Xudoyberganov Abrorjon Akbarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Distillyat fraksiyalarini ajratish jarayonini jadallashtirish orqali stripping-kolonnalar samaradorligini oshirish», 02.00.08–Neft` va gaz kimyosi va texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/T165.
Ilmiy rahbar: Saydaxmedov Shamsiddinxo‘ja Muxtorovich, texnika fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.27.06.2017.T.04.01.
Rasmiy opponentlar: Raxmonov Toyir Zoyirovich, texnika fanlari doktori; Fozilov Sadriddin Fayzullaevich, texnika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: distillyat fraksiyalarini ajratish jarayonini jadallashtirish orqali stripping-kolonnalar samaradorligini oshirish va ularning konstruksiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
xomashyoning fraksion tarkibi, jarayonning texnologik parametrlari va bug‘lantiruvchi agent turini fraksiyalarning ajratish aniqligi va bug‘lantirilgan yonilg‘i distillyatlarining sifat ko‘rsatkichlariga ta’siri isbotlangan;
ilk bor uglevodorod bug‘laridan bug‘latuvchi omil sifatida foydalanib, neftni haydash uskunasining murakkab rektifikatsiya kolonnasi stripping-seksiyalarida kechadigan jarayonlar aniqlangan;
striping-kolonnalarda distillyat fraksiyalarini uglevodorod bug‘lari bilan bug‘lantirish jarayonining ratsional texnologik va gidrodinamik rejimlari o‘zgarishi isbotlangan;
yonilg‘i distillyatlarini bug‘lantirish uchun markazdan qochma kuch maydoni ta’siri ostida bug‘ni kontakt tarelkalarining ko‘ndalang kesim yuzasi bo‘yicha bir maromda taqsimlab beruvchi moslamali qurilma ishlab chiqilgan;
distillyat fraksiyalarini ajratish aniqligini oshirish maqsadida, stripping-kolonnalarning tub qismidagi bug‘lantirilgan distillyat haroratining reglament bo‘yicha qiymatini reboyler vositasida ushlab turish uslubi ishlab chiqilgan;
uglevodorod fraksiyalaridan bug‘latuvchi omil sifatida foydalanib, distillyat fraksiyalarini ajratish jarayonini jadallashtirish usuli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Distillyat fraksiyalarini ajratish jarayonini jadallashtirish orqali stripping-kolonnalar samaradorligini oshirish va ularning konstruksiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
stripping-kolonnalarda distillyat fraksiyalarini uglevodorod bug‘laridan foydalanib bug‘lantirish texnologiyasi «Buxoro neftni qayta ishlash zavodi» MChJda amaliyotga joriy etilgan («O‘zbekneftegaz» AJning 2018 yil 12 apreldagi 02/12-1-72-son ma’lumotnomasi). Natijada jarayon harorati pasaygan va distillyatlardan yo‘ldosh engil fraksiyalarni ajratish aniqligini oshirish inmkonini bergan;
markazdan qochma kuch maydoni ta’siri ostida distillyat fraksiyalarini bug‘lantirish jarayoni «Buxoro neftni qayta ishlash zavodi» MChJda amaliyotga joriy etilgan («O‘zneftmahsulot» AJning 2018 yil 26 fevralidagi 20/11-133-son ma’lumotnomasi). Natijada stripping-kolonnaning ish samaradorligini to‘rt marotabagacha oshirish imkonini bergan;
suyuqlik va bug‘ fazalari aralashmalarining ulushi Gs/Gb=1,62÷1,63; kolonnadagi bug‘ning tezligi 0,42÷0,43 m/s va kolonnaning umumiy gidravlik qarshiligi 1036÷1422 Pa ishchi rejimlar «Buxoro neftni qayta ishlash zavodi» MChJda amaliyotga joriy etilgan («O‘zneftmahsulot» AJning 2018 yil 26 fevralidagi 20/11-133-son ma’lumotnomasi). Natijada distillyat fraksiyalarini ajratish aniqligini va motor yonilig‘isining sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilash imkonini bergan;
distillyat fraksiyalarini ajratish jarayonini jadallashtirish orqali stripping-kolonnalar samaradorligini oshirish texnologiyasi «Buxoro neftni qayta ishlash zavodi» MChJda amaliyotga joriy etilgan («O‘zneftmahsulot» AJning 2018 yil 26 fevralidagi 20/11-133-son; «O‘zbekneftegaz» AJning 2018 yil 12 aprelidagi 02/12-1-72-son ma’lumotnomalari). Natijada distillyat fraksiyalarini bug‘latish uchun bug‘latuvchi omil sifatida suv bug‘i o‘riniga uglevodorod bug‘larini xavfsiz qo‘llash imkonini bergan.