Otajonov Sardorbek Mahmud o‘g‘lining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Charge carrier mass in cuprates and superconductivity of LSCO superlattices”, 01.04.07–“Kondensirlangan holat fizikasi” (fizika-matematika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/FM1332.
Ilmiy rahbar: Yavidov Bahram Yangibaevich, fizika-matematika fanlari doktori, professor vazifasini vaqtincha bajaruvchi.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Nukus davlat pedagogika instituti”.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat texnika universiteti, PhD.03/2025.27.12.FM.19.04.
Rasmiy opponentlar: professor Mustaqim Rofiqovich Jumaev, fizika-matematika fanlari doktori, professor Akbarali Rasulov, fizika-matematika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi intituti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: LSCO va YBCO kupratlarida zaryad tashuvchi massasining legirlash va haroratga bog‘liqligini bulk (hajmiy) holatda o‘rganish hamda LSCO asosidagi o‘tapanjaralarning (superlattice) o‘tao‘tkazuvchanligini tadqiq qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
birinchi marta LSCO va YBCO kupratlarida zaryad tashuvchilarning legirlashga bog‘liq effektiv massasi yuqori haroratli o‘tao‘tkazuvchanlikning bipolaronik modeli doirasida, kristall panjaraning anizotropiyasi aniq hisobga olingan holda hisoblab chiqilgan;
har ikkala LSCO and YBCO kupratlarida ham, CuO2 tekisligidagi zaryad tashuvchilarning effektiv massalari kovak miqdori ortishi bilan ortishi kristall panjaralar anizotropiya ko‘rsatkichlarining kovak miqdori ortishi bilan kamayishi natijasida yuzagan kelishi ko‘rsatilgan; 
birinchi marta bipolaronik model doirasida o‘tao‘tkazuvchan LSCO kupratida tajribaviy kuzatilgan zaryad tashuvchilar effektiv massasining harorat oshishi bilan kamayishi massa anizotropiya koeffisienti harorat bilan kamayishi natijasi ekani isbotlangan;
birinchi marta, yuqori haroratli o‘tao‘tkazuvchanlikning bipolaronli modeli LSCO asosidagi (LSCO/SCO, LSCO/GCO va LSCO/LCMO) o‘tapanjaralarning o‘tao‘tkazuvchanlik xossalarini, jumladan kritik temperaturaning panjara yarimqatlamlar soniga bog‘liqligi aniqlash asoslangan; 
LSCO asosidagi (LSCO/SCO, LSCO/GCO va LSCO/LCMO) o‘tapanjaralarning o‘tao‘tkazuvchanlik kritik harorati, o‘tapanjaradagi LSCO kupratining yarim elementar katakchalari (yacheykalari) soni kamayishi bilan, monoton tarzda kamayishi ko‘rsatilgan;
birinchi marta, LSCO asosidagi (LSCO/SCO, LSCO/GCO va LSCO/LCMO) o‘tapanjaralarning o‘tao‘tkazuvchanligida panjara davrlari nomutanosibligi — deformatsiya sababli yuzaga keladigan polaron effektlari o‘tao‘tkazuvchanlik kritik haroratining o‘tapanjara davriyligiga bog‘liqligini to‘g‘ridan-to‘g‘ri boshqarishi ko‘rsatilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kupratlarda zaryad tashuvchi massasi va LSCO o‘tapanjaralari o‘tao‘tkazuvchanligini tahlil qilish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
yuqori haroratli o‘tao‘tkazuvchanlikning bipolaronik modeli doirasida, kristall panjaraning anizotropiyasi aniq hisobga olingan holda hisoblab chiqilgan LSCO va YBCO kupratlarida zaryad tashuvchilarning legirlashga bog‘liq effektiv massasidan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi institutida olib borilgan nazariy hisob-kitoblar va modellashtirish ishlari jarayonida kupratlarning dielektrik va o‘tao‘tkazuvchi fazalar orasidagi o‘tish mexanizmlarini tahlil qilishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi instituti, 2025-yil 5-sentyabr, №31-2115-852-sonli ma’lumotnoma). Jumladan, LSCO va YBCO tipidagi kupratlardagi zaryad tashuvchilarning effektiv massasi va teshik konsentratsiyasi o‘rtasidagi funksional bog‘liqliklar asosida kupratlarning kvant faza o‘tishlarida tutgan o‘rni va kritik nuqtalarda yuzaga keluvchi kollektiv hodisalarning nazariy modeli takomillashtirilgan. Bu esa materiallarning yuqori haroratli o‘tao‘tkazuvchanlik xossasini chuqur tushuntirishga hamda yangi turdagi funksional materiallar yaratish uchun ilmiy asoslar ishlab chiqishga xizmat qilgan;
S. Seifullin nomidagi Qozog‘iston Agrotexnik Tadqiqot Universitetida ushbu dissertatsiyada olingan ilmiy natijalar 2025-2027 yillarda amalga oshiriladigan “Bi-2212 va Bi-2223 asosidagi yuqori kritik tok zichligi va kritik haroratga ega bo‘lgan YuHO‘O‘ materiallarni (keramika, lenta, sim) olishning samarali texnologiyasini ishlab chiqish” ilmiy loyihasida qo‘llanilgan (S. Seifullin nomidagi Qozog‘iston Agrotexnik Tadqiqot Universiteti, 2025-yil 2-oktyabr, №1.5.7.1-14/3213-sonli ma’lumotnoma). Tadqiqot natijalari YuHO‘O‘ materiallarining o‘tao’tkazuvchan xususiyatlarini yaxshilashda, xususan, infraqizil qizdirish orqali olinadigan keramikalarning kritik tok zichligini oshirish, nanodispersli nanozarrachalar kiritish, va magnit vortex oqimlarini barqarorlashtirish uchun pinning mexanizmlarini optimallashtirish jarayonlarida foydalanilgan. Bundan tashqari, ushbu natijalar bir yo‘nalishli mexanik cho‘zilish (uniaxial strain) kabi tashqi ta’sirlar ostida kuprat o‘tapanjaralarida kritik haroratning oshish mexanizmlarini tushuntirishga ham hissa qo‘shgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish