Aliqulov Shuxrat Sharofovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Cust o‘tkazuvchi uran rudalarini er ostida tanlab eritish texnologiyasini ishlab chiqish va jadallashtirish», 04.00.10–Geotexnologiya (ochiq, er osti va qurilish) (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.DSc/T183.
Ilmiy maslahatchi: Sanaqulov Quvondiq, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat konchilik instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Navoiy davlat konchilik instituti, Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.27.06.2017.T.06.01.
Rasmiy opponentlar: Duysebaev Baurjan Orazovich, texnika fanlari doktori, professor, akademik; Toshov Javoxir Burievich, texnika fanlari doktori, dotsent; Ergashev Ulug‘bek Abdurasulovich, texnika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Mineral resurslar instituti DK.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: er ostida tanlab eritmaga o‘tkazishni jadallashtirish, sust o‘tkazuvchi va suvga kam to‘yingan uran ma’danlarini qazib olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sust o‘tkazuvchi uran ma’danlarini er ostida tanlab eritmaga o‘tkazishda eritmaning harakatlanish tezligi va koeffisient fil`tratsiyasi aniqlangan, suyuqlikni qatlamda harakat qonuniyati asosida fil`trlanish tezligi formulasi ishlab chiqilgan;
eritmaning qatlamdagi fil`trlanish tezligi yuboruvchi quduqning unumdorligiga bog‘liqligi, fil`trlanish koeffisienti ma’dan qatlamini qalinligi va tog‘ jinsining bo‘shlig‘i uning qattiqlik darajasi bo‘yicha joylashishiga bog‘liqligi aniqlangan;
sust o‘tkazuvchi uran ma’danlarini eritib olish uchun fil`trlanish matematik modeli hamda er ostida tanlab eritmaga o‘tkazish va fil`trlanish jarayonini o‘zgarishi asosida muhandislik hisoblash algoritmi ishlab chiqilgan;
sust o‘tkazuvchi uran ma’danlarini tanlab eritmaga o‘tkazishda fil`trlanish koeffisientini oshirish uchun yuqori faollashtiruvchi modda sul`fanol tanlangan, eritish uchun uning konsentratsiyasi va litologik qismlarda glinali tog‘ jinslarining bo‘shliqlarida eritmalarning singish tezligi aniqlangan;
sust o‘tkazuvchi uran ma’danlarini er ostida tanlab eritmaga o‘tkazishda namlik burchagini aniqlash uslubi ishlab chiqilgan va sust o‘tkazuvchi ma’danlardan uranni er ostida tanlab eritmaga o‘tkazishda fil`trlanish koeffisientiga yuqori faollashtiruvchi moddaning optimal ta’sirini aniqlash imkoniyatini beruvchi proeksion usulda tog‘ jinslarining namlanish burchagi aniqlangan;
suvga kam to‘yingan uran ma’danlarini er ostida tanlab eritmaga o‘tkazishning sug‘orish texnologiyasini qo‘llagan holda, depressiya voronkasi hosil qilish natijasida nazariy asosi yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Sust o‘tkazuvchi va suvga kam to‘yingan uran ma’danlarini er ostida tanlab eritmaga o‘tkazish parametrlarini jadallashtirish va texnologiyasini yaratish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ishqorlovchi eritmaning harakatlanish tezligi va koeffisient fil`tratsiyani aniqlash formulalari hamda sust o‘tkazuvchi uran ma’danlarini er ostida tanlab eritmaga o‘tkazish texnologiyasi Navoiy kon-metallurgiya kombinatining 5-son kon boshqarmasida uran ma’danlarini er ostida tanlab eritmaga o‘tkazish jarayonida amaliyotga joriy qilingan (Navoiy kon-metallurgiya kombinatining 2018 yil 18 sentyabrdagi 02-06-04/11702-son ma’lumotnomasi). Natijada maxsuldor boy eritma olish, qazib olish jarayoni 1,5 marotobaga jadallashtirish, qazib olish vaqti 15%ga qisqarish, ishlab chiqarish koeffisienti 20%ga oshirish, uranni birlamchi oksidlash vaqti 20%ga qisqartirish, qazib olish tannarxi 5%ga kamaytirish va foydalanish rentabilligiga erishish imkonini bergan;
suvga kam to‘yingan uran ma’danlarini er ostida tanlab eritmaga o‘tkazish texnologiyasi va depressiya voronkasini hosil qilish usuli Navoiy kon-metallurgiya kombinatining Shimoliy kon boshqarmasida infiltrlanish oqimini boyitish jarayonida amaliyotga joriy qilingan (Navoiy kon-metallurgiya kombinatining 2018 yil 18 sentyabrdagi 02-06-04/11702-son ma’lumotnomasi). Natijada uranni er ostida tanlab eritish texnologiyasini takomillashtirish, eritmani tezligi va eritmani chuquroq kiritish imkonini bergan;
past bosimli Kendik-tyube uran koni qatlamlarida uran ma’danlarini er ostida tanlab eritmaga o‘tkazish usuli Navoiy kon-metallurgiya kombinatining Shimoliy kon boshqarmasida er ostida tanlab eritmaga o‘tkazish jarayonida amaliyotga joriy qilingan (Navoiy kon-metallurgiya kombinatining 2018 yil 18 sentyabrdagi 02-06-04/11702-son ma’lumotnomasi). Natijada suvga kam to‘yingan uran zaxiralarini er ostida tanlab eritmaga o‘tkazish va qazib olishning unumdorligini oshirish imkonini bergan.