Duysenbaeva Aziza Ixtiyar qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumӣ ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Arterial gipertenziya va surunkali buyrak kasalligi bo‘lgan bemorlarda arterial qattiqlikning klinik va diagnostik ahamiyati», 14.00.06 – Kardiologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Tib 2409.
Ilmiy rahbar: Srojidinova Nigora Zaynutdinovna, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, Ilmiy kengash raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.06/2025.27.12.Tib.09.01.
Rasmiy opponentlar: Nurillaeva Nargiza Muxtarxanovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Sobirov Maksud Atabaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadkiqotning maqsadi: arterial gipertoniya bilan og‘rigan bemorlarda buyraklarning funksional holatiga ko‘ra arterial qattiqlikning o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadkiqotning ilmiy yangiligi:
arterial gipertenziya va surunkali buyrak kasalligi S3b-S5 bo‘lgan bemorlarda o‘rtacha sutkalik va kunduzgi sistolik arterial qon bosimining oshishi bilan bog‘liq bo‘lgan «night-picker» sutkalik arterial bosim profili ustunlik qilishi, al`buminuriyaning A3 darajasida esa - sistolik va diastolik arterial qon bosimining bir vaqtning o‘zida oshishi aniqlangan;
ilk bor koptokchalar fil`tratsiya tezligi pasayishi va al`buminuriya ortishining arterial rigidlik ko‘rsatkichlari (mSAB, mDAB, mPB, PTTT) ortishi bilan progressiv bog‘liqligi, shu jumladan koptokchalar fil`tratsiya tezligi va al`buminuriyaning pul`s to‘lqinining tarqalish tezligini oshishiga qo‘shgan hissasini miqdoriy baholash aniqlangan;
pul`s to‘lqinining tarqalish tezligining oshishi bilan bog‘liq bo‘lgan koptokchalar fil`tratsiya tezligi va al`buminuriyaning chegaraviy qiymatlari aniqlangan;
arterial gipertenziya va surunkali buyrak kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda perindopril/indapamidning fiksatsiyalangan kombinatsiyasining yuqori antigipertenziv, nefro- va vazoprotektiv samaradorligi isbotlangan.
IV. Tadkiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Ilmiy-texnik kengashi huzuridagi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 2025 yil 20 iyundagi yig‘ilishining №20-sonli bayonnomasi hamda ilmiy tadqiqotlar natijalarini amaliyotga joriy etish to‘g‘risidagi №20/40-sonli xulosasiga asosan:
birinchi ilmiy yangilik: arterial gipertenziya va surunkali buyrak kasalligi S3b-S5 bo‘lgan bemorlarda o‘rtacha sutkalik va kunduzgi sistolik arterial qon bosimining oshishi bilan bog‘liq bo‘lgan «night-picker» sutkalik arterial bosim profili ustunlik qilishi, al`buminuriyaning A3 darajasida esa - sistolik va diastolik arterial qon bosimining bir vaqtning o‘zida oshishi aniqlanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 2024 yil 29 maydagi №6-sonli axborot xati bilan tasdiqlangan «Arterial gipertenziya va surunkali buyrak kasalligi bo‘lgan bemorlarda bo‘lgan bemorlarda perindopril va indapamidning kombinatsiyalangan terapiyasining klinik samaradorligi» metodik tavsiyalar mazmuniga kiritilib, RIKIATMning Toshkent viloyati filiali 26.08.2024 yildagi №54-sonli buyrug‘i va RIKIATMning Sirdaryo mintaqaviy filialining 28.09.2024 yildagi №75-sonli buyrug‘i asosida amaliyotga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: Arterial gipertenziya va surunkali buyrak kasalligi bo‘lgan bemorlarda erta tashxis qo‘yish va davolash taktikasini tanlashga yordam beradi, asoratlar va nogironlik rivojlanishining oldini oladi. Iqtisodiy samaradorligi: Arterial gipertenziya va surunkali buyrak kasalligi bo‘lgan bemorlarda erta tashxislash va davolashda differensial yondashuv sog‘liqni saqlash resurslaridan oqilona foydalanishga yordam beradi va har bir bemorga o‘rtacha 128571 so‘mga umumiy xarajatlarni kamaytirish imkonini beradi.
