Jo‘raeva Gulnoza Abdurashit qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tabiiy polimerlarning ikkilamchi tolasimon xomashyosini biokimyoviy modifikatsiyalash», 02.00.06 - Yuqori molekulyar birikmalar (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/K929.
Ilmiy rahbar: Rafikov Adham Salimovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.01/2025.27.12.K.04.04.
Rasmiy opponentlar: Karimov Mahmud Muratovich, kimyo fanlari doktori, professor; Yuldashev Sherzod Abdullaevich, kimyo fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: tabiiy polimerlarning ikkilamchi tolasimon xomashyosini biokimyoviy modifikatsiyalash asosiy qonuniyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ikkilamchi sellulozaning sellulaza fermenti bilan ta’sirlashuvini temperatura-vaqt va konsentratsiya o‘zaro bog‘liqliklari materialning birlamchi teksturasini tiklanishiga va morfologiyasini yaxshilanishiga olib keluvchi sharoitlar sifatida aniqlangan;
biomodifikatsiya jarayonida ikkilamchi sellulozaning yuzasidan qo‘shimchalar va tolachalarning maksimal darajada chiqarib yuborilishi, bu esa materialning kapillyar-g‘ovakli tuzilmasi va xossalarini yaxshilashga xizmat qilishi isbotlangan;
xrom qirindisi ko‘rinishidagi oshlangan charm chiqindilari kollagenini fermentativ gidrolizi jarayonida proteaza fermentining minimal sarfi bilan samaradorligi va selektivligi isbotlangan; 
tolalar g‘ovakliligi va mikrostrukturasining bir vaqtni o‘zida yaxshilanishi, ichki hajmini ortishi bo‘yovchi moddaning tolalarga yaxshi sorbsiyasi va mustahkamlanishini, shuningdek, eritmasining selluloza tolalari ichida teng taqsimlanishini ta’minlashligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ikkilamchi selluloza va charm chiqindilarini biomodifikatsiya qilish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
biomodifikatsiyalangan va bo‘yalgan ikkilamchi sellulozadan mato “Nur Tex” MChJda maxsus kiyimlar ishlab chiqarishda joriy etilgan (“O‘ZTO‘QIMAChISANOAT” uyushmasining 2025 yil 19 sentyabrdagi 02/25-2228-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, biomodifikatsiyalangan mato maxsus kiyimlarni loyihalash sifatini oshirish, ishlov berish aniqligini ta’minlash, ikkilamchi selluloza xomashyosi yordamida moddiy va mehnat xarajatlarini kamaytirish hamda ishlab chiqarish vaqtini qisqartirish imkonini bergan;
biomodifikatsiyalangan charm qirindi chiqindilari va ikkilamchi selluloza tolalaridan olingan tolali massa “Umid Fashion Grand” XKda poyabzalning asosiy patagi sifatida joriy etilgan (“O‘ZTO‘QIMAChISANOAT” uyushmasining 2025 yil 19 sentyabrdagi 02/25-2228-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, taglik va poyabzalning xizmat qilish muddati uzayib, charm poyabzal korxonasi chiqindilardan tozalandi hamda atrof-muhitga zararli ta’sirini kamaytirish imkoniyatini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish