Bafoeva Nigora Azimovnaning filologiya fanlari doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumot
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi): “Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romani onomastikasi” 10.00.01 – O‘zbek tili
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Fil4311
Ilmiy rahbar: Kilichev Bayramali Ergashovich, filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi (muassasalar), IK raqami: Buxoro davlat universiteti DSc.03/04.06.2021.Fil.72.09
Rasmiy opponentlar: Shokirova Havasxon Nurmamatovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Nuriddinova Raʼno Sevdievna, filologiya fanlari nomzodi, dotsent
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romanidagi onomastik birliklarni bir tizim sifatida tadqiq etish, ularning kelib chiqish omillari, nomlanish sabablari, semantik va morfem xususiyatlarini o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romani onomastikasiga xos umumiy va xususiy belgilari asar yaratilgan davr til xususiyatlari, kishilarning dunyoqarashi, milliy an’ana hamda urf-odatlariga bogʻliqligi yigʻilgan faktik dalillar, asardagi tarixiy antroponimlarda lisoniy xususiyatlardan tashqari, qimmatli tarixiy, etnografik, etikaviy va estetik ma’lumotlar asoslangan;
romandagi joy nomlari, antroponim, gidronim va boshqalarning etimologiyasi, lugʻaviy ma’nolari, fonetik, morfemik va morfologik tarkibiy tuzilishiga ko‘ra grammatik modellari, ularning diaxron hamda sinxronligi hozirgi o‘zbek tili onomastikasi nazariyasiga muvofiq aniqlangan;
asar tilidagi joy nomlarining etnotoponim, antropotoponim, gidrotoponim, fitotoponim, kasb-kor atamalari asosida shakllangan kabi semantik tiplari, antroponimlarning ism, taxallus, laqab singari ko‘rinishlari, statistik asosda davlatlar, shahar, qishloqlar kabi makrotoponimlardan tashqari bog‘lar, ko‘chalar, mahallalar, mavzelar, dahalar, qo‘rg‘onlar, o‘rda, bozorlar, dor nomlari, maydon, hujra, masjidlar, tepalar, nekronimlar, gidronimlar hamda oronimlar kabi onomastik leksika sathi me’yorlariga mos holda tasniflanib, lisoniy xususiyatlari isbotlangan;
roman tilidagi onomastik birliklarning lugʻaviy qatlamlarga munosabati va yasalish jihatlari: sintaktik usul bilan – ot+ot; son+ot; ot+fe’l; fe’l+fe’l qoliplar vositasida // ot /shaxs oti + ot/ shaxs oti + ot / shaxs oti; ot /o‘rin-joy oti + ot/ o‘rin-joy oti qolipi sermahsulligi hamda onomastik konversiya nom yaratishdagi muhim ahamiyat kasb etishi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Olingan ilmiy natijalar quyidagi ishlarda joriylangan:
Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romani onomastikasiga xos umumiy va xususiy belgilari asar yaratilgan davr til xususiyatlari, kishilarning dunyoqarashi, milliy an’ana hamda urf-odatlariga bogʻliqligi yigʻilgan faktik dalillar, asardagi tarixiy antroponimlarda lisoniy xususiyatlardan tashqari, qimmatli tarixiy, etnografik, etikaviy va estetik ma’lumotlar etimologiyasi bilan bog‘liq masalalarini ochib berishdagi ilmiy-nazariy qarashlardan IL-402104209 raqamli “Axborot-qidiruv tizimlari (Google, Yandex, Google translate) uchun avtomatik ishlov berish vositasi – o‘zbek tilining morfoleksikoni va morfologik analizatori dasturiy vositasini yaratish” mavzusidagi innovatsion grant loyihasida dissertatsiya ilmiy natijalaridan (2022-2024-yy) foydalanilgan. (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2021-yil 16-iyuldagi 311-sonli ma’lumotnomasi). Natijada elektron lug‘at tuzish tamoyillari va ularning milliy an’ana va urf-odatlar bilan bogʻliqligi oydinlashtirilgan;
asar tilidagi joy nomlarining etnotoponim, antropotoponim, gidrotoponim, fitotoponim, kasb-kor atamalari asosida shakllangan kabi semantik tiplari, antroponimlarning ism, taxallus, laqab singari ko‘rinishlari, statistik asosda davlatlar, shahar, qishloqlar kabi makrotoponimlardan tashqari bog‘lar, ko‘chalar, mahallalar, mavzelar, dahalar, qo‘rg‘onlar, o‘rda, bozorlar, dor nomlari, maydon, hujra, masjidlar, tepalar, nekronimlar, gidronimlar hamda oronimlar kabi leksika sathiga doir nazariy va amaliy materiallardan “Hozirgi o‘zbek adabiy tili (Sintaksis)” nomli o‘quv qo‘llanmadan samarali foydalanilgan. 60111400 – O‘zbek tili va adabiyoti bakalavriat ta’lim yo‘nalishi uchun mo‘ljallangan “Hozirgi o‘zbek adabiy tili (Sintaksis)” nomli o‘quv qo‘llanmasining “Nomshunoslik” deb nomlangan qismini tayyorlashda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2024-yil 29-maydagi 194-143-raqamli guvohnomasi. Buxoro davlat pedagogika instituti ma’lumotnomasi). Natijada leksikologiya va morfologiya oid mashqlar bajarishda foydalanilgan;
roman tilidagi onomastik birliklarning lugʻaviy qatlamlarga munosabati va yasalish jihatlari: sintaktik usul bilan – ot+ot; son+ot; ot+fe’l; fe’l+fe’l qoliplar vositasida // ot /shaxs oti + ot/ shaxs oti + ot / shaxs oti; ot /o‘rin-joy oti + ot/ o‘rin-joy oti qolipi sermahsulligi hamda onomastik konversiya nom yaratishdagi muhim ahamiyat kasb etishi 2024-2025-yillarda Buxoro viloyati teleradiokompaniyasining “Assalom Buxoro”, “Sakkinchi mo‘jiza”, “Diyor” kabi teleko‘rsatuvlari va eshittirishlarining ssenariysini yozishda foydalanilgan, muallif bilan suhbatlar uyushtirilgan. (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Buxoro” telekanalining 2025-yil 3-fevraldagi 01-09-55-son ma’lumotnomasi). Natijada tarixiy toponim va antroponimlarning paydo bo‘lish sabablari haqidagi ma’lumotlar tomoshabinlar auditoriyasiga etkazilgan.