ikkinchi ilmiy yangilik: ilk bor koptokchalar fil`tratsiya tezligi pasayishi va al`buminuriya ortishining arterial rigidlik ko‘rsatkichlari (mSAB, mDAB, mPB, PTTT) ortishi bilan progressiv bog‘liqligi, shu jumladan koptokchalar fil`tratsiya tezligi va al`buminuriyaning pul`s to‘lqini tarqalish tezligining oshishiga qo‘shgan hissasini miqdoriy baholash aniqlanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 2024 yil 29 maydagi №6-sonli axborot xati bilan tasdiqlangan «Arterial gipertenziya va surunkali buyrak kasalligi bo‘lgan bemorlarda perindopril va indapamidning kombinatsiyalangan terapiyasining klinik samaradorligi» metodik tavsiyalar mazmuniga kiritilib va  RIKIATMning Toshkent viloyati filiali 26.08.2024 yildagi №54-sonli buyrug‘i va RIKIATMning Sirdaryo mintaqaviy filialining 28.09.2024 yildagi №75-sonli buyrug‘i asosida amaliyotga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: AG va SBB bo‘lgan bemorlarda erta tashxis qo‘yish va davolash taktikasini tanlashga yordam beradi, asoratlar va nogironlik rivojlanishining oldini oladi.  Iqtisodiy samaradorligi: Arterial gipertenziya va surunkali buyrak kasalligi bo‘lgan bemorlarda erta tashxislash va davolashda differensial yondashuv sog‘liqni saqlash resurslaridan oqilona foydalanishga yordam beradi va har bir bemorga o‘rtacha 128571 so‘mga umumiy xarajatlarni kamaytirish imkonini beradi.
uchinchi ilmiy yangilik: pul`s to‘lqinining tarqalish tezligini oshishi bilan bog‘liq bo‘lgan koptokchalar fil`tratsiya tezligi va al`buminuriyaning chegaraviy qiymatlari aniqlanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 2024 yil 29 maydagi №6-sonli axborot xati bilan tasdiqlangan «Arterial gipertenziya va surunkali buyrak kasalligi bo‘lgan bemorlarda perindopril va indapamidning kombinatsiyalangan terapiyasining klinik samaradorligi» metodik tavsiyalar mazmuniga kiritildi, xamda RIKIATMning Toshkent viloyati filiali 26.08.2024 yildagi №54-sonli buyrug‘i va RIKIATMning Sirdaryo mintaqaviy filialining 28.09.2024 yildagi №75-sonli buyrug‘i asosida amaliyotga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: AG va SBB bo‘lgan bemorlarda erta tashxis qo‘yish va davolash taktikasini tanlashga yordam beradi, asoratlar va nogironlik rivojlanishining oldini oladi. Iqtisodiy samaradorligi: Arterial gipertenziya va surunkali buyrak kasalligi bo‘lgan bemorlarda erta tashxislash va davolashda differensial yondashuv sog‘liqni saqlash resurslaridan oqilona foydalanishga yordam beradi va har bir bemorga o‘rtacha 128571 so‘mga umumiy xarajatlarni kamaytirish imkonini beradi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: arterial gipertenziya va surunkali buyrak kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda perindopril/indapamidning fiksatsiyalangan kombinatsiyasining yuqori antigipertenziv, nefro- va vazoprotektiv samaradorligi isbotlanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 2024 yil 29 maydagi №6-sonli axborot xati bilan tasdiqlangan «Arterial gipertenziya va surunkali buyrak kasalligi bo‘lgan bemorlarda perindopril va indapamidning kombinatsiyalangan terapiyasining klinik samaradorligi» metodik tavsiyalar mazmuniga kiritildi, xamda RIKIATMning Toshkent viloyati filiali 26.08.2024 yildagi №54-sonli buyrug‘i va RIKIATMning Sirdaryo mintaqaviy filialining 28.09.2024 yildagi №75-sonli buyrug‘i asosida amaliyotga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: AG va SBB bo‘lgan bemorlarda erta tashxis qo‘yish va davolash taktikasini tanlashga yordam beradi, asoratlar va nogironlik rivojlanishining oldini oladi.  Iqtisodiy samaradorligi: Arterial gipertenziya va surunkali buyrak kasalligi bo‘lgan bemorlarda erta tashxislash va davolashda differensial yondashuv sog‘liqni saqlash resurslaridan oqilona foydalanishga yordam beradi va har bir bemorga o‘rtacha 128571 so‘mga umumiy xarajatlarni kamaytirish imkonini beradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish