Xusanova Diyora Ziyadullaevnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bolalarda immun trombotsitopeniya kasalligi rivojlanishida klinik va molekulyar-genetik  parallellari” 14.00.29 – Gematologiya va transfuziologiya.                                                                         
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Tib3221.
Ilmiy rahbar: Iriskulov Baxtiyar Uktamovich, tibbiet fanlar doktori, professor.                                                                                                         
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.                                                             
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat tibbiyot universiteti, DSc.06/2025.27.12.Tib.01.02.                                                                                   
Rasmiy opponentlar: Ubaydullaeva Zuxra Ibragimovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Muxamedov Rustam Sultanovich, biologiya fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot instituti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.                                              
II. Tadqiqotning maqsadi: Bolalarda immun trombotsitopeniyaning klinik va laborator kechish xususiyatlarini molekulyar-genetik omillar bilan bog‘liq holda kasallik rivojlanishi va surunkali kechishiga ta’sirini baholash hamda tashxislashda yuqori oqimli sekvenirlash (NGS) usulining diagnostik ahamiyatini asoslashdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bolalarda immun trombotsitopeniyaning klinik kechishi, gematologik, koagulologik va immunologik ko‘rsatkichlari kasallikning o‘tkir, cho‘ziluvchan va surunkali shakllariga bog‘liq holda farq qilishi ilk bor kompleks tahlil qilinib, hamda trombotsitlar soni bilan IgG darajasi o‘rtasida ishonchli salbiy korrelyasiya mavjudligi isbotlangan;
IL17A geni rs2275913 polimorfizmining minor alleli va AA genotipi bolalarda immun trombotsitopeniya rivojlanish xavfini oshirishi, shuningdek kasallikning og‘ir va surunkali kechishi bilan bog‘liq ekani asoslangan;
IL23R geni rs11209026 (A) polimorfizmining bolalarda immun trombotsitopeniya rivojlanishiga nisbatan protektiv ta’siri mavjudligi aniqlanib, shu bilan birga IL17F geni T7488C polimorfizmida T allelning ehtimoliy himoyalovchi roli, SS va TS genotiplarning esa kasallik xavfini oshirishi isbotlangan;
surunkali va rezistent kechuvchi immun trombotsitopeniyada yuqori oqimli sekvenirlash (NGS) usulini qo‘llash irsiy trombotsitopeniya va birlamchi immuntanqislik holatlarini aniqlash imkonini berishi, shu orqali noto‘g‘ri immunosupressiv davolashni oldini olishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Bolalarda immun trombotsitopeniya kasalligi rivojlanishida klinik va molekulyar-genetik  parallellari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: bolalarda immun trombotsitopeniyaning klinik kechishi, gematologik, koagulologik va immunologik ko‘rsatkichlari kasallikning o‘tkir, cho‘ziluvchan va surunkali shakllariga bog‘liq holda farq qilishi ilk bor kompleks tahlil qilinib, hamda trombotsitlar soni bilan IgG darajasi o‘rtasida ishonchli salbiy korrelyasiya mavjudligi isbotlanganligi Toshkent viloyati ko‘p tarmoqli bolalar tibbiyot markazi 25.02.2025-yildagi 104-sonli va Sirdaryo viloyati ko‘p tarmoqli bolalar tibbiyot markazi 20.02.2025-yildagi 4-43/1-sonli buyrug‘i bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashning 2025-yil 24-oktyabrdagi 27/02-sonli xulosasi).  Ijtimoiy samaradorligi: erta tashxis qo‘yish samaradorligini oshiradi va kasallik kechishini bashorat qilish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: polimorfizm genlarini aniqlash bilan yangi tashxis usulini joriy etish natijasida, ayniqsa ITPning qaytalanuvchi va surunkali kechishi bo‘lgan bemorlarda shifoxonada davolanish muddati 2 kunga qisqardi. Xulosa: ta’kidlash joizki, ITPni erta tashxislash va to‘g‘ri davolash taktikasi tufayli, har bir bemor uchun xarajatlar kamaydi, erta tashxislash va erta tashhislash va qiyosiy yondashish imkonini beradi.
ikkinchi ilmiy yangilik: IL17A geni rs2275913 polimorfizmining minor alleli va AA genotipi bolalarda immun trombotsitopeniya rivojlanish xavfini oshirishi, shuningdek kasallikning og‘ir va surunkali kechishi bilan bog‘liq ekani asoslanganligi Toshkent viloyati ko‘p tarmoqli bolalar tibbiyot markazi 25.02.2025-yildagi 104-sonli va Sirdaryo viloyati ko‘p tarmoqli bolalar tibbiyot markazi 20.02.2025-yildagi 4-43/1-sonli buyrug‘i bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashning 2025-yil 24-oktyabrdagi 27/02-sonli xulosasi).  Ijtimoiy samaradorligi: umumiy IgG darajasi va koagulologik ko‘rsatkichlar bilan bog‘liq bo‘lgan genetik tadqiqot yordamida davolashga salbiy javob bo‘lishining erta prediktorlari aniqlangan. Bu esa davolashni tuzatish uchun asos bo‘lib, kasallik asoratlarining rivojlanishi tufayli nogironlikni kamaytiradi. Iqtisodiy samaradorligi: polimorfizm genlarini aniqlash bilan yangi tashxis usulini joriy etish natijasida, ayniqsa ITPning qaytalanuvchi va surunkali kechishi bo‘lgan bemorlarda shifoxonada davolanish muddati qisqardi. Xulosa: davolashning erta bosqichlarida IL17A rs2275913 genini aniqlash va ITP terapiyasini o‘z vaqtida tuzatish to‘g‘ri davolash taktikasi hisobiga statsionar davolanish kunlarini qisqartiradi. 
uchinchi ilmiy yangilik: IL23R geni rs11209026 (A) polimorfizmining bolalarda immun trombotsitopeniya rivojlanishiga nisbatan protektiv ta’siri mavjudligi aniqlanib, shu bilan birga IL17F geni T7488C polimorfizmida T allelning ehtimoliy himoyalovchi roli, SS va TS genotiplarning esa kasallik xavfini oshirishi isbotlanganligi Toshkent viloyati ko‘p tarmoqli bolalar tibbiyot markazi 25.02.2025-yildagi 104-sonli va Sirdaryo viloyati ko‘p tarmoqli bolalar tibbiyot markazi 20.02.2025-yildagi 4-43/1-sonli buyrug‘i bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashning 2025-yil 24-oktyabrdagi 27/02-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: koagulologik ko‘rsatkichlar bilan bog‘liq bo‘lgan IL23R genining genetik tadqiqoti yordamida ushbu genning himoyalovchi roli aniqlangan. Bu esa o‘tkazilayotgan davolashni davom ettirish uchun asos bo‘lib, yaxshi prognozni bashorat qiladi.  Iqtisodiy samaradorligi: kasallik o‘z vaqtida aniqlanib, bemorlarni ro‘yxatga olinishi, bemorlarning shifoxonada qolish muddatini kamaytirilishiga erishilgan, hamda ularning turmush tarzi yaxshilanishi imkonini bergan. Xulosa: davolashning dastlabki bosqichlarida IL23R genini aniqlash to‘g‘ri davolash taktikasi orqali statsionar davolanish kunlarini ikki kunga qisqartirish hisobiga iqtisodiy samaradorlikni oshiradi. 
to‘rtinchi ilmiy yangilik: surunkali va rezistent kechuvchi immun trombotsitopeniyada yuqori oqimli sekvenirlash (NGS) usulini qo‘llash irsiy trombotsitopeniya va birlamchi immuntanqislik holatlarini aniqlash imkonini berishi, shu orqali noto‘g‘ri immunosupressiv davolashni oldini olishi asoslanganligi Toshkent viloyati ko‘p tarmoqli bolalar tibbiyot markazi 25.02.2025-yildagi 104-sonli va Sirdaryo viloyati ko‘p tarmoqli bolalar tibbiyot markazi 20.02.2025-yildagi 4-43/1-sonli buyrug‘i bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashning 2025-yil 24-oktyabrdagi 27/02-sonli xulosasi).  Ijtimoiy samaradorligi: ITPning surunkali shakllarida NGS tekshiruvi o‘tkazish ko‘rsatmalarini aniqlash irsiy shakllarni o‘z vaqtida aniqlash va to‘g‘ri davolash taktikasini belgilash imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: NGS tekshiruvi yordamida tashxislash natijasida kasallikni nazorat qilish va boshqarish bemorlarda rivojlanishi mumkin bo‘lgan asoratlar sonini kamaytiradi va oldini oladi. Xulosa: ITPning surunkali shakllari bilan og‘rigan bemorlarni o‘z vaqtida NGS tekshiruvidan o‘tkazish aniq tashxislash algoritmini ishlab chiqish imkonini beradi va statsionar davolanish kunlarini qisqartirish orqali iqtisodiy samaradorlikni oshiradi. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish