Xasanova Gulchexra Xikmat qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Vitamin D tanqisligi bor ayollarda metabolik sindromni kechishining xususiyatlari” 14.00.05 – Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Tib4498.
Ilmiy rahbar: Tuxtaeva Nigora Xasanovna, tibbiyot fanlar doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat tibbiyot universiteti.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, Ilmiy kengash raqami: Toshkent davlat tibbiyot universiteti, DSc.06/2025.27.12.Tib01.02.
Rasmiy opponentlar: Daminova Lola Turg‘unpulatovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Yuldasheva Gulchehra Rustamovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: D vitamini tanqisligi bo‘lgan ayollarda metabolik sindromning klinik va genetik kechish xususiyatlarini baholash, shuningdek metabolik sindromni aniqlash hamda davolash usullarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
D vitamini tanqisligi bilan kechuvchi metabolik sindromning klinik-metabolik fenotipi genetik jihatdan, ya’ni VDR geni FokI (rs10735810) va ApaI (rs7975232) polimorfizmlarining mavjudligi insulinga rezistentlik, abdominal semirish va dislipidemiya og‘irlashishi bilan ishonchli bog‘liqligi aniqlangan;
D vitamini tanqisligi fonida metabolik sindrom 25(OH)D past darajasi, VDR genetik variantlari va yallig‘lanish markerlari (hs-CRP, TNF-α, IL-6) o‘zgarishiga muvofiq holda rivojlanishi aniqlangan;
metabolik sindromni korreksiya qilishda D vitamini (xolekal`siferol) va mio-inozitolni kam uglevodli, yuqori yog‘li (LCHF) parhez bilan birgalikda qo‘llash orqali visseral yog‘ kamayishi, insulinga rezistentlikning pasayishi va lipid profilining yaxshilanishi asoslangan;
metabolik sindrom va D vitamini tanqisligi fonida ayollarda bioimpedans tahlilini qo‘llash tashxis va davolash monitoringini takomillashtirishi, jumladan sarkopenik semirish hamda yashirin visseral yog‘ to‘planishini aniqlashi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Vitamin D tanqisligi bor ayollarda metabolik sindromni kechishining xususiyatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: D vitamini tanqisligi bilan kechuvchi metabolik sindromning klinik-metabolik fenotipi genetik jihatdan, ya’ni VDR geni FokI (rs10735810) va ApaI (rs7975232) polimorfizmlarining mavjudligi insulinga rezistentlik, abdominal semirish va dislipidemiya og‘irlashishi bilan ishonchli bog‘liqligi aniqlanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi 01.02.2025-yildagi 02/7-sonli, Samarqand davlat tibbiyot universitetining ko‘p tarmoqli klinikasi 06.02.2025-yildagi 31-sonli va Samarqand davlat tibbiyot universiteti huzuridagi Sport tibbiyoti va reabilitatsiya ilmiy-tadqiqot instituti 03.02.2025-yildagi 4-sonli buyrug‘i bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashning 2025 yil 17 noyabrdagi 29/24-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: Mexnatga layoqatli yoshdagi ayollar sog‘lig‘ini saqlash, metabolik sindromni genetik biomarkyorlar yordamida erta tashxislash va endokrin, reproduktiv buzilishlar asoratlarini kamaytirish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorlik: Metabolik sindromni erta tashxislash va asoratlarni oldini olish natijasida bemorlarning shifoxonada davolanish muddati qisqartirildi hamda davolash va reabilitatsiyagaga ketadigan mablag‘lar tejalishiga erishildi. Xulosa: Tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash tizimi xarajatlarini qisqartirish, profilaktik tibbiyot samaradorligini oshirish va ayollarning ijtimoiy-iqtisodiy faolligini qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
ikkinchi ilmiy yangilik: D vitamini tanqisligi fonida metabolik sindrom 25(OH)D past darajasi, VDR genetik variantlari va yallig‘lanish markerlari (hs-CRP, TNF-α, IL-6) o‘zgarishiga muvofiq holda rivojlanishi aniqlanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi 01.02.2025-yildagi 02/7-sonli, Samarqand davlat tibbiyot universitetining ko‘p tarmoqli klinikasi 06.02.2025-yildagi 31-sonli va Samarqand davlat tibbiyot universiteti huzuridagi Sport tibbiyoti va reabilitatsiya ilmiy-tadqiqot instituti 03.02.2025-yildagi 4-sonli buyrug‘i bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashning 2025 yil 17 noyabrdagi 29/24-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: insulinrezistentlik erta bosqichda kamayadi, semizlik, dislipidemiya regressi kuzatiladi va hayot sifati oshadi. Iqtisodiy samaradorlik: Bioimpendans tekshiruvi va 25 (ON) vitamin D darajasini qonda tekshirish taxlili yordamida, shuningdek metabolik sindromni erta tashxislash va individual davolanish algoritmi orqali yurak qon-tomir kasalliklari asoratini davolashga sarflanadigan mablag‘larni tejashga erishilgan. Xulosa: MS bo‘lgan bemorlar holatini to‘g‘ri baxolash va o‘z vaqtida tashxislash sog‘liqni saqlash, mehnat qobiliyati va o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish ko‘nikmalarini uzoq muddat davomida saqlab qolish va hayot sifatini yaxshilash, nogironlik va o‘lim xavfini kamaytirish imkonini bergan.
uchinchi ilmiy yangilik: metabolik sindromni korreksiya qilishda D vitamini (xolekal`siferol) va mio-inozitolni kam uglevodli, yuqori yog‘li (LCHF) parhez bilan birgalikda qo‘llash orqali visseral yog‘ kamayishi, insulinga rezistentlikning pasayishi va lipid profilining yaxshilanishi asoslanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi 01.02.2025-yildagi 02/7-sonli, Samarqand davlat tibbiyot universitetining ko‘p tarmoqli klinikasi 06.02.2025-yildagi 31-sonli va Samarqand davlat tibbiyot universiteti huzuridagi Sport tibbiyoti va reabilitatsiya ilmiy-tadqiqot instituti 03.02.2025-yildagi 4-sonli buyrug‘i bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashning 2025 yil 17 noyabrdagi 29/24-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: MS bilan og‘rigan bemorlarda metabolik va gormonal ko‘rsatkichlarni yaxshilab, bepushtlik, qanli diabet va uning asoratlari xavfini oldini oladi, shuningdek hayot sifatini oshirish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorlik: bemorlarning shifoxonada davolanish muddati qisqartirildi hamda davolash va reabilitatsiyagaga ketadigan mablag‘lar tejalishiga erishildi. Xulosa: ilmiy tadqiqot natijalari MS mavjud bo‘lgan bemorlarda individul terapevtik yondoshuvni belgilash, sog‘liqni saqlash tizimi xarajatlarini qisqartirish, profilaktik tibbiyot samaradorligini oshirish va ayollarning ijtimoiy-iqtisodiy faolligini qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: metabolik sindrom va D vitamini tanqisligi fonida ayollarda bioimpedans tahlilini qo‘llash tashxis va davolash monitoringini takomillashtirishi, jumladan sarkopenik semirish hamda yashirin visseral yog‘ to‘planishini aniqlashi asoslanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi 01.02.2025-yildagi 02/7-sonli, Samarqand davlat tibbiyot universitetining ko‘p tarmoqli klinikasi 06.02.2025-yildagi 31-sonli va Samarqand davlat tibbiyot universiteti huzuridagi Sport tibbiyoti va reabilitatsiya ilmiy-tadqiqot instituti 03.02.2025-yildagi 4-sonli buyrug‘i bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashning 2025 yil 17 noyabrdagi 29/24-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: ushbu natijalar ayniqsa homiladorlikni rejalashtirishda muhim, chunki gipergomotsisteinemiya akusherlik va tomir xatarlarini oshiradi. Iqtisodiy samaradorlik: Metabolik sindromni erta tashxislash va asoratlarni oldini olish natijasida bemorlarning shifoxonada davolanish muddati qisqartirildi hamda davolash va reabilitatsiyagaga ketadigan mablag‘lar tejalishiga erishildi. Xulosa: Markaziy Osiyoda D vitamini tanqisligi va metabolik sindromda yuqori tarqalgan sharoitda erta tashxislash va davolashdagi personallashtirilgan yondashuv: preddiabet, yurak-qon tomir kasalliklari, noalkogol yog‘li jigar kasalligining samarali oldini olish strategiyasi bo‘lishi mumkin va asoratlar rivojlanishining oldini olishda muhim klinik va amaliy ahamiyatga ega.