Rajabova Nilufar Davlatboy qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Er osti suvlari sifat indeksini aniqlash va GAT asosida baholash (Amudaryo tumani misolida)», 03.00.10 – Ekologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/V1510.
Ilmiy rahbar: Sherimbetov Vafabay Xalilullaevich, biologiya fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/2025.27.12.B.01.15.
Rasmiy opponentlar: Alimjanova Xolisxon Alimjanovna, biologiya fanlari doktori, professor; Raxmonov Ikrom Abdukarimovich, biologiya fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Amudaryo tumani hududida ichimlik suvi sifatida foydalanilayotgan er osti suvlarining sifat indeksini aniqlash va GAT asosida baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor er osti ichimlik suvlari sifatini baholash uchun “Dynamic Unweighted Average Water Quality Index (DUA-WQI)” modeli ishlab chiqilgan;
er osti ichimlik suvlari sifatini baholashda alohida ko‘rsatkichlar asosidagi yondashuvdan integral indeksga asoslangan baholash tizimiga o‘tish ilmiy jihatdan asoslab berilgan;
Amudaryo tumani er osti ichimlik suvlari sifat ko‘rsatkichlarining fasliy o‘zgarish dinamikasi, er usti suvlarining infiltratsiyasi hamda antropogen yuklama ta’siri bilan bog‘liqligi isbotlangan;
tadqiqot hududida shakllangan er osti ichimlik suvlarining asosiy fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlari asosida DUA-WQI, DWA va CCME modellaridan foydalangan holda suvlarning sifat indekslari aniqlanib, ichimlikka yaroqlilik darajasi kompleks baholangan;
geoaxborot texnologiyalari asosida er osti suvlarining sifat ko‘rsatkichlarini aks ettiruvchi elektron xaritalari va suvdan maqsadli foydalanishning ilmiy asoslari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Er osti suvlari sifat indeksini aniqlash va GAT asosida baholash (Amudaryo tumani misolida) bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
yangi DUA-WQI modeli va uning avtomatlashtirilgan onlayn kalkulyatori hamda GAT asosida yaratilgan er osti suvlari sifatini tavsiflovchi raqamli xaritalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi amaliyotiga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2025-yil 17-sentyabrdagi 02/18-3279-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, vazirlik tizimida er osti suvlarining sho‘rlanish jarayonlarini nazorat qilish, sifat ko‘rsatkichlari asosida ekologik jihatdan xavfli zonalarni aniqlash va ekologik xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish imkonini bergan;
Amudaryo tumanida er osti suvlarining sifatini alohida va kompleks baholash usullari asosida olingan natijalar, raqamli xaritalar, aholi salomatligiga xavf soluvchi hamda turli kasalliklar shakllanishiga asos bo‘luvchi indikatorlar dinamikasi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi SSV huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining 2025-yil 10-sentyabrdagi 02-16/8777-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ichimlik suvi xavfsizligini ta’minlash, gigienik me’yorlarga mos kelmagan hududlarda profilaktik va rejalashtirilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish, ichimlik suvi sifatining fasllar kesimidagi ifloslanish xavfini kamaytirish hamda er osti suvlari orqali kasalliklar tarqalishining oldini olish imkonini bergan.