Abdiganieva Go‘zalxon Oxunjon qizining falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Talabalarda yozish ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish” 13.00.02 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili), (Pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Ped8100
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Masharipova Umida Abduvohidovna. Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, DSc.01/2025.27.12.Ped.03.04.
Rasmiy opponentlar: Isakulova Nilufar Janikulovna pedagogika fanlari doktori, professor (DSc). Sodiqova Iroda Ilhom qizi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi talabalarda yozish ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yozish ko‘nikmalarini rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari mustaqil yozma faoliyatda fikrni rejalashtirish va ifodalash jarayonlarini faollashtirish, lingvistik va uslubiy birliklardan ongli foydalanish hamda kasbiy yo‘nalishdagi matnlar bilan ijodiy ishlashda yozma nutqda mazmuniy izchillik va yozma ifoda aniqligini metakognitiv monitoring qilish asosida aniqlashtirilgan;
talabalarda ingliz tilida yozish ko‘nikmasini rivojlantirish modeli yozma faoliyatni kasbiy va kommunikativ kontekstda guruhlash, yozuv jarayonida individual nutqiy ehtiyojlarni hisobga olish orqali tarkibiy bloklar o‘rtasidagi funksional uyg‘unlikni kuchaytirish hamda yozma nutqning kommunikativ maqsadga yo‘naltirilganligini ta’minlash natijasida mazmuniy yaxlitlikning izchil shakllanishini ta’minlovchi jarayonli yozishni tashkil etish orqali takomillashtirilgan;
talabalarda ingliz tilida yozish ko‘nikmalarini rivojlantirish jarayoni Process-based learning, Genre-based learning, Task-based learning va Interactive learning metodlarining didaktik imkoniyatlarini prognostik baholash asosida yozuv strategiyalarini ongli tanlashda, yozuv jarayonida shaxsiy pozisiyaning izchil namoyon bo‘lishida, janr xususiyatlari yozma fikrni refleksiv boshqarishning kuchayishi orqali takomillashtirilgan;
talabalarda ingliz tilida yozish ko‘nikmalarini rivojlantirish samaradorligi auditoriyadan tashqari yozma faoliyatni maqsadli tashkil etish orqali talabalarning ijodiy g‘oyalarini erkin ifodalashga yo‘naltirish va hamkorlikda tahrirlash jarayonini faollashtirishda, yozma nutq rivojlanish dinamikasi va yozma nutq sifat ko‘rsatkichlarining barqaror o‘sishida ichki nutqdan yozma nutqqa o‘tish jarayonining ongli faollashuvi asosida oshirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
talabalarning yozish ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasi bo‘uicha ilmiu tadqiqot natijalari:
talabalarda ingliz tilida yozish ko‘nikmalarini rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari mustaqil yozma faoliyatda fikrni rejalashtirish va ifodalash jarayonlarini faollashtirish, lingvistik va uslubiy birliklardan ongli foydalanish hamda kasbiy yo‘nalishdagi matnlar bilan ijodiy ishlashda yozma nutqda mazmuniy izchillik va yozma ifoda aniqligini metakognitiv monitoring qilish asosida aniqlashga oid takliflar “Integrated skills” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025-uil 11-oktyabrdagi 22-01-784/22-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarda ingliz tilida akademik yozuv kompetensiyasi takomillashgan;
talabalarda ingliz tilida yozish ko‘nikmasini rivojlantirish modeli yozma faoliyatni kasbiy va kommunikativ kontekstda guruhlash, yozuv jarayonida individual nutqiy ehtiyojlarni hisobga olish orqali tarkibiy bloklar o‘rtasidagi funksional uyg‘unlikni kuchaytirish hamda yozma nutqning kommunikativ maqsadga yo‘naltirilganligini ta’minlash natijasida mazmuniy yaxlitlikning izchil shakllanishini ta’minlovchi jarayonli yozishni tashkil etish orqali takomillashtirishga doir takliflar “Integrated skills” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025-uil 11-oktyabrdagi 22-01-784/22-son ma’lumotnomasi). nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan. Natijada, talabalarda yozma kommunikativ kompetensiyaning tarkibiy komponentlari izchil rivojlanib, yozma nutqning mazmuniy yaxlitligi va aniqligi ta’minlangan;
talabalarda ingliz tilida yozish ko‘nikmalarini rivojlantirish jarayoni Process-based learning, Genre-based learning, Task-based learning va Interactive learning metodlarining didaktik imkoniyatlarini prognostik baholash asosida yozuv strategiyalarini ongli tanlashda yozuv jarayonida shaxsiy pozisiyaning izchil namoyon bo‘lishida janr xususiyatlari yozma fikrni refleksiv boshqarishning kuchayishi orqali takomillashtirishga oid takliflar “Integrated skills” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025-uil 11-oktyabrdagi 22-01-784/22-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarda fikrni mantiqiy strukturada ifodalash va janr talablariga muvofiq yozma matn tuzish ko‘nikmasi takomillashgan.
talabalarda ingliz tilida yozish ko‘nikmalarini rivojlantirish samaradorligi auditoriyadan tashqari yozma faoliyatni maqsadli tashkil etish orqali talabalarning ijodiy g‘oyalarini erkin ifodalashga yo‘naltirish va hamkorlikda tahrirlash jarayonini faollashtirishda yozma nutq rivojlanish dinamikasi va yozma nutq sifat ko‘rsatkichlarining barqaror o‘sishida ichki nutqdan yozma nutqqa o‘tish jarayonining ongli faollashuvi asosida aniqlashtirishga oid takliflar “Integrated skills” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025-uil 11-oktyabrdagi 22-01-784/22-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarda yozuv jarayonini refleksiv va metakognitiv boshqarish, shuningdek, mustaqil yozma faoliyatni samarali tashkil etish kompetensiyasi rivojlangan.