Bekmetova Sevara Ijodovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Arterial gipertenziya bilan og‘rigan bemorlarda antigipertenziv terapiyaning chap qorincha miokardining deformatsion xususiyatlariga ta’siri”  14.00.06 – Kardiologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: №B2023.1.PhD/Tib3312 
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Guzal Jaloliddinovna, tibbiyot fanlar doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy – amaliy tibbiyot markazi
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, Ilmiy kengash raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan Kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.06/2025.27.12.Tib.09.01.
Rasmiy opponentlar: Muhamedova Muyassar Gafurjanovna, tibbiyot fanlar doktori, professor; Tashkenbaeva Eleonora Negmatovna, tibbiyot fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Respublika Ixtisoslashtirilgan Terapiya va Tibbiy Reabilitatsiya Ilmiy-Amaliy Markazi           
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: arterial gipertenziya (AG) bilan og‘rigan  bemorlarda chap qorincha miokardining deformatsion xususiyatlarini yurak-qon tomir tizimining remodellashuv jarayonlari bilan bog‘liq holda aniqlash va perindopril/amlodipin kombinatsiyasi bilan o‘tkazilgan 6 oylik terapiyaning chap qorincha global bo‘ylama deformatsiyasiga ta’sirini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
arterial gipertenziya darajasi, chap qorinchaning konsentrik gipertrofiyasi va chap qorincha miokardining deformatsion xususiyatlari buzilishi o‘rtasidagi bog‘liqlik aniqlangan;
chap qorincha miokardining deformatsion xususiyatlarining yomonlashishi, uning devorlari qalinligining oshishi, mikroal`buminuriya darajasi hamda qon tomirlar jadalligi ko‘rsatkichlari (markaziy sistolik qon bosimi, markaziy diastolik qon bosimi, markaziy pul`s bosimi, augmentatsiya indeksi, pul`s to‘lqinining tarqalish tezligi, aorta augmentatsiyasi, augmentatsiya indeksi bilan bog‘liq holda arterial qon bosimining sutkalik profili buzilishlari, xususan tunda sistolik arterial bosimning etarli darajada yoki ortiqcha pasaymasligi ta’siri aniqlangan;
perindopril/amlodipin terapiyasining antigipertenziv, kardio- va vazoprotektiv samaradorligi isbotlandi, ushbu terapiya chap qorincha gipertrofiya regressiyasi hamda chap qorincha miokardi deformatsion xususiyatlarining yaxshilanishiga olib kelishi aniqlangan;
CYP11B2 genining C-344T va NOS3 genining T-786C polimorfizmlari miokardning deformatsion xususiyatlari bilan bog‘liq ekanligi va CYP11B2 genidagi T-allel` xavfni oshiruvchi omil sifatida, NOS3 genidagi T-allel` esa protektiv ta’sir ko‘rsatuvchi omil sifatida aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:                                          
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashning Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 2025 yil 15 avgustdagi 23 sonli yig‘ilish bayonnomasiga asosan ilmiy tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga tadbiqi bo‘yicha №23/25 sonli xulosasiga binoan:
birinchi ilmiy yangilik: arterial gipertenziya darajasi, chap qorinchaning konsentrik gipertrofiyasi hamda chap qorincha miokardining deformatsion xususiyatlari buzilishi o‘rtasidagi bog‘liqlik aniqlangan bo‘lib, olingan natijalar ishlab chiqilgan «Antigipertenziv terapiyaning antiremodellovchi samaradorligini baholashda speckle-tracking exokardiografiyadan foydalanish» uslubiy tavsiyalari mazmuniga kiritilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2025 yil 15 avgustdagi 23-sonli xulosasi). Ushbu natijalar Respublika Ixtisoslashtirilgan Kardiologiya Ilmiy–Amaliy Tibbiyot Markazining Qarshi filiali amaliyotiga 2025 yil 3 iyundagi 03-65-sonli buyruq asosida, shuningdek Namangan filiali amaliyotiga 2025 yil 17 maydagi 01-69-sonli buyruq asosida joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: bemorlarda miokardning struktur-funksional buzilishlarini erta aniqlash va o‘z vaqtida korreksiya qilish orqali yurakning nishon a’zo sifatidagi shikastlanishini oldini olish, hayot sifatini yaxshilash, invalidizatsiya darajasini kamaytirishga xizmat qilindi. Iqtisodiy samaradorligi: speckle-tracking exokardiografiya magnit-rezonans tomografiyaga nisbatan 4 barobar arzon bo‘lib, bir bemor hisobida 1560000 so‘m mablag‘ni tejash imkonini beradi, umumiy iqtisodiy samaradorlik 75% ni tashkil etildi. 
ikkinchi ilmiy yangilik: chap qorincha miokardining deformatsion xususiyatlarining yomonlashishi, uning devorlari qalinligining oshishi, mikroal`buminuriya darajasi hamda qon tomirlar jadalligi ko‘rsatkichlari (markaziy sistolik qon bosimi, markaziy diastolik qon bosimi, markaziy pul`s bosimi, augmentatsiya indeksi, pul`s to‘lqinining tarqalish tezligi, aorta augmentatsiyasi) bilan bog‘liq holda arterial qon bosimining sutkalik profili buzilishlari, xususan tunda sistolik arterial qon bosimining etarli darajada yoki ortiqcha pasaymasligi ta’siri aniqlangan bo‘lib, olingan natijalar ishlab chiqilgan uslubiy tavsiyalar mazmuniga kiritilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2025 yil 15 avgustdagi 23-sonli xulosasi) hamda Respublika Ixtisoslashtirilgan Kardiologiya Ilmiy–Amaliy Tibbiyot Markazining Qarshi va Namangan filiallari amaliyotiga tegishli buyruqlar asosida joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: sutkalik qon bosimi profilini o‘z vaqtida korreksiya qilish yurak va qon tomir remodellanish xavfini kamaytiradi, bemorlarning mehnat qobiliyatini saqlashga xizmat qilindi. Iqtisodiy samaradorligi: erta diagnostika va adekvat antigipertenziv terapiya hisobiga infarkt va insul`t xavfini 45% ga kamaytirish imkoni yaratilib, bir bemor hisobida 5500000 so‘mgacha davlat xarajatlarini tejashga olib keldi. 
uchinchi ilmiy yangilik: perindopril/amlodipin terapiyasining antigipertenziv, kardio- va vazoprotektiv samaradorligi isbotlandi, ushbu terapiya chap qorincha gipertrofiya regressiyasi hamda chap qorincha miokardi deformatsion xususiyatlarining yaxshilanishiga olib kelishi aniqlangan bo‘lib, olingan natijalar «Speckle-tracking exokardiografiyadan foydalanish» bo‘yicha ishlab chiqilgan uslubiy tavsiyalar mazmuniga kiritilgan hamda Respublika Ixtisoslashtirilgan Kardiologiya Ilmiy–Amaliy Tibbiyot Markazi hamda uning Qarshi va Namangan filiallari amaliyotida qo‘llanilmoqda. Ijtimoiy samaradorligi: miokard deformatsiya ko‘rsatkichlarini erta baholash nishona a’zolar shikastlanishini oldini olishga xizmat qildi. Iqtisodiy samaradorligi: ortiqcha instrumental tekshiruvlarni kamaytirish orqali bir bemor hisobida 400000–800000 so‘m mablag‘ni tejash imkonini berdi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: CYP11B2 genining C-344T va NOS3 genining T-786C polimorfizmlari miokardning deformatsion xususiyatlari bilan bog‘liq ekanligi va CYP11B2 genidagi T-allel` xavfni oshiruvchi omil sifatida, NOS3 genidagi T-allel` esa protektiv ta’sir ko‘rsatuvchi omil sifatida aniqlangan bulib, olingan natijalar O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2025 yil 15 avgustdagi 23-sonli xulosasi asosida tasdiqlangan uslubiy tavsiyalar mazmuniga kiritilgan hamda Respublika Ixtisoslashtirilgan Kardiologiya Ilmiy–Amaliy Tibbiyot Markazining Qarshi va Namangan filiallari amaliyotiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: CYP11B2 va NOS3 genlarining polimorfizmlarini inobatga olgan holda miokardning deformatsion parametrlarini speckle-tracking exokardiografiya usuli yordamida baholash klinik-instrumental diagnostika axborotliligini sezilarli darajada oshirdi hamda miokardning noqulay remodellanish rivojlanish xavfi bo‘yicha bemorlarni yuqori aniqlikda stratifikatsiya qilishni ta’minladi, natijada tibbiy kuzatuv samaradorligi va bemorlar hayot sifati yaxshilandi. Iqtisodiy samaradorligi: miokardning deformatsion parametrlarini CYP11B2 va NOS3 genlarining polimorfizmlarini inobatga olgan holda kompleks baholash diagnostik tekshiruvlar hajmini ratsionallashtirish hamda xarajatlarni kamaytirish imkonini berdi, natijada har bir bemorga to‘g‘ri keladigan davlat mablag‘lari o‘rtacha 5500000 so‘mgacha tejalishi ta’minlandi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish