Soqiev Temur Rustamovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i): Yong‘in xavfini aniqlashda videoma’lumotlarni intellektual tahlil qilishning gibrid algoritmlari, 05.01.11 – Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/T5322.
Ilmiy raxbar: Xamdamov Rustam Xamdamovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, Ilmiy kengash raqami: Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.09/2025.27.12.T.02.01.M.
Rasmiy opponentlar: Urunbaev Erkin fizika-matematika fanlari doktori, dotsent;
Xashimov Axmad Anvarovich, texnika fanlari falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqot maqsadi tutun va yong‘inni real vaqt rejimida erta hamda ishonchli aniqlash hamda klassik kompyuter ko‘rishi usullarini neyron tarmoq texnologiyalari bilan birlashtirgan holda aqlli videoma’lumotlarni tahlil qilishning gibrid algoritmni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
yong‘in xavfli holatlarni aniqlash samaradorligini oshirish hisobiga ko‘p bosqichli klassik filtrlash usullari va moslashuvchan neyron tarmoq detektorlarini birlashtiruvchi kaskadli gibrid arxitektura taklif etilgan;
past quvvatli kameralar va terminallarda barqaror ishlaydigan va qurilmaning mavjud resurslariga mos ravishda parametrlarini avtomatik sozlaydigan mexanizm va algoritm ishlab chiqilgan;
obektlarning hududdagi joylashuvini hisobga olgan holda tizim ogohlantirishlari o‘rtasida ustuvorliklarni belgilay oladigan va yolg‘on ishga tushishlar sonini kamaytiruvchi yondashuv taklif etilgan;
aniqlikni oshirish maqsadida har xil (vizual, fazoviy va boshqalar) ma’lumotlardan olingan belgilarni birlashtirishga asoslangan ko‘p bosqichli natijalarni tahlil etish tizimi taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Yong‘in o‘choqlarini avtomatik aniqlash va ko‘p darajali ogohlantirish tizimiga ega intellektual videomonitoring uchun mo‘ljallangan dasturiy-apparat majmuani qo‘llash asosida:
“Ziyrak” dasturiy-apparat majmua ishlab chiqilgan. Dasturiy-apparat majmua Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi faoliyatiga joriy etildi (O‘zbekiston Respublikasi Samarqand viloyati hokimiyatining 2026-yil 13-yanvar № 06-06/32-sonli ma’lumotnomasi). Natijada real vaqt rejimida yong‘in xavfli holatlarni aniqlash jarayonini avtomatlashtirish va tezkorligini oshirishni ta’minladi; tajriba-sinov ekspluatatsiyasi natijalariga ko‘ra, ogohlantirishni tasdiqlashning o‘rtacha vaqti 9,8 soniyadan 5,4 soniyagacha (45% ga) qisqardi, yolg‘on ishga tushishlar ulushi 34–38% ga kamaydi, yong‘in o‘choqlarini aniqlash aniqligi 90–92% ga etdi, mas’ul xizmatlarni xabardor qilishdagi kechikish esa ko‘p darajali muvofiqlashtirish va kaskadli filtrlash hisobiga 42–50% ga kamaydi;
“Ziyrak” dasturiy-apparat majmua ishlab chiqilgan. Dasturiy-apparat majmua «TERABAYT TEXNO SERVIS» yong‘in xavfsizligi tizimiga joriy etildi (O‘zbekiston Respublikasi Samarqand viloyati hokimiyatining 2026-yil 13-yanvar № 06-06/32-sonli ma’lumotnomasi). Natijada erta aniqlash aniqligini 14,5 foiz punktga (89,3% gacha) oshirishga, deteksiya vaqtini 12,3 soniyadan 6,7 soniyagacha qisqartirishga, yolg‘on ishga tushishlar chastotasini 39% ga kamaytirishga, unumdorlikni 28,8 kadr/soniyagacha oshirgan holda energiya iste’molini 40% ga (23,7 Vt dan 14,2 Vt gacha) kamaytirishga, shuningdek yong‘inlardan kelib chiqadigan potensial zararni 78% ga va favqulodda chaqiruvlar bo‘yicha operatsion xarajatlarni 65% ga qisqartirishga olib keldi;
“Ziyrak” dasturiy-apparat majmua ishlab chiqilgan. Dasturiy-apparat majmua «SamLED» yong‘in xavfsizligi monitoringi tizimiga joriy etildi (O‘zbekiston Respublikasi Samarqand viloyati hokimiyatining 2026-yil 13-yanvar № 06-06/32-sonli ma’lumotnomasi). Natijada taqsimlangan infratuzilmaning masshtablanadigan ishlashi (1000+ kamera, degradatsiya 5% dan kam), aniqlashning o‘rtacha vaqtini 2,87 soniyadan 1,34 soniyagacha (53% ga) qisqartirish, kunduzgi sharoitda deteksiya aniqligini 94,2% gacha oshirish, ekstremal ob-havo sharoitlarida ishlash samaradorligini 8–16 foiz punktga yaxshilash, hisoblash yuklamasini 60–80% ga va energiya iste’molini 35% ga kamaytirish ta’minlandi; buning natijasida yong‘in xavfsizligini ta’minlash xarajatlari 18–22% ga qisqardi va investisiyalarning qaytish muddati 12–14 oy etib belgilandi.