Kim Andrey Rudolfovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “YuIK va metabolik sindromli bemorlarda dislipidemiya va yallig‘lanishning klinik va prognostik ahamiyatlari: qoldik xavfini kamaytirish imkoniyatlari”  14.00.06 – Kardiologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2023.1.DSc/Tib3314.
Ilmiy rahbar: Shek Aleksandr Borisovich, tibbiyot fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy – amaliy tibbiyot markazi.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, Ilmiy kengash raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.06/2025.27.12.Tib.09.01.
Rasmiy opponentlar: Nurillaeva Nargiza Muxtarxanovna, tibbiyot fanlar doktori, professor; Kenjaev Sirojiddin Rashidovich, tibbiyot fanlar doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbek populyasiyasida YuIK va metabolik sindromli bemorlarda dislipidemiya va qoldiq xavf xususiyatlarini o‘rganish hamda ularni uch bosqichli gipolipidemik terapiya va semizlik hamda insulin qarshiligini kamaytiruvchi zamonaviy vositalar yordamida korreksiya qilish imkoniyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor trigliseridlar va yuqori zichlikdagi lipoproteidlar indeksi metabolik sindrom bilan trigliseridlar va yuqori zichlikdagi lipoproteidlarni alohida olganga qaraganda uzviyroq bog‘liq ekani, shuningdek interleykin-6 174 G/C genetik polimorfizmining C-alleli tashuvchanligi metabolik sindrom xavfining genetik prediktori sifatida aniqlangan;
 yurak ishemik kasalligi va metabolik sindromli bemorlarda yurak-qon tomir hodisalari rivojlanish ehtimoli yuqori bo‘lib, ularni epikardial yog‘ qalinligi, trigliseridlar va yuqori zichlikdagi lipoproteidlar indeksi va lipoprotein (a) kabi modifikatsiyalanadigan uch xavf omillari asosida bashorat qilish mumkinligi aniqlangan;
 ilk bor pilot tadqiqotda yurak ishemik kasalligi va metabolik sindromli bemorlarda trigliseridlar va yuqori zichlikdagi lipoproteidlar indeksi (>5,1)  yuqori bo‘lganda kompleks terapiyaga bir yil davomida fenofibrat qo‘shishning samaradorligi ko‘rsatildi, bu esa  bir vaqtning o‘zida trigliseridlarning pasayishi va yuqori zichlikdagi lipoproteidlarning oshishi, ya’ni surrogat xavf markeriga nisbatan sinergizm shakllanishi bilan kechganligi aniqlangan;
 ilk bor trigliseridlar va yuqori zichlikdagi lipoproteidlar indeksi (≥5,1), epikardial yog‘ qatlami qalinligi (≥9,1 mm) va lipoprotein (a) (≥30 mg/dl) yuqori bo‘lgan uch xavf omilining kombinatsiyasi kuzatilgan eng murakkab holatlarda fenofibrat, natriy-glyukoza ko-transportyori 2 tur ingibitorlari va inklisirandan iborat uch komponentli terapiyaning modifikatsiyalanadigan xavf omillariga nisbatan samarali aniqlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:                                          
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashning 2025-yil 24-oktyabrdagi 27- sonli yig‘ilish bayonnomasiga asosan Ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga tadbig‘i bo‘yicha № 27/24  sonli xulosasiga binoan:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor trigliseridlar va yuqori zichlikdagi lipoproteidlar indeksi metabolik sindrom bilan trigliseridlar va yuqori zichlikdagi lipoproteidlarni alohida olganga qaraganda uzviyroq bog‘liq ekani, shuningdek interleykin-6 174 G/C genetik polimorfizmining C-alleli tashuvchanligi metabolik sindrom xavfining genetik prediktori sifatida aniqlangan bo‘lib, ushbu tadqiqot usuli bo‘yicha takliflar Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi qoshidagi Ilmiy ekspertlar muvofiqlashtiruvchi kengashning 2025 yil 24 apreldagi №3-son bayonnomasi bilan tasdiqlangan metodik tavsiyalar tarkibiga kiritildi. Taklif RIKIATM Qarshi filialida 2025-yil 30-apreldagi 39/1t-sonli buyrug‘i  va RIKIATM Namangan filialida 2025-yil 24-apreldagi 44i/t-sonli buyrug‘i asosida amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: Metabolik sindromni erta bosqichlarda aniqlash, kelgusida uning komponentlarining yurak-qon tomir kasalliklariga ta’sirini kamaytirishga qaratilgan samarali davolash va profilaktika taktikasi tanlanishiga sharoit yaratadi. Iqtisodiy samaradorligi: trigliseridlar va yuqori zichlikdagi lipoproteidlar indeksi bo‘yicha erta tashxislash metabolik sindromga chalingan bemorlarni aniqlash va uni korreksiyasiga qaratilgan terapiyani boshlash imkonini yaratadi va metabolik sindromli yurak-qon tomir kasalliklari bo‘lgan bemorlarda gospitalizatsiya holatlarini 1,5 barobar kamaytirishga olib keladi, bu esa har bir bemorning takroriy gospitalizatsiyasida o‘rtacha 1329998 so‘m mablag‘ tejalishini anglatadi. Ammo bu faqat statsionardagi yotqizish xarajatlarini qamrab oladi, laborator-instrumental tekshiruvlar, reabilitatsiya va ishdan qolgan kunlar qiymatini hisobga olganda, umumiy iqtisodiy samaradorlik  3000000 - 5000000 so‘mgacha tejam ko‘rsatkichini ta’minlaydi. O‘z vaqtida amalga oshirilgan tashxislash va davolash bemorlarning gospitalizatsiya holatlarini kamaytiradi, hayot sifatini sezilarli darajada yaxshilaydi hamda sog‘liqni saqlash tizimiga bo‘lgan yukni pasaytiradi. 
ikkinchi ilmiy yangilik: yurak ishemik kasalligi va metabolik sindromli bemorlarda yurak-qon tomir hodisalari rivojlanish ehtimoli yuqori bo‘lib, ularni epikardial yog‘ qalinligi, trigliseridlar va yuqori zichlikdagi lipoproteidlar indeksi va lipoprotein (a) kabi modifikatsiyalanadigan uch xavf omillari asosida bashorat qilish mumkinligi aniqlangan bo‘lib, ushbu tadqiqot usuli bo‘yicha takliflar Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi qoshidagi Ilmiy ekspertlar muvofiqlashtiruvchi kengashning 2025 yil 24 apreldagi №3-son bayonnomasi bilan tasdiqlangan metodik tavsiyalar tarkibiga kiritildi. Taklif RIKIATM Qarshi filialida 2025-yil 30-apreldagi 39/1t-sonli buyrug‘i  va RIKIATM Namangan filialida 2025-yil 24-apreldagi 44i/t-sonli buyrug‘i asosida amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: Uchta modifikatsiyalanuvchi xavf omillarini aniqlash — yuqori xavf guruhiga kiruvchi bemorlarni aniqlash, tashxislash va xavf stratifikatsiyasini takomillashtirish imkonini beradi va yurak-qon tomir hodisalari rivojlanishidan oldin profilaktika choralarini ko‘rishga xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorligi: trigliseridlar va yuqori zichlikdagi lipoproteidlar indeksi, epikardial yog‘ qalinligi va lipoprotein (a) darajalari oshgan bemorlarni aniqlash va tashxislash sifatini yaxshilash hamda yurak-qon tomir asoratlari xavfi yuqori bo‘lgan bemorlarni erta bosqichda aniqlashga xizmat qiladi va ushbu ko‘rsatkichlarga ta’sir etish orqali gospitalizatsiya holatlarini 1,5 barobar kamaytirishga olib keladi, bu esa har bir bemorning takroriy gospitalizatsiyasida o‘rtacha 1329998 so‘m mablag‘ tejalishini anglatadi. Ammo bu faqat statsionardagi yotqizish xarajatlarini qamrab oladi, laborator-instrumental tekshiruvlar, reabilitatsiya va ishdan qolgan kunlar qiymatini hisobga olganda, umumiy iqtisodiy samaradorlik 3000000 – 5000000 million so‘mgacha tejam ko‘rsatkichini ta’minlaydi. O‘z vaqtida amalga oshirilgan tashxislash va davolash bemorlarning gospitalizatsiya sonini kamaytiradi, hayot sifatini sezilarli darajada yaxshilaydi hamda sog‘liqni saqlash tizimiga bo‘lgan yukni pasaytiradi. 
uchinchi ilmiy yangilik: ilk bor pilot tadqiqotda yurak ishemik kasalligi va metabolik sindromli bemorlarda trigliseridlar va yuqori zichlikdagi lipoproteidlar indeksi (>5,1)  yuqori bo‘lganda kompleks terapiyaga bir yil davomida fenofibrat qo‘shishning samaradorligi ko‘rsatildi, bu esa  bir vaqtning o‘zida trigliseridlarning pasayishi va yuqori zichlikdagi lipoproteidlarning oshishi, ya’ni surrogat xavf markeriga nisbatan sinergizm shakllanishi bilan kechganligi aniqlangan bo‘lib, ushbu tadqiqot usuli bo‘yicha takliflar Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi qoshidagi Ilmiy ekspertlar muvofiqlashtiruvchi kengashning 2025 yil 24 apreldagi №3-son bayonnomasi bilan tasdiqlangan metodik tavsiyalar tarkibiga kiritildi. Taklif RIKIATM Qarshi filialida 2025-yil 30-apreldagi 39/1t-sonli buyrug‘i  va RIKIATM Namangan filialida 2025-yil 24-apreldagi 44i/t-sonli buyrug‘i asosida amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: Standart gipolipidemik terapiyani fenofibrat bilan birga qo‘llash trigliseridlar va yuqori zichlikdagi lipoproteidlar indeksini pasaytiradi, bu esa gospitalizatsiya holatlarini kamaytirib, samarali mehnat kunlari sonini oshiradi. Iqtisodiy samaradorligi: yurak ishemik kasalligi va metabolik sindromli bemorlarda noxush markerlariga (trigliseridlar va yuqori zichlikdagi lipoproteidlar indeksi)ga  karatilgan davolash gospitalizatsiya holatlarini 1,5 barobar kamaytirishga olib keladi, bu esa har bir bemorning takroriy gospitalizatsiyasida o‘rtacha 1329998 so‘m mablag‘ tejalishini anglatadi. Ammo bu faqat statsionardagi yotqizish xarajatlarini qamrab oladi, laborator-instrumental tekshiruvlar, reabilitatsiya va ishdan qolgan kunlar qiymatini hisobga olganda, umumiy iqtisodiy samaradorlik 3–5 million so‘mgacha tejam ko‘rsatkichini ta’minlaydi. 
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ilk bor trigliseridlar va yuqori zichlikdagi lipoproteidlar indeksi (≥5,1), epikardial yog‘ qatlami qalinligi (≥9,1 mm) va lipoprotein (a) (≥30 mg/dl) yuqori bo‘lgan uch xavf omilining kombinatsiyasi kuzatilgan eng murakkab holatlarda fenofibrat, natriy-glyukoza ko-transportyori 2 tur ingibitorlari va inklisirandan iborat uch komponentli terapiyaning modifikatsiyalanadigan xavf omillariga nisbatan samarali aniqlangan bo‘lib, ushbu tadqiqot usuli bo‘yicha takliflar Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi qoshidagi Ilmiy ekspertlar muvofiqlashtiruvchi kengashning 2025 yil 24 apreldagi №3-son bayonnomasi bilan tasdiqlangan metodik tavsiyalar tarkibiga kiritildi. Taklif RIKIATM Qarshi filialida 2025-yil 30-apreldagi 39/1t-sonli buyrug‘i  va RIKIATM Namangan filialida 2025-yil 24-apreldagi 44i/t-sonli buyrug‘i asosida amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: Inklisiran, fenofibrat va natriy-glyukoza ko-transportyori 2 tur ingibitorlarini qo‘llash lipid almashinuvi ko‘rsatkichlari, yallig‘lanish va insulinrezistentlik markyorlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatib, qoldiq yurak-qon tomir xavfini pasaytiradi va shu orqali yurak ishemik kasalligi va metabolik sindromli bemorlarda katta yurak qon tomir hodislari holatlarini kamaytirish imkonini yaratadi. Iqtisodiy samaradorligi: Inklisiran qo‘llanilishi lipoprotein (a) darajasini kamaytiradi, katta yurak qon tomir hodislarining mustaqil markyori bo‘lib, ayniqsa revaskulyarizatsiya ehtimoli bilan bog‘liq. Shu tariqa, kardiovaskulyar va qoldiq xavfning pasayishi gospitalizatsiya hamda invaziv aralashuvlar ehtiyojini kamaytiradi va har bir tomirli teri orqali koronar angioplastikaholatida o‘rtacha 5665000 so‘mgacha iqtisodiy samaradorlikni ta’minlaydi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish