Burieva Firuza Normurotovnaning filologoya fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Hozirgi o‘zbek she’riyatida an’ana va novatorlik tamoyillari (Usmon Azim, Xurshid Davron, Abduvali Qutbiddin va Faxriyor ijodi misolida)”, 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.DSc/Fil791
Ilmiy rahbar: Hasanov Shavkat Ahadovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.Fil.09.08
Rasmiy opponentlar: filologiya fanlari doktori, professor Umurova Go‘zal Xotamovna, filologiya fanlari doktori, professor Quvvatova Dilrabo Xabibovna, filologiya fanlari doktori, professor Sabirdinov Akbarali G‘afurovich.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqot maqsadi hozirgi o‘zbek she’riyatida an’ana va novatorlik tamoyillarini Usmon Azim, Xurshid Davron, Abduvali Qutbiddin va Faxriyor asarlari misolida tizimli yoritish orqali ijodkor ma’naviy-estetik olami, individual uslub va badiiy mahoratini shakllantiruvchi omillarni ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Usmon Azim, Xurshid Davron, Abduvali Qutbiddin, Faxriyor ijodi misolida an’ana va novatorlik tamoyillari she’riy poetikadagi ixtirokorlik, badiiy tafakkur tarzining erkinligi, izdoshlik, individuallik va ijodkor uslubiga bog‘liqlikda ochib berilgan;
hozirgi zamon sheʼriyatidagi an’ana va izlanishlar Usmon Azimning g‘azal va murabba’lari (“Kahkashonning changida…”, “Yomonlar zavq ila otg‘on”), Xurshid Davron (“Qisqa sonet”), Faxriyor (“Sonetariy”, “Sensizlik”) ijodidagi sonetlar, Abduvali Qutbiddinning “Erkin aruz” turkumi misolida tahlil etilib, janr tadriji va poetik tasvirdagi evrilishlarning davr bilan bog‘liq adabiy-estetik hodisalar ekanligi asoslangan;
zamonaviy she’riyatda folklorizm poetikasi, stilizatsiya masalalari Usmon Azim ijodidagi xalq qo‘shiq, terma, dostonlari an’analari, Xurshid Davron individual uslubidagi epik rivoyaviylik, Abduvali Qutbiddin va Faxriyor asarlaridagi mifologiyaga allyuziyalar orqali dalillangan;
hozirgi o‘zbek she’riyatining poetik yangilanishida tarjima va adabiy aloqalarning o‘rni Xurshid Davronning “Dengiz yaproqlari”(yapon she’riyatidan), Jaloliddin Rumiy, Isomiddin Nasimiy, Yunus Emro ijodidan tarjimalari, “Yunus Emro ohanglarida” turkumi orqali hamda she’riyatdagi struktural izlanishlar, lirik janrlarning transformatsion o‘zgarishlari, badiiy adabiyot, san’at va ilm-fandagi integratsiya Faxriyorning “Geometrik shakllar”, “Ayolg‘u” dostonlari, “Kechinma” , “Tun quyuq”, “Tong tashbihlari” singari she’rlari misolida asoslangan;
intermatnlilikning adabiy an’ana hodisasi ekanligi Xurshid Davron ijodidagi rivoyat va tarixiy voqealarga murojaatda, Faxriyor she’riyatidagi kinoyaviylik, maqol, matal, frazeologik birikmalar, hikmatli so‘zlarga novatorona yondashuvlar asosida yoritilib, intermatnlilikning presedentlik, reminissensiya ko‘rinishlari irsoli masal va talmeh san’atlariga o‘xshashligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Zamonaviy o‘zbek she’riyatida an’ana va novatorlik tamoyillarini Usmon Azim, Xurshid Davron, Abduvali Qutbiddin va Faxriyor ijodi misolida tadqiq etish, mazkur muammoning ilmiy yangiligini, amaliy ahamiyatini belgilash natijalari va xulosalari asosida:
Usmon Azim, Xurshid Davron, Abduvali Qutbiddin, Faxriyor ijodi misolida an’ana va novatorlik tamoyillari she’riy poetikadagi ixtirokorlik, badiiy tafakkur tarzining erkinligi, izdoshlik, individuallik va ijodkor uslubiga bog‘liqlikda ochib berilgan o‘rinlardan Buxoro davlat universitetida 2022-2024-yillarda Germaniya akademik almashinuv xizmati DAAD tomonidan moliyalashtirilgan ID-57663348-sonli “European Perspectives in Dialogue: Central Asia and Western Research – Muloqotda Evropa istiqbollari: Markaziy Osiyo va G‘arb tadqiqotlari” nomli xalqaro fundamental ilmiy tadqiqot loyihasida foydalanilgan. (Buxoro davlat universitetining 2025-yil 8-aprel 06/2206-son ma’lumotnomasi) Natijada Faxriyor va Abduvali Qutbiddin asarlari tahlillari zamonaviy she’r badiiyatiga oid yangi ilmiy-nazariy qarashlarning yoritilishiga xizmat qilgan.
Hozirgi zamon sheʼriyatidagi an’ana va izlanishlar Usmon Azimning g‘azal va murabba’lari (“Kahkashonning changida…”, “Yomonlar zavq ila otg‘on”), Xurshid Davron (“Qisqa sonet”), Faxriyor (“Sonetariy”, “Sensizlik”) ijodidagi sonetlar, Abduvali Qutbiddinning “Erkin aruz” turkumi misolida tahlil etilib, janr tadriji va poetik tasvirdagi evrilishlarning davr bilan bog‘liq adabiy-estetik hodisalar ekanligi asoslanganligiga ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida 2021-2023-yillarda bajarilgan “Qoraqalpoq og‘zaki nasri (janrlar tuzilishi, genezesi, obrazlar tizimi, sujet va motivlari, poetikasi)” mavzusidagi fundamental tadqiqot loyihasini bajarishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2025-yil 27-avgust 504/1-son ma’lumotnomasi). Natijada zamonaviy o‘zbek adabiyotida salaflarga ergashish, an’anaviy va xalqona she’riyatning janr-shakl tadriji, ifoda tarzining erkinlashuviga oid xulosalar chiqarish imkonini bergan.
Zamonaviy she’riyatda folklorizm poetikasi, stilizatsiya masalalari Usmon Azim ijodidagi xalq qo‘shiq, terma, dostonlari an’analari, Xurshid Davron individual uslubidagi epik rivoyaviylik, Abduvali Qutbiddin va Faxriyor asarlaridagi mifologiyaga allyuziyalar orqali dalillanganligi haqidagi xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasidagi 2022-2024-yillarda amalga oshirilgan № IL-402104209 raqamli “Axborot-qidiruv tizimlari (Google, Yandex, Google translate) uchun avtomatik ishlov berish vositasi – o‘zbek tilining morfoleksikoni va morfologik analizatori dasturiy vositasini yaratish” mavzusidagi innovatsion grant loyihasida foydalanilgan. (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 10-aprel 01/4-1325-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu ma’lumotlar zamonaviy o‘zbek she’riyatida modern va postmodern uslubidagi she’rlar poetikasiga, xususan, badiiy asar tili masalalariga oid materiallar tayyorlanishiga xizmat qilgan.
Hozirgi o‘zbek she’riyatining poetik yangilanishida tarjima va adabiy aloqalarning o‘rni Xurshid Davronning “Dengiz yaproqlari”(yapon she’riyatidan), Jaloliddin Rumiy, Isomiddin Nasimiy, Yunus Emro ijodidan tarjimalari, “Yunus Emro ohanglarida” turkumi orqali hamda she’riyatdagi struktural izlanishlar, lirik janrlarning transformatsion o‘zgarishlari, badiiy adabiyot, san’at va ilm-fandagi integratsiya Faxriyorning “Geometrik shakllar”, “Ayolg‘u” dostonlari, “Kechinma” , “Tun quyuq”, “Tong tashbihlari” singari she’rlari misolida asoslangan o‘rinlardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida Davlat ilmiy-texnik dasturi doirasidagi 2021-2023-yillarda bajarilgan PF-201912258 – O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) elektron platformasini yaratish amaliy grant loyihasida foydalanilgan. (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 12-iyul 01/4-3083-son ma’lumotnomasi). Natijada tarjimachilik, adabiy aloqalarning poetik til takomilidagi o‘rni masalalarning yoritilishiga muvaffaq bo‘lingan.
Intermatnlilikning adabiy an’ana hodisasi ekanligi Xurshid Davron ijodidagi rivoyat va tarixiy voqealarga murojaatda, Faxriyor she’riyatidagi kinoyaviylik, maqol, matal, frazeologik birikmalar, hikmatli so‘zlarga novatorona yondashuvlar asosida yoritilib, intermatnlilikning presedentlik, reminissensiya ko‘rinishlari irsoli masal va talmeh san’atlariga o‘xshashligi isbotlanganligiga doir fikrlardan O‘zbekiston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasi Samarqand bo‘limining sheʼriyat va adabiy tanqid kengashlarida, uyushma qoshidagi “Sadoqat” ijodiy to‘garagi mashg‘ulotlarida ma’lumot sifatida foydalanilgan (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2023-yil 10-martdagi №12 ma’lumotnomasi). Natijada to‘garak mashg‘ulotlarining hozirgi adabiy jarayon haqidagi mavzulari intermatnlilik haqidagi nazariy ma’lumotlar bilan boyitilishiga erishilgan.