Ochilova Gulnora Ulashevnaning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi
 himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ingliz va o‘zbek tillaridagi qarindoshlik otlarining funksional-semantik tahlili”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Fil3179
Ilmiy rahbar: Raximov Abror Axmadovich, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat chet tillar instituti, PhD.03/2025.27.12.Fil.37.02
Rasmiy opponentlar: Sulaymanova Nilufar Jabbarovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Danieva Maysara Djamalovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek tillaridagi qarindoshlik otlari atamalarining funksional-semantik, diaxron hamda sinxron aspektdagi muqoyasasi va tahlilidan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
qarindoshlik otlari atamalari tizimi sinxron va diaxron yondashuvlar uyg‘unligida tahlil qilinib, Evropa va Amerika tilshunosligida shakllangan nazariy qarashlar asosida ushbu tizimning lingvistik tuzilishi, semantik barqarorligi va funksional yuklamasi aniqlashtirilgan hamda qarindoshlik otlari atamalarining til leksik tizimidagi o‘rni va ularning ijtimoiy-madaniy mazmuni ilmiy jihatdan izohlangan;
ingliz va o‘zbek tillaridagi qarindoshlik otlari atamalari tizimi qiyosiy-tipologik nuqtai-nazardan tahlil qilinib, mazkur tizimlarning umumiy va xususiy jihatlari semantik, strukturaviy hamda etimologik mezonlar asosida qarindosh bo‘lmagan tillarda qarindoshlik otlarining shakllanishi va rivojlanishiga xos evolyusion, semantik va lisoniy qonuniyatlar asoslab berilgan;
“qarindoshlik munosabati”, “qarindoshlik otlari atamalari” va “qarindoshlik atamalar tizimi” tushunchalari o‘rtasidagi funksional-semantik va strukturaviy bog‘liqlik aniqlanib, ularning qiyosiy-tipologik va sinxron-lingvistik modeli ishlab chiqilgan hamda qarindoshlik otlari atamalarining nazariy ko‘lami va tadqiq qamrovini belgilovchi ilmiy mezon sifatida shakllantirilgan;
tilshunoslikdagi lingvistik, komponent-tahlil va semantik tahlil usullari yordamida ingliz va o‘zbek tillaridagi qon-qarindoshlik hamda nikohdan keyingi qarindoshlik otlari atamalarining funksional-semantik tavsifi amalga oshirilgan, ularning denotativ, konnotativ va pragmatik xususiyatlari hamda sintaktik, nutqda qo‘llanish mexanizmlari ishlash prinsipi ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot jarayonida ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida:
qarindoshlik otlari atamalari tizimini o‘rganish bo‘yicha sinxron va diaxron aspektdagi yondashuv va evropa, amerika tilshunosligida ishlab chiqilgan yo‘nalishlar haqidagi ma’lumotlar asosida, mazkur tizimning universal nazariy asosi shakllantirilishiga qaratilgan ilmiy natijalar Qarshi davlat universitetida amalga oshirilgan “Reinforcing English Language competence at Karshi State University” nomli xalqaro grant loyihasida foydalanilgan (Qarshi davlat universiteti 2025-yil 23- maydagi 04/2105-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ingliz va o‘zbek tillaridagi qarindoshlik otlari atamalarining  nazariy bilimlari mustahkamlanib, nazariy asosning shakllanishiga erishilgan;
muqoyasa qilinayotgan tillar misolida qarindosh bo‘lmagan tillarga mansub qarindoshlik otlari atamalari tizimi va ularning xususiyatlari haqida umumiy hamda xususiy ma’lumotlar tizimlashtirilib, mazkur kategoriyalarning chog‘ishtirma – qiyosiy etimologik asosi talqin qilishga oid xulosalaridan 2025-yil 3-iyunda “Samarqand viloyati teleradiokanali”ning “Assalom, Samarqand!” nomli ko‘rsatuvi va Samarqand radiosining “Kun mavzusi” eshittirishi senariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi Samarqand viloyati teleradiokanlai 2025-yil 3-iyundagi 01-07/201-son ma’lumotnomasi). Natijada tinglovchilarning muqoyasa qilinayotgan tillar misolidagi qarindosh bo‘lmagan qarindoshlik otlar tizimi bilimlariga ega bo‘lishi va bilimlari boyishiga xizmat qilgan;
“qarindoshlik munosabati”, “qarindoshlik otlari atamalari” va “qarindoshlik atamalar tizimi” tushunchalarining qiyosiy-tipologik hamda sinxron lingvistik silueti yaratilganligi haqidagi dissertatsiyasida erishilgan natijalar va ishlab chiqilgan tavsiyalardan Britaniya Kengashi (British Council) hamkorligida amalga oshirilgan “English as a school subject” 1683580-raqamli xalqaro loyihasi doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti 2025-yil 17-sentyabrdagi 11-25/36-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quvchi-talabalarga ingliz madaniyatiga xos qarindoshlik munosabatlari hamda qarindoshlik otlari atamalariga oid ma’lumotlarni yetkazishda nazariy asos sifatida foydalanilgan.
lingvistik, komponent va semantik tahlil usullaridan foydalangan holda o‘rganilayotgan tillardagi qon-qarindoshlik otlari atamalari hamda nikohdan keyingi qarindoshlik otlari atamalarining lingvistik, semantik-funksional jihatlarining lisoniy portreti tizimlashtirilganligiga oid xulosalaridan O‘zbekistondavlat jahon tillari universitetida davlat ilmiy-texnik dasturlar doirasida 2021-2022- yillarda bajarilgan AL-412104512 raqamli “O‘zbekistonning geografik obektlari uchun ko‘p tildagi elektron lug‘at yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti 2025-yil 17-sentyabrdagi 11-25/35-son ma’lumotnomasi). Natijada ingliz tilidagi lotincha va yunoncha o‘zlashmalarning semantik-struktur o‘xshash va farqli xususiyatlari o‘rganilib, kontrastiv tahlillar asosida aniqlangan semantik, fonetik va grammatik yaqinlik munosabatlarining geografik obektlar nomlanishida qo‘llanishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish