Yulchiev Iftixorjon Isaqovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Magnit maydonidagi kristallarning sayoz akseptorlar va eksiton-polyaritonlar ishtirokidagi rekombinatsion nurlanishi”, 01.04.07–“Kondensirlangan holat fizikasi” (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/FM1376.
Ilmiy rahbar: Yuldashev Nosirjon Xaydarovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Farg‘ona davlat universiteti hamda Farg‘ona davlat texnika universiteti”.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona politexnika instituti, PhD.03/2025.27.12.FM.19.04.
Rasmiy opponentlar: Imamov Erkin Zunnunovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor Sobirov Maxmud Mamarasulovich, fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Magnit maydonidagi GaAs va CdS turdagi yarimo'tkazgich kristallarning sayoz akseptorlar va eksiton-polyaritonlar ishtirokidagi rekombinatsion nurlanishi shakllanishining yangi mexanizmlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
birinchi marta GaAs akseptor sathi Zeeman ajralishini teshik g-faktorining g1 va g2 qiymatlariga bog‘liq holda hisoblab chiqilgan hamda H ⃗ ‖[111] yo‘nalishida g_2/g_1=-4/13 va -92/187 qiymatlarida E_2^((a)), E_3^((a)) subsathlarining kesishishi, E_1^((a)), E_4^((a))subsathlarining esa antikesisishi, shuningdek, H ⃗ ‖[100] yo‘nalishida bu juft subsatxlarning kesishuvi g_2/g_1=-4/9 va -4.0 qiymatlarida ro‘y berishi aniqlangan.
birinchi marta bo‘ylama magnit maydonida GaAs sayoz akseptori nurlanishining intensivligi va sirkulyar qutblanish darajasini hisoblashga imkon beruvchi analitik ifodalar olingan: kuchsiz μ_0 H≪kT maydonda qutblanish izotrop, uning intensivligi esa anizotrop bo‘lishi, kuchli μ_0 H≫kT maydonda intensivlik I(θ) va sirkulyar qutblanish P_circ (θ) g_e/g_1 va g_2/g_1 nisbatlarining ishorasiga kuchli bog‘liq bo‘lishi ko‘rsatilgan.
Foygt (H∥z, k∥y, E_0∥x) "geometriyasida" CdS kristali uchun Aₙ₌₁ eksiton rezonansi yaqinida so‘nishni hisobga olib magnito-fazoviy dispersiyaning fenomenologik nazariyasi qurilgan va chiziqli qutblangan yorug‘lik 𝐄₀ normal tushganda, o‘tgan yorug‘likda “diagonal” E_d∥E_0 dan tashqari “nodiagonal” komponent E_nd⟂E_0 ham paydo bo‘lishi aniqlangan.
ilk bor CdS kristali uchun dielektrik tenzor magneto-fazoviy dispersiyasining mikroskopik nazariyasi qurildi va kristalni chiziqli qutblangan yorug‘lik bilan qo‘zg‘atishda “izotrop” chastota ω_is yaqinida elliptik qutblangan eksiton-polyariton nurlanishining Bₙ₌₁(Γ₁) – va Aₙ₌₁(Γ₅) –eksitonlarning k to‘lqin vektoriga chiziqli bog‘liq holatlarining o‘zaro ta’siri tufayli yuzaga kelishi aniqlangan.
magnito-polyariton nurlanishning eksperimental spektrlari ωis chastota yaqinida CdS kristali optik parametrlarining ω_LT^A=2.0 meV,ω_LT^B=1.0 meV, g=2.15, ∆_BA=25 meV, ℏΓ=0.075 meV, f^2 (H=6 "T")=0.048, ε_⟂^0=ε_∥^0=9.0 qiymatlarida nazariyaga yaxshi mos kelishi aniqlangan va Bn=1-eksiton uchun effektiv Gamiltoniandagi β_1=0.22ꞏ〖10〗^(-5) meV·m doimiylik qiymati hisoblangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Magnit maydonidagi GaAs va CdS tipidagi kristallarning sayoz akseptorlar va eksiton-polyaritonlar ishtirokidagi rekombinatsion nurlanishlarini tahlil qilish asosida:
GaAs va CdS tipidagi kristallarning sayoz akseptorlar ishtirokidagi rekombinatsion nurlanishlarni nazariy tahlil qilish natijalaridan №AR19579179 raqamli “Yadro sanoatida qo‘llaniladigan sirkoniy qotishmalarini vodorodlanishdan va yuqori haroratli oksidlanishdan himoya qiluvchi kompozision metallo-keramik qoplama yaratish” grant loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (Qozog‘iston Respublikasi Fan va oliy ta’lim vazirligining 12.11.2025 y. dagi ma’lumotnomasi). Magnit-induksiyalangan optik effektlarning anizotropiyasining fizik tabiatini aniqlashtirish hamda kristallarning optik va magnit xossalarini chuqur tahlil qilish orqali materiallarning fizik-mexanik xossalarini yaxshilash va ishlash davrini orttirish imkonini bergan;
magnit maydonidagi GaAs va CdS tipidagi kristallarning eksiton-polyaritonlar ishtirokidagi rekombinatsion nurlanishlarni nazariy tahlil qilish natijalaridan №37-06.06/12 raqamli “Tizim” ilmiy-amaliy loyihasi doirasida magnit-induksiyalangan optik effektlar va kristallardagi lyuminessensiya anizotropiyasini tahlil qilishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va harbiy aloqa instituti ma’lumotnomasi, 03.11.2025 y.). Olingan ilmiy natijalardan foydalanish – ma’lumotlar harbiy monitoringi va aniqlash tizimlarida qo‘llaniladigan yuqori sezuvchan magnit-boshqariluvchi optoelektron datchiklarning funksional samaradorligini oshirish va yangi optoelektron qurilmalar yaratish uchun nazariy asoslarini shakllantirish imkonini bergan.