Xolmanova Shoxsanam Qobiljon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Gi de Mopassan va Gustav Flober asarlari poetikasi”, 10.00.04 – Evropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti ixtisosligi
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Fil3107
Ilmiy rahbar: Qarshibaeva Uljan Davirovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat chet tillar instituti, PhD.03/2025.27.12.Fil.37.02
Rasmiy opponentlar: Musurmanov Erkin Rabbimovich, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Juraeva Maloxat Muhammadovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor;
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi XIX asr fransuz adabiyoti poetik xususiyatlarini Gi de Mopassan va Gustav Flober asarlari misolida tahlil qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Evropa romantizmida ilk realizm belgilari, ularning jamiyat va madaniy qoliplarga ta’siri hamda XIX asr o‘rtalaridagi adabiy jarayonda badiiy voqelikning rang-barangligi, obrazlar tasviridagi oppozisiya, syujet tasviridagi negativlik va hissiylikning ustuvorligi Gi de Mopassan va Gustav Flober asarlari qahramonlari misolida tahlil qilinib, ilmiy-nazariy va poetik jihatdan asoslandi;
Gi de Mopassan asarlarida realizm poetikasiga xos jihatlar voqelikning ixcham va bezaksiz tasviri, psixologik tahlil, ironik ijtimoiy tanqid, kundalik voqealarga asoslangan syujet va kutilmagan yakunlar hamda jamiyatning ma’naviy-ijtimoiy holatini aks ettiruvchi vaziyatlar poetik tahlil asosida ochib berildi;
Bovari xonim romanida Emma Bovari xarakteriga ijtimoiy omillarning ta’siri, romantik xayolparastlik, hashamatga intilish va muhabbatni ideal tarzda tasavvur qilish kabi individual sifatlarning tashqi ta’sir ostida salbiy yo‘nalishga burilishi dalillandi;
fransuz romantizmiga xos bo‘lgan voqelikdagi fojiaga ruhiy sezgirlik, despotiya va zulmga qarshi ichki isyon motivlari Gi de Mopassan va Gustav Flober asarlarida universalizm va antiteza tamoyillari asosida tahlil qilinib, qahramonlarga xos sezgirlik, erkinlikka intilish hamda ideal bilan haqiqat o‘rtasidagi ziddiyat kabi individual sifatlarning umumlashtirilishi natijasida badiiy obrazlarning ijtimoiy tiplarga aylanishi nazariy jihatdan aniqlandi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Gi de Mopassan va Gustav Flober asarlari qahramonlarining universalizmi, badiiy zamoni va makoni hamda ularning poetik tadqiqi yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
Gi de Mopassan badiiy asarlari doirasida mavjud davr poetikasining o‘ziga xosliklari va jamiyatning ma’naviy˗ijtimoiy holatini ifodalovchi lingvopoetik holatlar, o‘sha davr badiiyatini ifodalovchi hodisalar hamda har bir yozuvchining individual ijod xususiyatlariga doir ilmiy˗nazariy dalillardan 2021˗2023˗yillarda Qarshi davlat universitetida amalga oshirilgan SUZ˗800˗21GR˗3181 “Reinforcing English Language competence at Karshi State University” nomli xalqaro grant loyihasi doirasida foydalanilgan (Qarshi davlat universitetining 2025˗yil 2˗maydagi 04/1758˗son ma’lumotnomasi). Natijada tanlangan adabiyotlardagi mavjud misollar va ularning metodologik tahlili, poetik xususiyati hamda adabiyotshunoslik sohasida hanuz muammoli hisoblangan badiiy xronotop xususiyatlarini ochib berish va tushinish uchun xizmat qilgan. Tahlilga tortilgan asarlar fransuz xalqining madaniyati, adabiyoti, tarixi va tilini chuqur anglash imkonini bergan;
“Bovari xonim” asari qahramoni Emma Bovari taqdiriga, xarakteriga ijtimoiy muhitning ta’siri ochib berish, bunda qahramonning muhitga boʻlgan qarashi hamda undagi mavjud xarakter xususiyatlarning tashqi muhit tomonidan ta’sirlanganligi poetik jihatdan oʻrganish va uning bugungi jamiyatga, yoshlar ongiga ta’sirini tahlil qilishga oid natijalari va ishlab chiqilgan tavsiyalardan Samarqand davlat chet tillar institutida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022˗yil 12˗dekabrdagi 2/24˗4/7˗690˗sonli xatiga asosan 2022˗2024 yillarda amalga oshirilgan va Toshkent shahridagi AQSh elchixonasi hamda Xalqaro ta’lim bo‘yicha Amerika Kengashi bilan hamkorlikda AQSh davlat departamenti tomonidan moliyalashtiriladigan “English Access Microscholarship Program” amaliy loyihasi doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2025˗yil 20˗iyun 1261/02˗son ma’lumotnomasi). Natijada amaliy loyihaning mazmunini boyitishga va unda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashga metodologik manba boʻlib xizmat qilgan;
Evropa romantizimida ilk realizm ko‘rinishlarining belgilari va uning jamiyat, madaniyat qoliplariga bo‘lgan ta’siri va badiiy voqelikning XIX asr o‘rtalarida adabiy jarayonlarda rang barangligi hamda Mopassan va Flober ijodidagi obrazlar tasvirida oppozisiya, syujet tasvirida negativlik va hissiy qobiqqa o‘ralib olish kabi holatlarini tahlil qilishga oid taklif˗tavsiyalardan “Samarqand viloyati teleradiokanali” DMda 2024˗yilning noyabr oyida efirga uzatilgan “Ta’lim va taraqqiyot” ko‘rsatuvi navbatdagi sonining dastur ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining 2025˗yil 6˗maydagi № 01˗07/182˗son ma’lumotnomasi). Natijada keng jamoatchilik orasida Evropa romantizm davrida paydo bo‘lgan ilk realizm ko‘rinishlari, belgilarini hamda ularning jamiyat va madaniyatga ta’sirini ochib berishga xizmat qilgan;
fransuz romantizmiga xos yorqin shaxslar voqelikdagi fojiani chuqur his qilishi, despotiyaga, zulmga qarshi faol kurashlarida namoyon bo‘ladigan vaziyatlarini o‘rganish, bunda ba’zi adabiy qahramonlar o‘ziga xos, individual hislatlari bilan bir vaqtda abstraklanib, umumlashib, ijtimoiy tiplarga aylanishini tahlil qilish xulosalaridan Fransiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi adabiyot sohasida madaniy aloqalar dasturida foydalanilgan (“Alliance Française de Samarcande”ning 2025˗yil 23˗maydagi № 3˗son ma’lumotnomasi). Natijada Gi de Mopassan va Gustav Flober asarlarida universalizm va antitezaga xos xususiyatlarni tahlil qilish orqali jahon adabiyotidagi badiiy talqin haqidagi ilmiy tasavvur va tushunchalarni boyitishga yordam bergan.