Saribaeva Gulnaz Kenesovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Podagra bilan og‘rigan bemorlarda parhez ovqatlanishni gigienik asoslash va takomillashtirish xamda kasallik asoratlarini oldini olish yo‘llarini ishlab chiqish», 14.00.07 – Gigiena, 14.00.05 – Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Tib3774.
Ilmiy rahbarlar: Shayxova Guli Islamovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Rustamova Mamlakat Tulyabaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat tibbiyot universiteti huzuridagi DSc.06/2025.27.12.Tib.01.03 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Iskandarova Gulnoza Tulkinovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Aliaxunova Mavjuda Yusupovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Xoja Ahmad Yassaviy nomidagi xalqaro qozoq-turk universiteti (Qozog‘iston Respublikasi).
II. Tadqiqotning maqsadi: podagra bilan og‘rigan bemorlarda parhez ovqatlanishni gigienik asoslash va optimallashtirish buyicha chora tadbirlar ishlab chikishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor mehnatga layoqatli yoshdagi podagra bilan og‘rigan bemorlar orasida kasallikning yuqori tarqalishi, rivojlanishi va asoratlarining shakllanishida ovqatlanish rejimi buzilishi, tana massasi indeksining oshishi va komorbid kasalliklar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liq xavf omillarni hisobga olgan holda podagraning rivojlanishi va asoratlarining oldini olishga qaratilgan kompleks birlamchi va ikkilamchi profilaktika chora-tadbirlari asoslangan;
“D3 vitaminli yumshoq jelatinli ovqat qo‘shimchasi”ning ozuqaviy va biologik qiymati hamda toksikologik xavfsizligi baholanib, uni podagra bilan og‘rigan bemorlar uchun ixtisoslashtirilgan davolovchi parhez ratsioni tarkibiga kiritish maqsadga muvofiqligi asoslangan;
ilk bor yangi tashxis qo‘yilgan podagra bilan og‘rigan bemorlarning kunlik ovqatlanish ratsionining ozuqaviy va energetik qiymatidagi nomutanosibliklarni aniqlash asosida podagra bilan og‘rigan bemorlar uchun milliy oshpazlik an’analariga moslashtirilgan parhez stoli ishlab chiqilgan;
podagra bilan og‘rigan bemorlarni kompleks davolashda ishlab chiqilgan davolovchi parhez va “D3 vitaminli yumshoq jelatinli ovqat qo‘shimchasi”ni birgalikda qo‘llash kasallikning og‘irlashish chastotasini ishonchli darajada kamaytirishi, metabolik ko‘rsatkichlarni yaxshilashi va davolash samaradorligini oshirishini ta’minlashi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Podagra bilan og‘rigan bemorlarda parhez ovqatlanishni gigienik asoslash va takomillashtirish xamda kasallik asoratlarini oldini olish yo‘llarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: mehnatga layoqatli yoshdagi podagra bilan og‘rigan bemorlar orasida kasallikning yuqori tarqalishi, rivojlanishi va asoratlarining shakllanishida ovqatlanish rejimi buzilishi, tana massasi indeksining oshishi va komorbid kasalliklar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liq xavf omillarni hisobga olgan holda podagraning rivojlanishi va asoratlarining oldini olishga qaratilgan kompleks birlamchi va ikkilamchi profilaktika chora-tadbirlari asoslanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasi muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 28 aprelda 04-25/547-son bilan tasdiqlangan “Biologik faol oziq-ovqat qo‘shilmasi «Numa vitamin D3» yumshoq jelatin kapsulalari ozuqaviy va biologik qiymati va podagra bilan kasallangan bemorlarda ushbu mahsulotning samaradorligi» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Toshkent viloyati boshqarmasi bo‘yicha 29.05.2025 yildagi 111-11-son, Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bo‘yicha 29.05.2025 yildagi 02-14/-son hamda Farg‘ona viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 28.05.2025 yildagi 70-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 4 sentyabrdagi 24/16-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: bemorlarda podagra xavf omillari, ovqatlanish odatlari va klinik, biokimyoviy va instrumental xususiyatlarini o‘rganish nafaqat tibbiy, balki keng ijtimoiy va iqtisodiy ahamiyatga ham ega. Iqtisodiy samaradorligi: podagrali bemorlar uchun milliy taomlarni va vitamin D3 ni o‘z ichiga olgan optimallashtirilgan davolovchi parhezdan foydalanish orqali tibbiy xizmat sifatini oshirish, ortiqcha diagnostik tekshiruvlar va murakkab terapevtik muolajalarga bo‘lgan ehtiyojni kamaytirish natijasida iqtisodiy samaradorlikka erishiladi;
ikkinchi ilmiy yangilik: “D3 vitaminli yumshoq jelatinli ovqat qo‘shimchasi”ning ozuqaviy va biologik qiymati hamda toksikologik xavfsizligi baholanib, uni podagra bilan og‘rigan bemorlar uchun ixtisoslashtirilgan davolovchi parhez ratsioni tarkibiga kiritish maqsadga muvofiqligi asoslanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasi muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 28 aprelda 04-25/547-son bilan tasdiqlangan “Biologik faol oziq-ovqat qo‘shilmasi «Numa vitamin D3» yumshoq jelatin kapsulalari ozuqaviy va biologik qiymati va podagra bilan kasallangan bemorlarda ushbu mahsulotning samaradorligi» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Toshkent viloyati boshqarmasi bo‘yicha 29.05.2025 yildagi 111-11-son, Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bo‘yicha 29.05.2025 yildagi 02-14/-son hamda Farg‘ona viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 28.05.2025 yildagi 70-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 4 sentyabrdagi 24/16-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: podagrani kech tashxislash, ayniqsa noto‘g‘ri ovqatlanish, ortiqcha vazn va mushak-skelet og‘rig‘i rivojlanishi kabi xavf omillari bo‘lmagan taqdirda, shuningdek, ularni bartaraf eta olmaslik bemorlarning hayot sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, bu esa unumdorlikning pasayishiga, nogironlikning oshishiga va ijtimoiy faollikning pasayishiga olib keladi. Iqtisodiy samaradorligi: podagrali bemorlar uchun milliy taomlarni va vitamin D3 ni o‘z ichiga olgan optimallashtirilgan davolovchi parhezdan foydalanish orqali tibbiy xizmat sifatini oshirish, ortiqcha diagnostik tekshiruvlar va murakkab terapevtik muolajalarga bo‘lgan ehtiyojni kamaytirish natijasida iqtisodiy samaradorlikka erishiladi;
uchinchi ilmiy yangilik: yangi tashxis qo‘yilgan podagra bilan og‘rigan bemorlarning kunlik ovqatlanish ratsionining ozuqaviy va energetik qiymatidagi nomutanosibliklarni aniqlash asosida podagra bilan og‘rigan bemorlar uchun milliy oshpazlik an’analariga moslashtirilgan parhez stoli ishlab chiqilganligi bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasi muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 28 aprelda 04-25/547-son bilan tasdiqlangan “Biologik faol oziq-ovqat qo‘shilmasi «Numa vitamin D3» yumshoq jelatin kapsulalari ozuqaviy va biologik qiymati va podagra bilan kasallangan bemorlarda ushbu mahsulotning samaradorligi» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Toshkent viloyati boshqarmasi bo‘yicha 29.05.2025 yildagi 111-11-son, Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bo‘yicha 29.05.2025 yildagi 02-14/-son hamda Farg‘ona viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 28.05.2025 yildagi 70-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 4 sentyabrdagi 24/16-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: podagrani erta aniqlash va samarali davolashga qaratilgan profilaktika choralarini amalga oshirish nafaqat individual, balki jamiyat darajasida ham sog‘liqni saqlashda muhim omil hisoblanadi. Iqtisodiy samaradorligi: podagrali bemorlar uchun milliy taomlarni va vitamin D3 ni o‘z ichiga olgan optimallashtirilgan davolovchi parhezdan foydalanish orqali tibbiy xizmat sifatini oshirish, ortiqcha diagnostik tekshiruvlar va murakkab terapevtik muolajalarga bo‘lgan ehtiyojni kamaytirish natijasida iqtisodiy samaradorlikka erishiladi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: podagra bilan og‘rigan bemorlarni kompleks davolashda ishlab chiqilgan davolovchi parhez va “D3 vitaminli yumshoq jelatinli ovqat qo‘shimchasi”ni birgalikda qo‘llash kasallikning og‘irlashish chastotasini ishonchli darajada kamaytirishi, metabolik ko‘rsatkichlarni yaxshilashi va davolash samaradorligini oshirishini ta’minlashi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasi muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 28 aprelda 04-25/547-son bilan tasdiqlangan “Biologik faol oziq-ovqat qo‘shilmasi «Numa vitamin D3» yumshoq jelatin kapsulalari ozuqaviy va biologik qiymati va podagra bilan kasallangan bemorlarda ushbu mahsulotning samaradorligi» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Toshkent viloyati boshqarmasi bo‘yicha 29.05.2025 yildagi 111-11-son, Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bo‘yicha 29.05.2025 yildagi 02-14/-son hamda Farg‘ona viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 28.05.2025 yildagi 70-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 4 sentyabrdagi 24/16-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: milliy oshpazlik an’analariga moslashtirilgan va D3 vitamini bilan boyitilgan davolovchi parhez ishlab chiqilgan bo‘lib, podagra bilan og‘rigan bemorlarning ozuqaviy ehtiyojlarini qondiradi, podagra xurujlarining oldini olishga, kasallikni erta aniqlashga va samarali davolash strategiyalarini belgilashga yordam beradi. Iqtisodiy samaradorligi: podagrali bemorlar uchun milliy taomlarni va vitamin D3 ni o‘z ichiga olgan optimallashtirilgan davolovchi parhezdan foydalanish orqali tibbiy xizmat sifatini oshirish, ortiqcha diagnostik tekshiruvlar va murakkab terapevtik muolajalarga bo‘lgan ehtiyojni kamaytirish natijasida iqtisodiy samaradorlikka erishiladi.