Yunusova Umida Axmadjanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Buxoro viloyati bolalarida tish qatori nuqsonlarini ortopedik davolash orqali tish-jag‘ anomaliyalari va deformatsiyalarini oldini olish», 14.00.21 – Stomatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Tib3883.
Ilmiy rahbar: Olimov Siddiq Sharifovich, tibbiyot fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.06/2025.27.12.Tib.05.03.
Rasmiy opponentlar: Kamalova Feruza Raxmatilloevna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Nigmatov Raxmatilla Nigmatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: I.K.Axunbaev nomidagi Qirg‘iz tibbiyot akademiyasi (Qirg‘iziston).
II. Tadqiqotning maqsadi: bolalarda tish qatori nuqsonlarini ortopedik davolash orqali tish-jag‘ deformatsiyasining oldini olish va samaradorligini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor o‘rganilayotgan kontingentda tish-jag‘ deformatsiyasining paydo bo‘lishiga sabab bo‘luvchi odatlarning yosh va jins nuqtai nazaridan talqin qilinadigan ma’lumotlar olinib, «tish-jag‘ deformatsiyalarining rivojlanishi bo‘yicha xavf guruhi» hamda «ortodontiyada muddatli shaxsiylashtirilgan tibbiy ko‘rik» tushunchalari asoslangan;
ilk bor tish qatori nuqsonlari mavjud bolalarda, kefalometriya bolalarda yuzning kengligi, uning balandligi me`yor chegaralarida bo‘lgani, MFI yuzning o‘rtacha kengligiga mos kelganini ko‘rsatgan, yuz profili tipida o‘zgarishlar 2,67, yuqori lab xolatida 2,19, pastki lab xolatida 2,72 va iyak joylashuvi xolatida 2,98 martagacha ko‘pni tashkil etgani, o‘zgarishlar tendensiyasi bir xil bo‘lgani holda ular intensivligi farqli bo‘lgani aniqlangan;
ilk bor bolalarning ortodontik yordam bilan qamrab olishning va unga bo‘lgan ob’ektiv ehtiyoj me’yorlarining, individual darajada profilaktik tadbirlarni rejalashtirishda muhim asos bo‘lib, ota-onalardan stomatologik kasalliklar to‘g‘risidagi bilim ko‘nikmalari uchun olingan so‘rovnomalar hamda tish-jag‘ deformatsiyalarining oldini olish bo‘yicha gigienik bilimlarning ko‘lami aniqlangan;
ilk bor bolalar orasida tashhislanadigan ushbu patologiyaning tibbiy-ijtimoiy jihatlarini o‘rganish orqali birlamchi va ikkilamchi profilaktikasini tashkil etish asoslari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga tadbig‘i bo‘yicha 2025 yil 17 noyabrdagi 29/58– son xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor o‘rganilayotgan kontingentda tish-jag‘ deformatsiyasining paydo bo‘lishiga sabab bo‘luvchi odatlarning yosh va jins nuqtai nazaridan talqin qilinadigan ma’lumotlar olinib, «tish-jag‘ deformatsiyalarining rivojlanishi bo‘yicha xavf guruhi» hamda «ortodontiyada muddatli shaxsiylashtirilgan tibbiy ko‘rik» tushunchalari asoslangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: Buxoro viloyati bolalarida tish-jag‘ deformatsiyasida ortopedik moslamalar konstruksiyasini tanlash, modifikatsion variantini tavsiflash va deformatsiyalarning oldini olish ishlab chiqildi va amaliyotga qo‘llash uchun tavsiya etildi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Andijon viloyat bolalar stomatologiya markazi bo‘yicha buyruq (07.10.2025 y.; №24-son), Xorazm viloyat bolalar stomatologiya poliklinikasi bo‘yicha buyruq (07.10.2025 y.; №74-I-son) hamda Buxoro viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha buyruq (27.03.2025 y.; №40-son) klinik amaliyotiga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: olingan natijalar tish-jag‘ deformatsiyasi mavjud bolalarda mavjud ortopedik moslamalar konstruksiyasini tanlash, modifikatsion variantini tavsiflash va deformatsiyalarning oldini olishga imkon berdi. Yuqoridagi tekshirish usullari ushbu kontingentdagi bolalarda stomatologik yordamni tashkil qilish hamda kasalliklarning asoratlarini oldini olish uchun xizmat qildi. Iqtisodiy samaradorligi: tish-jag‘ deformatsiyasi mavjud bolalarda mavjud ortopedik moslamalar konstruksiyasini tanlash, modifikatsion variantini tavsiflash va deformatsiyalarning oldini olishda tavsiya etilayotgan ushbu yangi zamonaviy tashxislash va davolash usulining ishlab chiqilganligi stomatologik tekshirish o‘tkazish jarayonida har bir bolaga sarflangan mablag‘ning 250000 so‘mgacha tejalishini ko‘rsatdi. Bu esa mablag‘i tejalishi, mukammallashtirilgan tashxislash jarayonini ta’minladi. Vaqtni esa 3 kunga qisqartirdik. Xulosa: “Tish qatori nuqsonlarini ortopedik davolash orqali tish-jag‘ anomaliyalari va deformatsiyalarini oldini olishga qaratilgan zamonaviy yondashuv usullari” deb nomlangan uslubiy tavsiyanomagiga ko‘ra birinchi doimiy molyar tishlarning toj kismini edirilish darajasi 0,6-1,2 gacha bo‘lganda qistirma bilan 18% bolalarda,qoplama bilan 66% va shtifli tishlar bilan 16% tadqikotda qatnashgan bemorlarda ortopedik muolajalar o‘tkazilib,chaynov samaradorligi 87-93,2 % gacha, prikus balandligi 2-gurux bemorlarda 92,53 % tiklangan.
ikkinchi ilmiy yangilik: ilk bor tish qatori nuqsonlari mavjud bolalarda, kefalometriya bolalarda yuzning kengligi, uning balandligi me`yor chegaralarida bo‘lgani, MFI yuzning o‘rtacha kengligiga mos kelganini ko‘rsatgan, yuz profili tipida o‘zgarishlar 2,67, yuqori lab xolatida 2,19, pastki lab xolatida 2,72 va iyak joylashuvi xolatida 2,98 martagacha ko‘pni tashkil etgani, o‘zgarishlar tendensiyasi bir xil bo‘lgani holda ular intensivligi farqli bo‘lgani aniqlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati tish qatori nuqsonlari mavjud bemorlarni almashinuv prikusi vaqtida kompleks tish-jag‘ deformatsiyasida ortopedik moslamalar konstruksiyasini tanlash, modifikatsion variantini qo‘llash shu kontingentdagi bolalarda tibbiy, ijtimoiy va iqtisodiy samaradorligi bilan izohlanadi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Andijon viloyat bolalar stomatologiya markazi bo‘yicha buyruq (07.10.2025 y.; №24-son), Xorazm viloyat bolalar stomatologiya poliklinikasi bo‘yicha buyruq (07.10.2025 y.; №74-I-son) hamda Buxoro viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha buyruq (27.03.2025 y.; №40-son) klinik amaliyotiga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: olingan natijalar tish-jag‘ deformatsiyasi mavjud bolalarda mavjud ortopedik moslamalar konstruksiyasini tanlash, modifikatsion variantini tavsiflash va deformatsiyalarning oldini olishga imkon berdi. Yuqoridagi tekshirish usullari ushbu kontingentdagi bolalarda stomatologik yordamni tashkil qilish hamda kasalliklarning asoratlarini oldini olish uchun xizmat qildi. Iqtisodiy samaradorligi: tish-jag‘ deformatsiyasi mavjud bolalarda mavjud ortopedik moslamalar konstruksiyasini tanlash, modifikatsion variantini tavsiflash va deformatsiyalarning oldini olishda tavsiya etilayotgan ushbu yangi zamonaviy tashxislash va davolash usulining ishlab chiqilganligi stomatologik tekshirish o‘tkazish jarayonida har bir bolaga sarflangan mablag‘ning 250000 so‘mgacha tejalishini ko‘rsatdi. Bu esa mablag‘i tejalishi, mukammallashtirilgan tashxislash jarayonini ta’minladi. Vaqtni esa 3 kunga qisqartirdik. Xulosa: “Tish qatori nuqsonlarini ortopedik davolash orqali tish-jag‘ anomaliyalari va deformatsiyalarini oldini olishga qaratilgan zamonaviy yondashuv usullari” deb nomlangan uslubiy tavsiyanomagiga ko‘ra birinchi doimiy molyar tishlarning toj kismini edirilish darajasi pastki jag‘da 72-75 %,yuqori jag‘ tish qatorida 58,9-63% gachaligi aniqlangan.
uchinchi ilmiy yangilik: ilk bor bolalarning ortodontik yordam bilan qamrab olishning va unga bo‘lgan ob’ektiv ehtiyoj me’yorlarining, individual darajada profilaktik tadbirlarni rejalashtirishda muhim asos bo‘lib, ota-onalardan stomatologik kasalliklar to‘g‘risidagi bilim ko‘nikmalari uchun olingan so‘rovnomalar hamda tish-jag‘ deformatsiyalarining oldini olish bo‘yicha gigienik bilimlarning ko‘lami aniqlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: Buxoro viloyati bolalarida tish-jag‘ deformatsiyasida erta funksional buzilishlarning yuz-jag‘ deformatsiyalarni tashxislash orqali ko‘rsatkichlar aniqlandi va baholandi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Andijon viloyat bolalar stomatologiya markazi bo‘yicha buyruq (07.10.2025 y.; №24-son), Xorazm viloyat bolalar stomatologiya poliklinikasi bo‘yicha buyruq (07.10.2025 y.; №74-I-son) hamda Buxoro viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha buyruq (27.03.2025 y.; №40-son) klinik amaliyotiga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: olingan natijalar tish-jag‘ deformatsiyasi mavjud bolalarda mavjud ortopedik moslamalar konstruksiyasini tanlash, modifikatsion variantini tavsiflash va deformatsiyalarning oldini olishga imkon berdi. Yuqoridagi tekshirish usullari ushbu kontingentdagi bolalarda stomatologik yordamni tashkil qilish hamda kasalliklarning asoratlarini oldini olish uchun xizmat qildi. Iqtisodiy samaradorligi: tish-jag‘ deformatsiyasi mavjud bolalarda mavjud ortopedik moslamalar konstruksiyasini tanlash, modifikatsion variantini tavsiflash va deformatsiyalarning oldini olishda tavsiya etilayotgan ushbu yangi zamonaviy tashxislash va davolash usulining ishlab chiqilganligi stomatologik tekshirish o‘tkazish jarayonida har bir bolaga sarflangan mablag‘ning 250000 so‘mgacha tejalishini ko‘rsatdi. Bu esa mablag‘i tejalishi, mukammallashtirilgan tashxislash jarayonini ta’minladi. Vaqtni esa 3 kunga qisqartirdik. Xulosa: “Tish qatori nuqsonlarini ortopedik davolash orqali tish-jag‘ anomaliyalari va deformatsiyalarini oldini olishga qaratilgan zamonaviy yondashuv usullari” deb nomlangan uslubiy tavsiyanomagiga ko‘ra tadqiqotda erta sut molyarlarning yo‘qotilishida asosiy guruhda qisman olib qo‘yiladigan protezlar bilan protezlashga muhtojlik 85,35%ni olinmaydigan ortopedik moslamalar bilan protezlash 14,65 % bo‘lishi aniqlandi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ilk bor bolalar orasida tashhislanadigan ushbu patologiyaning tibbiy-ijtimoiy jihatlarini o‘rganish orqali birlamchi va ikkilamchi profilaktikasini tashkil etish asoslari ishlab chiqilgan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: tish qatori nuqsonlari kuzatilgan bolalarda yomon o‘rganib qolingan odatlarni bartaraf etish va tish-jag‘ deformatsiyasining oldini olish bo‘yicha ko‘p bosqichli kompleks dasturni ishlab chiqishda yangicha yondashish yo‘llari ishlab chiqildi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Andijon viloyat bolalar stomatologiya markazi bo‘yicha buyruq (07.10.2025 y.; №24-son), Xorazm viloyat bolalar stomatologiya poliklinikasi bo‘yicha buyruq (07.10.2025 y.; №74-I-son) hamda Buxoro viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha buyruq (27.03.2025 y.; №40-son) klinik amaliyotiga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: olingan natijalar tish-jag‘ deformatsiyasi mavjud bolalarda mavjud ortopedik moslamalar konstruksiyasini tanlash, modifikatsion variantini tavsiflash va deformatsiyalarning oldini olishga imkon berdi. Yuqoridagi tekshirish usullari ushbu kontingentdagi bolalarda stomatologik yordamni tashkil qilish hamda kasalliklarning asoratlarini oldini olish uchun xizmat qildi. Iqtisodiy samaradorligi: tish-jag‘ deformatsiyasi mavjud bolalarda mavjud ortopedik moslamalar konstruksiyasini tanlash, modifikatsion variantini tavsiflash va deformatsiyalarning oldini olishda tavsiya etilayotgan ushbu yangi zamonaviy tashxislash va davolash usulining ishlab chiqilganligi stomatologik tekshirish o‘tkazish jarayonida har bir bolaga sarflangan mablag‘ning 250000 so‘mgacha tejalishini ko‘rsatdi. Bu esa mablag‘i tejalishi, mukammallashtirilgan tashxislash jarayonini ta’minladi. Vaqtni esa 3 kunga qisqartirdik. Xulosa: “Tish qatori nuqsonlarini ortopedik davolash orqali tish-jag‘ anomaliyalari va deformatsiyalarini oldini olishga qaratilgan zamonaviy yondashuv usullari” deb nomlangan uslubiy tavsiyanomagiga ko‘ra tadqiqot davomida karies va uning asorati natijasida sut tishlarni almashish vaqtidan erta olinishi yoki yo‘qotilishi 92 % gacha, trammatik jaroxat natijasida 6-8 % ko‘rsatkichda bo‘ldi, karies bilan tishlarning zararlanishi ko‘rsatilgan.