisqartirishdan iborat. Iqtisodiy samaradorligi: amaliyotga joriy etish orqali kasallikni erta aniqlash, maqsadli davolash va residivlarni kamaytirish orqali sezilarli darajada yuqori iqtisodiy samaradorlikka erishildi. Xulosa: surunkali tonzillit kasalligining kasallikni erta aniqlash, maqsadli davolash va residivlarni kamaytirish natijasida 930000 so‘m byudjet mablag‘larini tejash imkonini berdi.
ikkinchi ilmiy yangilik: surunkali tonzillitning turli klinik shakllari bilan og‘rigan bemorlarda fibroz to‘qimaning kuchli rivojlanishi, limfoid follikulalarning soni va o‘lchamlarining kamayishi, shilliq pardaning deformatsiyasi va distrofik o‘zgarishlari, surunkali yallig‘lanish infil`tratsiyasining mavjudligi, paratonzillyar biriktiruvchi to‘qimada periduktal surunkali yallig‘lanish infiltratining shakllanishi bilan tavsiflanuvchi gistomorfologik o‘zgarishlar aniqlanganligi Samarqand davlat tibbiyot universiteti ko‘p tarmoqli klinikasi 2024-yil 25-dekabrdagi 211-sonli, Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali klinikasi 2024-yil 12-dekabrdagi 33-I-sonli buyruqlari asosida mazkur shifoxonalarning amaliyotiga joriy etilgan; Ijtimoiy samaradorligi: aniqlangan gistomorfologik o‘zgarishlar surunkali tonzillitning erta tashxisi va klinik shaklini aniq farqlash imkoniyatini beradi. Bu esa davo usullarini individual tanlash, asoratlarning oldini olish va bemorlarni reabilitatsiya qilish samaradorligini oshiradi. Natijada surunkali kasalliklar soni kamayib, aholi sog‘lig‘ini saqlash va tibbiy xarajatlarni qisqartirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Xulosa: tadqiqot natijasida ilk bor surunkali tonzillitning turli klinik shakllariga xos gistomorfologik o‘zgarishlar — fibroz to‘qimaning kuchli rivojlanishi, limfoid follikulalarning qisqarishi, distrofik va yallig‘lanish infil`tratsiyasi bilan bog‘liq morfologik belgilari aniqlangan, bu kasallikning klinik kechishida ahamiyati yuqoriligi sababli amaliyotga joriy qilinishi davlat byudjetidan xarajatlar miqdorini 1030000 so‘mga kamaytirdi.
uchinchi ilmiy yangilik: tanglay murtaklarida surunkali tonzillit rivojlanishi davomida limfoid to‘qimadagi morfologik o‘zgarishlarning bosqichma-bosqich xarakterga ega bo‘lib kasallikning oddiy shaklida limfoid follikulalar giperplaziyasi va gipertrofiyasi ustun bo‘lsa, keyingi bosqichlarda ularning reduksiyasi, kriptalar yuzalarining bekilishi hamda surunkali yallig‘lanish infil`tratsiyasining ortishi aniqlanganligi Samarqand davlat tibbiyot universiteti ko‘p tarmoqli klinikasi 2024-yil 25-dekabrdagi 211-sonli, Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali klinikasi 2024-yil 12-dekabrdagi 33-I-sonli buyruqlari asosida mazkur shifoxonalarning amaliyotiga joriy etilgan; Ijtimoiy samaradorligi: Immunogistokimyoviy tadqiqotlar asosida olingan ma’lumotlar surunkali tonzillitni erta tashxislash, klinik shakllarini aniq ajratish va individual davo taktikasi tanlash imkoniyatini oshiradi. Bu esa kasallikning og‘ir shakllariga o‘tishini oldini olib, aholi salomatligini muhofaza qilish, davolash samaradorligini va bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorligi: tanglay murtaklari immunogistokimyoviy tahlil qilingan holda surunkali tonzillitning morfologik va immunologik bosqichma-bosqich o‘zgarishlarini o‘rganish asosida sarf-hrajatlar 1175000 so‘mga iqtisod qilindi. Xulosa: surunkali tonzillit patogenezini chuqurroq yoritib, diagnostika va patogenetik davo usullarini takomillashtirish davlat byudjeti mablag‘larini 1110000 so‘mga sarflanishini kamaytiradi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ilk bor FCN2 geni (-986C>T; rs3124954) polimorfizmining T noxush allel varianti surunkali tonzillitning oddiy shakli patogenezida muhim molekulyar-genetik omil ekani, uning rivojlanish xavfini oshirishi va klinik kechish xususiyatlarini shakllantirishi isbotlanganligi Samarqand davlat tibbiyot universiteti ko‘p tarmoqli klinikasi 2024-yil 25-dekabrdagi 211-sonli, Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali klinikasi 2024-yil 12-dekabrdagi 33-I-sonli buyruqlari asosida mazkur shifoxonalarning amaliyotiga joriy etilgan; Ijtimoiy samaradorligi: aniqlangan genetik assotsiatsiya surunkali tonzillitga moyil shaxslarni erta aniqlash, individual xavf guruhlarini belgilash va personal profilaktika choralarini ishlab chiqish imkoniyatini yaratadi. Bu esa kasallikning tarqalishini kamaytirish, uning og‘ir shakllarini oldini olish va aholi sog‘ligini muhofaza qilishda amaliy samara beradi. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur kasallikni genetik asoslarini ochib berib, patogenetik tadqiqotlar, diagnostika va personal profilaktika yo‘nalishlarini takomillashtirish uchun muhim ilmiy va amaliy ahamiyat kasb etdi va davlat byudjetidan xarajatlar 857000 so‘mga tejaldi. Xulosa: mazkur kasallikni genetik asoslarini ochib berib, patogenetik tadqiqotlar, diagnostika samaradorligi davlat byudjetidan xarajatlar miqdorini 1020000 so‘mni tejash imkonini berdi;
beshinchi ilmiy yangilik: ilk bor HORMAD2 geni (745G>A; rs2412971) polimorfizmining A noxush allel varianti mavjudligi tanglay murtaklarining limfoid to‘qimasida immun javob regulyasiyasining buzilishi natijasida surunkali yallig‘lanish jarayoni rivojlanishiga yuqori moyillik bilan assotsiatsiyalanganligi isbotlanganligi Samarqand davlat tibbiyot universiteti ko‘p tarmoqli klinikasi 2024-yil 25-dekabrdagi 211-sonli, Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali klinikasi 2024-yil 12-dekabrdagi 33-I-sonli buyruqlari asosida mazkur shifoxonalarning amaliyotiga joriy etilgan; Ijtimoiy samaradorligi: aniqlangan genetik assotsiatsiya surunkali tonzillitga moyil shaxslarni erta aniqlash, xavf guruhlarini belgilash va individual profilaktik choralar ishlab chiqish imkonini yaratadi. Iqtisodiy samaradorligi: kasallikning og‘ir klinik shakllariga o‘tish xavfini kamaytirish, davolash samaradorligini oshirish va aholi sog‘ligini muhofaza qilishga xizmat qiladi va davlat byudjetidan xarajatlar 898000 so‘mga tejaldi. Xulosa: natija surunkali tonzillitning genetik va immunopatologik mexanizmlarini chuqurroq anglash, genetik diagnostika va profilaktika usullarini takomillashtirish uchun muhim ilmiy va amaliy ahamiyatga ega va samaradorligi davlat byudjetidan xarajatlar miqdorini 1010000 so‘mni tejash imkonini berdi.
oltinchi ilmiy yangilik: surunkali tonzillitning turli shakllarida klinik, morfologik, immunogistokimyoviy va genetik ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik ilk bor kompleks baholanib, FCN2 va HORMAD2 gen polimorfizmlarining immun hujayralar faolligi, yallig‘lanish darajasi, kasallikning faol kechishi va residiv ehtimoli bilan bog‘liqligi isbotlanganligi Samarqand Davlat tibbiyot universiteti ko‘p tarmoqli klinikasi 2024-yil 25-dekabrdagi 211-sonli, Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali klinikasi 2024-yil 12-dekabrdagi 33-I-sonli buyruqlari asosida mazkur shifoxonalarning amaliyotiga joriy etilgan; Ijtimoiy samaradorligi: klinik, morfologik, immunogistokimyoviy va genetik ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni aniqlash orqali surunkali tonzillitning faol kechishi va residiv xavfini oldindan bashorat qilish imkoniyati yaratdi. Iqtisodiy samaradorligi: surunkali tonzillitning turli shakllarida klinik, morfologik, immunogistokimyoviy va genetik ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik kompleks tahlil qilindi va davlat byudjetidan xarajatlar 905000 so‘mga tejaldi. Xulosa: natija surunkali tonzillitning turli shakllarida klinik, morfologik, immunogistokimyoviy va genetik ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik kompleks tahlil qilindi va samaradorligi davlat byudjetidan xarajatlar miqdorini 990000 so‘mni tejash imkonini berdi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish